Pensiya ishi darslik i-qism toshkent-2020 Rustamov D. R., Tursunov J. P., Beknazarov Z. E


-rasm. Pensiya jamg‘armasi daromadlari tarkibi



Download 2,13 Mb.
bet60/154
Sana18.02.2022
Hajmi2,13 Mb.
#451241
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   154
Bog'liq
Pensiya-ta minoti

8.1-rasm. Pensiya jamg‘armasi daromadlari tarkibi
Yakka tartibdagi tadbirkor – tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda, mustaqil ravishda, o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida yoki mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo‘l qo‘yadigan o‘zga ashyoviy huquq asosida amalga oshiruvchi jismoniy shaxs, shuningdek oilaviy tadbirkorlik sub’ektidir.
Yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklida faoliyatni amalga oshiruvchi oila a’zosi – yakka tartibdagi tadbirkorni (oilaviy tadbirkorlik sub’ektini) davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida guvohnomada ko‘rsatilgan xotini (eri), bolalari va nabiralari, ota-onasi, mehnatga qobiliyatli yoshga to‘lgan boshqa qarindoshlari (bolalari va nabiralarining erlari (xotinlari), tug‘ishgan hamda o‘gay aka-uka va opasingillari, ularning erlari (xotinlari) hamda bolalari, tog‘a va amaki hamda amma va xolalari).
Dehqon xo‘jaligi a’zosi bo‘lib, birgalikda yashayotgan va dehqon xo‘jaligini birgalikda yuritayotgan oila boshlig‘i, uning xotini (eri), bolalari, shu jumladan farzandlikka olingan bolalari, tarbiyaga olgan bolalari, otaonalari, mehnatga qobiliyatli yoshga etgan boshqa qarindoshlari hisoblanadi.
Oilaviy tadbirkorlik sub’ekti oilasi a’zosi uchun Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini to‘lash bo‘yicha majburiyat oilaviy tadbirkorlik sub’ekti nomidan ish yuritadigan, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosiga yuklanadi.
Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda qoramol boqish va etishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish bilan band bo‘lgan, shuningdek shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda qishloq xo‘jalik mahsulotlarining boshqa turlarini (o‘simlikshunoslik, chorvachilik, baliqchilik mahsulotlari) etishtirish bilan band bo‘lgan jismoniy shaxslar bo‘yicha sug‘urta badallarini to‘lash dehqon xo‘jaligi a’zosi uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yollangan xodimlar sug‘urta badallari hisobini yuritish oilaviy tadbirkorlik sub’ekti oilasi a’zosi uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi72. Ushbu shaxslar Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lash sharti bilan amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat pensiya ta’minoti huquqiga ega bo‘ladilar. Bunda pensiya miqdori Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallari miqdori va ish stajining davomiyligiga bog‘liq bo‘ladi. Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallari qaytarib berilmaydi.
Ta’kidlash joizki, chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs boshqa davlatda ishlagan har bir oyi uchun Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini ixtiyoriy ravishda to‘laydi. Chet elda bo‘lish davri mehnat daftarchasidagi yozuvlar, pasportdagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib o‘tganligi to‘g‘risidagi yozuvlar (muhrlar, shtamplar yoki belgilar) hamda O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining ko‘rsatib o‘tilgan shaxsning boshqa davlatda bo‘lgan vaqti va konsullik hisobiga qo‘yilganligi ma’lumoti ko‘rsatilgan tegishli hujjatlar asosida tasdiqlanadi.
Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR) mavjud bo‘lmaganda chet elga ishlashga ketayotgan shaxs soliq to‘lovchi sifatida unga STIR rasmiylashtirilishi bilan birgalikda doimiy yashash joyi bo‘yicha davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilishi shart.
Chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs pensiya bilan ta’minlanish miqdoridan kelib chiqib, Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari miqdorini mustaqil ravishda, biroq yiliga Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lash sanasida qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining 4,5 barobari miqdorda belgilashi mumkin.
Chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs tomonidan sug‘urta badallarini to‘lash quyidagi tartibda amalga oshirilishi mumkin: har oyda yoki har chorakda; bir yo‘la – O‘zbekiston Respublikasiga kelgan kunidan boshlab uch oy mobaynida. Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari naqd pulsiz hisob-kitob bo‘yicha to‘langan taqdirda sug‘urta badali to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjatida ko‘rsatilgan sana sug‘urta badali to‘langan kun hisoblanadi. To‘lov hujjatida familiya, ism, otasining ismi, STIR va to‘lov amalga oshirilayotgan davr albatta ko‘rsatilishi shart. Agar to‘lov hujjatida davr ko‘rsatilmagan bo‘lsa, to‘lov u amalga oshirilayotgan oy uchun to‘langan deb hisoblanadi.
Milliy valyutadagi sug‘urta badallari chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs doimiy yashash joyi bo‘yicha davlat soliq xizmati organlariga xizmat ko‘rsatayotgan banklarda ochilgan Pensiya jamg‘armasining tegishli daromad tranzit hisob raqamlariga uning tomonidan mustaqil ravishda, oila a’zolari yoki ishonchli vakil tomonidan to‘lanadi.
Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini to‘lash xorijiy valyutada (boshqa davlat hududidan) Pensiya jamg‘armasining maxsus valyuta hisob raqamlariga amalga oshirilishi mumkin va to‘lov sanasiga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha milliy valyutaga qayta hisoblab chiqiladi.
Chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini to‘lashni to‘xtatib turganda, pensiya tayinlash uchun olinadigan ish staji hisobi Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langan so‘nggi sanadan boshlab to‘xtatib turiladi.
Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallari miqdori sug‘urta badallarining belgilangan miqdoridan kam bo‘lgan taqdirda, pensiya tayinlash uchun olinadigan tegishli davr uchun ish staji zarur mablag‘larni qo‘shimcha kiritish sharti bilan hisobga olinadi.
Soliq agenti hisoblanmaydigan ish beruvchidan daromad oluvchi xodim Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyada ko‘rsatilgan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar summasidan kelib chiqqan holda, sug‘urta badallarini to‘lash haqida jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda beriladigan ariza asosida ixtiyoriy ravishda to‘laydi.
Davlat soliq xizmati organi soliq agenti hisoblanmaydigan ish beruvchidan daromad oluvchi xodimning jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyasida ko‘rsatilgan ma’lumotlari asosida Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lash bo‘yicha oldingi yil uchun majburiyatlarni hisobkitob qiladi.
Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini to‘lash soliq agenti hisoblanmaydigan ish beruvchidan daromad oluvchi xodimning doimiy yashash joyi bo‘yicha davlat soliq xizmati organlariga xizmat ko‘rsatayotgan banklarda ochilgan Pensiya jamg‘armasining tegishli daromad tranzit hisob raqamlariga davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisoblab chiqariladigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lash muddatlarida amalga oshiriladi.
Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari naqd pulsiz hisob-kitob bo‘yicha to‘langan taqdirda sug‘urta badali to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjatida ko‘rsatilgan sana sug‘urta badali to‘langan kun hisoblanadi. To‘lov hujjatida familiya, ism, otasining ismi, STIR va to‘lov amalga oshirilayotgan davr albatta ko‘rsatilishi shart.
Yakka tartibdagi tadbirkor va dehqon xo‘jaligi a’zosi o‘zi uchun o‘zidagi mavjud imkoniyatlardan va pensiya bilan ta’minlanishning miqdoridan kelib chiqib, Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari miqdorini mustaqil ravishda, biroq O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 311moddasida belgilangan sug‘urta badallarning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorida belgilaydi.
Yakka tartibdagi tadbirkor oilaviy tadbirkorlik sub’ektining har bir a’zosi, shuningdek mehnat shartnomasi bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yollangan har bir xodim uchun Pensiya jamg‘armasiga har oyda eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida sug‘urta badali to‘laydi. Sug‘urta badallari:

  • yakka tartibdagi tadbirkor va oilaviy tadbirkorlik sub’ekti oila a’zolari tomonidan – har oyda, tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan oyning 25kunidan kechiktirmay to‘lanadi;

  • dehqon xo‘jaligi a’zosi tomonidan – hisobot yilining 1 oktyabrigacha to‘lanadi. Bunda sug‘urta badallarining miqdori to‘lov kuniga belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

Yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik sub’ekti oila a’zolari tomonidan sug‘urta badallarini to‘lash ular yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan oydan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi.
Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari naqd pulsiz hisob-kitob bo‘yicha to‘langan taqdirda sug‘urta badali to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjatida ko‘rsatilgan sana sug‘urta badali to‘langan kun hisoblanadi. To‘lov hujjatida familiya, ism, otasining ismi, STIR va to‘lov amalga oshirilayotgan davr albatta ko‘rsatilishi shart. Bunda oilaviy tadbirkorlik sub’ekti oila a’zolari va dehqon xo‘jaligi a’zolari bo‘yicha to‘lov hujjati har bir oila a’zosi uchun alohida-alohida yoziladi. Agar to‘lov hujjatida davr ko‘rsatilmagan bo‘lsa, to‘lov u amalga oshirilayotgan oy (dehqon xo‘jaliklari a’zolari uchun – yil) uchun to‘langan deb hisoblanadi.
Sug‘urta badallari yakka tartibdagi tadbirkorning (dehqon xo‘jaligi a’zosining) doimiy yashash joyi bo‘yicha davlat soliq xizmati organiga xizmat ko‘rsatayotgan banklarda ochilgan Pensiya jamg‘armasining tegishli daromad tranzit hisob raqamlariga to‘lanadi. Yakka tartibdagi tadbirkor belgilangan tartibda tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatib turgan davrda Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini to‘lash amalga oshirilmaydi va ushbu davrda pensiya tayinlash uchun ish staji hisobga olinmaydi. Dehqon xo‘jaligi a’zosi va oilaviy tadbirkorlik sub’ekti oila a’zosiga pensiya tayinlashda ish stajiga Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lanmagan davrlar qo‘shilmaydi.
Yakka tartibdagi tadbirkor (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs, dehqon xo‘jaligi a’zosi tomonidan va oilaviy tadbirkorlik sub’ekti oila a’zosi uchun) Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallari hisobi uning doimiy yashash joyi bo‘yicha davlat soliq xizmati organi va Pensiya jamg‘armasi bo‘limida yuritiladi. Pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etish uchun yakka tartibdagi tadbirkor (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs, dehqon xo‘jaligi a’zosi va oilaviy tadbirkorlik sub’ekti oila a’zosi) doimiy yashash manzili bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:

  • davlat soliq xizmati organlari tomonidan berilgan STIR

rasmiylashtirilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma nusxasi;

  • pasport nusxasi;

  • mehnat va jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi (agar mavjud bo‘lsa);

  • fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan berilgan shaxsiy yordamchi xo‘jaligida qoramol mavjudligi yoki qishloq xo‘jalik mahsulotlarining boshqa turlarini (o‘simlikshunoslik, chorvachilik, baliqchilik mahsulotlari) etishtirish bilan bandligi to‘g‘risida ma’lumotnoma — qoramol o‘stirish yoki qishloq xo‘jalik mahsulotlarining boshqa turlarini (o‘simlikshunoslik, chorvachilik, baliqchilik mahsulotlari) etishtirish bilan shug‘ullanuvchi shaxs uchun.

Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallari hisobi, davlat soliq xizmati organlarida, ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda to‘ldirish talablariga amal qilgan holda rasmiylashtirilgan to‘lov hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Davlat soliq xizmati organi yakka tartibdagi tadbirkor (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs, dehqon xo‘jaligi a’zosi tomonidan va oilaviy tadbirkorlik sub’ekti oila a’zosi uchun) Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langan taqdirda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 15kunigacha yakka tartibdagi tadbirkorning (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxsning, dehqon xo‘jaligi a’zosining va oilaviy tadbirkorlik sub’ekti oila a’zosining) doimiy yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga to‘langan sug‘urta badallari to‘g‘risida axborotni taqdim etadi.
Davlat soliq xizmati organi Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari tushumlari bo‘yicha yakunlarni: yakka tartibdagi tadbirkordan, dehqon xo‘jaligi rahbaridan va oilaviy tadbirkorlik sub’ekti oila a’zolari uchun – har chorakda amalga oshiradi va to‘lanmagan yoki muddati o‘tkazib yuborilgan to‘lovlar aniqlangan taqdirda ko‘rsatilgan shaxsga O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 60-moddasiga asosan uning qarzi miqdori haqida ushbu qarz hosil bo‘lgan davr, shuningdek to‘lov muddati o‘tkazib yuborilganligi uchun qo‘shilgan penya miqdorini ko‘rsatgan holda talabnoma yuboradi; chet elda yollangan holda ishlovchi shaxsdan – har yili amalga oshiradi.
Davlat soliq organi yakka tartibdagi tadbirkordan (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxsdan, dehqon xo‘jaligi a’zosidan va oilaviy tadbirkorlik sub’ekti oila a’zosi uchun) Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari tushishi yuzasidan doimiy nazorat olib boradi.
Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langanligini tasdiqlovchi asosiy hujjatlar sifatida: 2018 yilgacha – Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarining to‘langanligini tasdiqlovchi bank kvitantsiyalari va to‘lov hujjatlari; 2018 yildan boshlab – davlat soliq xizmati organlarining ma’lumotlari hisoblanadi.
Agar dehqon xo‘jaligidagi mehnati yoki yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati fuqaro uchun qo‘shimcha hisoblansa uning mehnat daftarchasi asosiy ish joyida yuritiladi.
Yakka tartibdagi tadbirkor (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs, dehqon xo‘jaligi a’zosi va oilaviy tadbirkorlik sub’ekti oila a’zosi) faoliyati to‘g‘risida mehnat daftarchasiga tegishli yozuvlar yakka tartibdagi tadbirkorning (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxsning, dehqon xo‘jaligi a’zosining va oilaviy tadbirkorlik sub’ekti oila a’zosining) doimiy yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan kiritiladi. Agar yakka tartibdagi tadbirkor (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs, dehqon xo‘jaligi a’zosi va oilaviy tadbirkorlik sub’ekti oila a’zosi) Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini to‘lagunga qadar mehnat daftarchasiga ega bo‘lmagan bo‘lsa, mehnat daftarchasi blanki aholi bandligiga ko‘maklashish tuman (shahar) markazlari tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotiladi.
Mehnat daftarchasi blankasi uchun haq uni oluvchi tomonidan, belgilangan tartibda to‘lanadi.
Chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs, soliq agenti hisoblanmagan ish beruvchidan daromad oluvchi xodim, shuningdek dehqon xo‘jaligi a’zosi ish stajiga ular faoliyat yuritgan va Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan davrlar kiritiladi.
Pensiya tayinlash uchun yakka tartibdagi tadbirkorning (dehqon xo‘jaligi rahbarining va oilaviy tadbirkorlik sub’ekti oila a’zosining) ish stajini hisoblab chiqishda, agar Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallari summasi ushbu yilning barcha oylari uchun belgilangan eng kam sug‘urta badallaridan kam bo‘lmasa (to‘langan penyalarni hisobga olmagan holda) ish stajiga kalendar yil qo‘shiladi.
Dehqon xo‘jaligi a’zosiga pensiya tayinlash uchun ish stajini hisoblab chiqishda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 311-moddasida belgilangan Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari miqdori to‘langanda ish stajiga bir yil qo‘shiladi.
Soliq agenti hisoblanmaydigan ish beruvchidan daromad oluvchi xodimga pensiya tayinlash uchun ish stajini hisoblab chiqishda, agar Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallari summasi jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyada ko‘rsatilgan ma’lumotlar asosida hisoblab chiqilgan sug‘urta badallari miqdoridan kam bo‘lmagan bo‘lsa, ish stajiga kalendar yil qo‘shiladi. Boshqa barcha holatlarda ish staji Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langan oylarga mutanosib ravishda hisobga olinadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs, soliq agenti hisoblanmaydigan ish beruvchidan daromad oluvchi xodim, dehqon xo‘jaligi a’zosi va oilaviy tadbirkorlik sub’ekti oila a’zosi) tomonidan Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini to‘lash dalili guvohlar ko‘rsatmalari bilan tasdiqlanmaydi.
Pensiya miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan aniq bir oy (yil) uchun yakka tartibdagi tadbirkorning (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxsning, soliq agenti hisoblanmaydigan ish beruvchidan daromad oluvchi xodimning va dehqon xo‘jaligi a’zosining) daromadi Pensiya jamg‘armasiga to‘langan oylik (yillik) sug‘urta badali summasini Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini to‘lash davrida amalda bo‘lgan yagona ijtimoiy to‘lov (mikrofirmalar va kichik korxonalar, shuningdek fermer xo‘jaliklari uchun) va sug‘urta badallarining umumiy stavkasiga bo‘lish hamda olingan natijani 100 ga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yollangan xodimning, shuningdek oilaviy tadbirkorlik sub’ekti oila a’zosining pensiya miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan aniq bir oy uchun daromadi Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langan oydagi mehnatga haq to‘lashning qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdoriga teng qilib olinadi.

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish