Pensiya ishi darslik i-qism toshkent-2020 Rustamov D. R., Tursunov J. P., Beknazarov Z. E


Nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik guruhlarini tayinlash tartibi



Download 2,13 Mb.
bet77/154
Sana18.02.2022
Hajmi2,13 Mb.
#451241
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   154
Bog'liq
Pensiya-ta minoti

13.2. Nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik guruhlarini tayinlash tartibi
Kutilmagan hodisalar tufayli butunlay yoki maʼlum muddat mehnat qobiliyatini yoʻqotish kasallikdir. Jismoniy yoki aqliy nuqsonlari borligi sababli ijtimoiy yordam va himoyaga muhtoj shaxs nogiron hisoblanadi. Oʻzbekistonda nogironlik tibbiy mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan belgilanadi.
13.2-jadval Nogironlikni belgilashning sabablari82



Nogironlikning sabablari

1

umumiy kasallik;

2

mehnatda mayib bo‘lganlik;

3

kasb kasalligi;

4

bolalikdan nogironlik;

5

Chernobil AESdagi halokat tufayli mayiblanganlik yoki kasallanganlik;

6

frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik;

7

harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida orttirilgan kasallik;

8

harbiy xizmatni o‘tash davrida orttirilgan kasallik;

9

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi xizmat bilan bog‘liq bo‘lmagan kasallik;

10

O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish chog‘ida orttirilgan mayiblik (yaralanish, shikastlanish, kontuziya);

11

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi xizmat bilan bog‘liq bo‘lmagan mayiblik
(yaralanish, shikastlanish, kontuziya);

12

harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida orttirilgan mayiblik (yaralanish, shikastlanish, kontuziya);

13

harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan baxtsiz hodisa oqibatida orttirilgan mayiblik (yaralanish, shikastlanish, kontuziya);

14

fuqarolik burchini bajarish bilan bog‘liq holda orttirilgan kontuziya, mayiblik.

Shaxsni, shu jumladan o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogiron deb topish tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan, o‘n olti yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogiron deb topish esa, tibbiy-maslahat komissiyalari (TMK) tomonidan amalga oshiriladi.
Bu boradagi tartib qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-iyuldagi 195-son qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom”da koʻrsatib oʻtilgan.
Nogironlik mehnat qobiliyatini yoʻqotish darajasiga qarab 3 guruhga boʻlinib, vaqtincha (6-12 oy) yoki muddatsiz qilib tayinlanadi.
1-guruh nogironlikga mehnat qobiliyatini butunlay yoʻqotgan va boshqalarning doimiy parvarishi, yordami, nazoratiga muhtoj boʻlgan shaxslar; 2-guruh nogironlikga mehnat qobiliyatini butunlay yoʻqotgan, lekin boshqalarning doimiy parvarishiga muhtoj boʻlmagan, shuningdek, mehnat turidan qatʼi nazar, unda uzoq muddat ishlay olmaydigan shaxslar; 3-guruh nogironlikga mehnat qobiliyati sezilarli darajada pasaygan shaxslar kiradi. Nogironligi bo’lgan shaxslar tegishli tartibda nogironlik nafaqalari yoki nogironlik pensiyalari bilan taʼminlanadi, zarur boʻlganda davolanadi, ularga protezlar beriladi, ishga, maxsus maktablarga joylashtirish uchun sharoit yaratiladi. Nogironlarni tibbiy, ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya qilish orqali faol hayotga, mehnatga jalb qilish dolzarb masala hisoblanadi.
Mehnatga qobiliyatsizlik – mehnat qilish qobiliyatining yoʻqolishi yoki mehnatga yaroqsizlik. Odatda, kasallik, baxtsiz hodisa, uy-roʻzgʻor yumushlari, ishlab chiqarish (kasb kasalliklari), homiladorlik, tugʻish, keksalik va boshqa sabablarga koʻra, kishi mehnat qobiliyatini yoʻqotadi. Doimiy va vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik tafovut qilinadi.
Doimiy mehnatga qobiliyatsizlik – nogironlikdir. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik toʻliq yoki qisman boʻlib, qisqa muddatda mehnat qobiliyati tiklanishi mumkin. Vaqtincha toʻliq mehnatga qobiliyatsizlikda biror ishga qobiliyat yoʻqoladi va bemor uyda davolanadi. Sogʻaygach, yana ishini davom ettiraveradi. Qisman vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlikda bemor odatdagi ishni bajara olmaydi, ammo sogʻligiga putur yetmagan holda boshqa ishni bajarishi mumkin. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlikni vrach belgilaydi va mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi (ishdan ozod qilish va vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boʻyicha nafaqa olish huquqini beradi) yoki ishdan va oʻqishdan ozod qiladigan maʼlumotnoma berib rasmiylashtiradi. Kasallik yoki ishlab chiqarish va turmushda yuz beradigan baxtsiz hodisalar oqibatida mehnatga qobiliyatsizlik nafaqa tayinlashda, ish sharoitini belgilash, soliq toʻlash, maishiy va tibbiy xizmat koʻrsatish yuzasidan turli imtiyozlar berishda (Sugʻurta) asosiy omil hisoblanadi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik – xodimning sogʻligʻiga koʻra nisbatan qisqa muddat davomida ishni bajara olmasligi. Oʻzbekiston Respublikasida mehnat qobiliyati muttasil yoʻqolib, bemorning mehnat faoliyatini umuman yoki uzoq muddatga toʻxtatish yoki mehnat sharoitlarini jiddiy ravishda oʻzgartirishga olib kelgan taqdirda, xodimga Tibbiy mehnat ekspert komissiyasi tomonidan nogironlik belgilanadi. Xodimlarning , shuningdek mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi, shu jumladan, kooperativ (shirkat), fermer xoʻjaliklarida mehnat qilayotgan fuqarolarning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligini ekspertiza etish tibbiyot muassasalarining shifokorlari yoki tibbiy maslahat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan kasallik varaqasi bilan ayrim qonunda koʻrsatilgan hollarda esa, tibbiy maʼlumotnomalar bilan tasdiqlanadi.
Kasallik yoki mehnatda mayib boʻlish oqibatida vaqtincha mehnat qobiliyatini yoʻqotgan yoki protezlash, yaʼni yasama aʼzolar qoʻyish uchun protez ortopediya korxonaning statsionariga joylashtirilgan xodimlar davlat ijtimoiy sugʻurtasi hisobidan nafaqa bilan taʼminlanadi. Shuningdek, xodim sanatoriy-kurortda davolanish uchun yuborilgan, oilaning bemor aʼzosini parvarish qilish zarurati tufayli oʻz mehnat vazifalarini bajarishdai ozod etilgan hollarda, karantin vaqtida ham vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi toʻlanadi.
Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza – muayyan shaxs organizmining barcha tizimlarini kompleks tekshirish asosida uning sog‘lig‘ini yo‘qotganlik darajasini, organizmi Funksiyalari turg‘un buzilishi oqibatida turmush faoliyatining cheklanganlik darajasini, nogironlik guruhini, nogironlikning yuz berganligi sabablari hamda vaqtini aniqlash, shuningdek shaxs uchun sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra amalga oshirishi mumkin bo‘lgan mehnat faoliyati turlari va mehnat sharoitlari, o‘zgalarning parvarishiga, sanatoriykurortda davolanishning tegishli turlariga hamda ijtimoiy himoyaga bo‘lgan ehtiyojlari haqida tavsiyalar tayyorlash.
Ushbu hujjatlarni taqdim etgandan so‘ng TMEK tegishli tartibda fuqaroga nogironlikni tayinlash uchun tekshiruvni tashkil etadi. Umuman olganda, tibbiy-ko‘rikni o‘tkazish maqsadi 8.1-rasmda keltirilgan.
Yuqoridagi maqsadlardan kelib chiqib amalga oshirilgan tibbiy ko‘rik natijalari bo‘yicha TMEK chiqaradigan xulosalar quyidagilar:

  • nogironlik guruhini aniqlash, uning sabablari va muddatlari

to‘g‘risida;

  • kasbiy mehnat layoqatining yo‘qotilganlik darajasi to‘g‘risida;

  • qo‘shimcha ravishda tekshirish hamda klinik tashxisni aniqlashtirish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tuvchini biriktirilgan davolashprofilaktika muassasalariga, Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash

milliy markaziga hamda nogironlar uchun mintaqaviy reabilitatsiya markazlariga yuborish to‘g‘risida;

  • tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan bemorni davolashni oxirigacha etkazish zarurligi munosabati bilan uning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi muddatini uzaytirish to‘g‘risida;

  • protez-ortopediya buyumlari, nogironlik aravachalari va reabilitatsiya qilishning boshqa yordamchi texnik vositalari bilan ta’minlashga muhtojlik to‘g‘risida;

  • mehnatga tavsiya etish, nogironning o‘qitishga yoki qayta

o‘qitishga muhtojligi to‘g‘risida;

  • o‘zgalar parvarishiga muhtojlik to‘g‘risida.



Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish