18
bo‘lib, jamg‘ariladigan pensiya fondi mablag‘lari iqtisodiyotni
investitsiyalashda moliviy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Rossiya iqtisodchilaridan S.V. Kadomseva «Gosudarstvennыe finansы» nomli
o‘quv qo‘llanmasida «Makroiqtisodiyotning asosiy muammolari va davlat
sektori” nomli paragrafda aynan davlat pensiya tizimi va jamg‘arib
boriladigan
pensiya ta’minoti masalasiga to‘xtaladi. Uning fikriga ko‘ra, “ lekin davlat pensiya
ta’minoti tizimining amal qilishi xususiy jamg‘armalarning darajasini kamaytiradi.
Rossiya Federatsiyasida pensiya ta’minoti tizimidagi islohotlarni olib borilishi
shaxsiy jamg‘armalarni hajmini oshirdi, demak iqtisodiyotga investitsiyalar ham
oshdi”
1
. Kelgusida xususiy jamg‘arishga to‘liq o‘tish va ijtimoiy sug‘urta badalini
oshirish, pensiya jamg‘armalariga badallarni ko‘paytirish
va aksionerlik
jamiyatlari tomonilan investitsiyalar yo‘naltirishni kamayishiga va kapital
bozoridagi o‘zgarishlarga olib keladi.
Kapitallashgan pensiya modeli davlat pensiyasiga qaraganda o‘rtacha 30 foizga
yuqori bo‘lgan pensiya miqdorini ta’minlaydi. 2000 yilda xususiy pensiya
fondlarining jami aktivlari summasi YaIMga nisbatan 40 foizni tashkil etdi, 2020
yilga borib esa bu daraja 130 foizga etishi mumkin. Chili modelining umum tan
olingan
ijobiy tomoni shundaki, u bu model Xususiy pensiya jamg‘armalarining
rivojlanishi tufayli milliy kapital bozorining shakllanishiga ko‘maklashadi.
Xususiy pensiya jamg‘armalarining o‘z faoliyati davomida tizimli ravishda o‘z
xarajatlarini
kamaytirib
bormoqda.
Bu
ko‘rsatkich Xususiy pensiya
jamg‘armalarining iqtisod va hayotiylik darajasining yuqoriligidan darak beradi.
Xususiy pensiya jamg‘armalarining institutsional investorlar sifatida mamlakat
iqtisodiyotiga sezilarli darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. YUqori jamg‘arish
qobiliyatining mavjudligi, muvaffaqiyatli investitsiyalar
tufayli xususiy pensiya
jamg‘armalarining yirik mablag‘lari iqtisodiyotga yo‘naltirilib, mamlakatning
investitsion salohiyatining oshishiga va barqaror iqtisodiy o‘sishini ta’minlashga
ko‘maklashmoqda.
1
Кадомцева С.В. Государственние финанси. Учебное пособие.- М.: «ИНФРА -М». 2010. –Б.344.
19
Kapitallashgan model shaxsiy pensiya jamg‘armalarini, bandlikni ta’minlashda,
to‘lov intizomini oshirishda kuchli manfaatdorlikni yuzaga keltiradi.
Kapitallashgan Chili pensiya modelining ijobiy va salbiy tomonlari qator G‘arbiy
Evropa mamlakatlarida taqsimot modelini isloh qilishda inobatga olindi. Natijada
taqsimot elementlari saqlab qolingan va kapitallashgan model tamoyillarini o‘z
ichiga olgan o‘ziga xos aralash pensiya tizimi vujudga keldi. Bu tizim: «Pensiyaga
chiqish yoshini bosqichma-bosqich oshirishdan iborat. Pensiyaga chiqish yoshi 65
yoshgacha ko‘tarish ishlovchilar va badal to‘lovchilarning zimmasiga tushadigan
og‘irlikni kamaytiradi. Jamg‘arib boriladigan pensiya iqtisodiy
faol aholining ish
joyi, mehnatga layoqati va daromadini yo‘qotish bilan bog‘liq turli hodisalardan
ijtimoiy himoyalash shakli hisoblanadi”
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: