3.4. Mamlakatdagi demografik vaziyat va uning pensiya ta’minotiga ta’siri
Ma’lumki, demografik holat va uning o’zgarish ko’rsatkichlari prognozlari pensiya ta’minotini isloh qilish yo’nalishini belgilovchi eng asosiy omildir. O’zbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 2018 yilda 32 778,4 ming kishini tashkil etib, 2017 yilda 533,4 ming kishiga yoki 1,7 %ga o’sgan. Jumladan, shahar aholisi soni 16533,9 ming kishini (50,6 %), qishloq aholisi soni 16120,0 ming kishini (49,4 %) tashkil etdi.
2018 yil holatiga eng ko’p aholi soni Samarqand viloyatida 3719,6 ming kishini (respublikadagi ulushi 11,4 %ni), keyingi o’rinlarda Farg’ona viloyatida 3620,1 ming kishini (11,1 %), Qashqadaryo viloyatida 3148,1 ming kishini (9,6 %), Andijon viloyatida 3011,6 ming kishini (9,2 %) tashkil etdi. 2018 yil oktyabr holatiga aholisi soni 3 mln. kishidan oshgan hududlar soni 4 tani tashkil etdi.
O’zbekistonda mehnat resurslarining holati haqida fikr yuritadigan bo’lsak, 2018 yilda – 32 mln. 778,4 ming kishi, ulardan mehnat resurslari – 18 mln. 792,2 ming kishi (57,3%), ularning tarkibidagi iqtisodiy faol aholi – 14 mln. 569,5 ming kishi (77,5%), iqtisodiy faol bo’lmaganlar – 4 mln. 222,7 ming kishi (22,5%), iqtisodiy faol aholidan mehnat bilan bandlar – 13 mln.219,9 ming nafarni tashkil etadi. Shulardan rasmiy sektorda – 5 mln. 317,3 ming kishi (40,2 %), norasmiy sektorda – 7 mln. 902,6 ming kishi (59,8 %) hamda xorijga norasmiy ishga ketganlar – 2 mln. 644,3 kishini tashkil etadi. Mamlakatimizda mehnatga muhtoj shahslar – 1 mln. 349, 1 ming kishini tashkil etib, amalda ishsizlik darajasi – 9,3% dir.
Mehnat maoshi va pensiya miqdori. 2018 yil yanvar-sentyabr oylarida O’zbekiston Respublikasida o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1 684,5 ming so’mni tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 22,9%ga o’sishni ta’minladi. Sohalar kesimida o’rtacha ish haqi quyidagicha:
moliya, bank va sug’urta xodimlari – 3 213, 1 ming so’m;
sanoat sohasida – 2 550,9 ming so’m;
transport sohasida – 2 361, 2 ming so’m;
ta’lim sohasida – 1 275,8 ming so’m (o’rtacha maoshning – (75,7
%);
sog’liqni saqlash sohasida – 1085,7 ming so’m; (64,5 %).
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi qonunning 26moddasiga ko’ra: pensiyaning bazaviy miqdori mazkur qonun bo’yicha kuyidagi pensiyalarning bazaviy miqdori belgilanadi:
a) yoshiga doir – hisob uchun qabul qilingan o’rtacha ish haqqining 55 foizini tashkil etishi (31 va 33 moddalarda), va rasmiy tasdiqlangan minimal miqdordagi yoshiga doir pensiyaning 100 % dan kam bo’lmasligi lozim. O’zbekistonda 2019 yil 1 avgustidan26 minimal ish haqqi va minimal pensiya miqdorlari. Eng kam ish haqi – oyiga 223 000 so’m; minimal mehnat pensiyasi va yoshlikdan nogironlik nafaqasi – oyiga 436 150 so’m.
Pensiya tizimini isloh qilishning tahminiy muddatlari haqida. O’zbekistonning davlat pensiya tizimini islox qilishga 2025 yildan keyin amalga oshirish zarurligi:
2022 yili O’zbekiston aholisini Umumro’yhatdan o’tqazilgandan so’ng;
aholi soninning yoshi va jinsi xolatining tahlili va shu tahlil natijasi asosida aholi sonining miqdori;
2050 yilgacha bo’lgan demografik o’sishi prognozi ma’lum bo’lgandan so’ng;
O’zbekiston aholisining demografik rivojlanish Konsepsiyasi qabul qilingandan so’ng.
Yuqorida qayd etilgan tadbirlar pensiya islohoti uchun nima afzalliklari keltiradi?
Aholi kategoriyalari orasida: mehnatga layoqatlilar; pensiya oldi yoshdagilar; jinsiy va malakaviy ko’rsatkichlar muvozanatini aniqlashtiradi.
Pensiyaga chiqish imtiyoziga ega bo’lganlar: mehnat nogironlari; tug’ma kasalliklarga duchor bo’lganlar; ko’p bolalik ayollar miqdoriga aniqlik kiritiladi.
Pensiya jamg’armasiga zarur bo’lgan qo’shimcha moliyaviy manbalar hal etilmaganligi.
Hayoti va sog’ligi uchun o’ta havfli va zararli ishlab chiqarish muhiti bo’lgan korxonalar va sohalarning ishchi-xodimlarini imtiyozli pensiyaga chiqarishni o’sha sohalar va ularning kasaba uyushmalari hisobidan moliyaviy qoplash muammosi hal etilmagan.
Ichki ishlar Vazirligi, Mudofa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Bojhona va Soliq qo’mitalarda xizmat qilgan oddiy xodimlarning ijtimoiy ta’minot va pensiya to’lovlari xarajatlarini davlat ijtimoiy jamg’armalari hisobidan amalga oshirish zarur.
Pensiya jamg’armasi xarajatlari tarkibining ushbu tashkiliy-huquqiy o’zgarishlari Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining 30-35 % maqsadsiz xarajatlarini kamayishiga va Pensiya jamg’armasiga umumiy tushumlar miqdorining sezilarli oshishiga olib kelgan bo’lar edi.
Pensiya tizimini isloh qilishning asosiy maqsadi pensiya miqdorining oshishidir:
Bozor sharoitida bo’lajak pensionerning pensiya miqdori mehnat davomiyligi bilan emas, avvalam bor, pensiya sug’urtasi davomiyligi (staji) va pensiya jamg’armasiga muntazam to’lanib boriladigan badallar miqdoriga bog’liq bo’lishi zarur.
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga to’lanadigan majburiy badallar tarifi ish beruvchi va yollanma ishchilar o’rtasida teng tarzda (5050%) belgilanishi zarur.
Hozirgi davrda ushbu majburiy to’lovlar korxonalar hisobidan 24,8 % tashkil qiladi va bozor sharoitida byudjet tashkilotlariga va, ayniqsa, korxonalar maxsulotining tannarxini oshirib, ularning raqobatbardoshlik qudratiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Ish beruvchi va yollanma ishchilar o’rtasida Pensiya jamg’armasiga majburiy badallar to’lovini teng tarzda amalga oshirish ishchilarning pensiya to’lovlari miqdorini oshib borishiga manfaatini va bo’lajak pensiya miqdori shakllanishini nazorat qilish imkonini kuchaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |