4-rasm. Pensiya ta’minoti tizimining maqsadlari25
Mamlakatlarda milliy pensiya tizimlarining o’ziga xos shakllanish tarixi, yaqin va uzoq tarixdagi taraqqiyot bosqichlari va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning bugungi globallashuv sharoitida rivojlanish tendentsiyalari mavjud. Shuningdek, turli davlatlar pensiya tizimlari bir-biridan o’ziga xosliklari bilan ajralib turadi. Bu o’ziga xosliklar pensiyalarni tayinlash, hisoblash va to’lash tartiblarining turlichaligi, pensiyaga sarflanadigan mablag’larni moliyalashtirish manbalari tarkibi va tuzilishining har xilligi, pensiya munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarinig amal qilishi, pensiya fondlarining moliya bozorlaridagi ishtiroki va pensiya jamg’armalarining investitsion resurs sifatida ishlatilishida namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |