O’
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi – respublikaning markaziy moliya-iqtisodiy organi sifatida O’zbekiston Respublikasining moliyaviy, narx siyosatini hayotga tatbiq etadi va uning butun hududida moliya, narx-navoni tashkil etish faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari boshqarmalari va bo’limlari, davlat sug’urta idoralari, shuningdek, ularga qarashli davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yagona tizimini tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan va O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tasdiqlaydigan Vazir boshchilik qiladi. Moliya vazirligi yuridik shaxs hisoblanadi, O’zbekistonning Davlat gerbi tasvirlangan va o’z nomi yozilgan muhrga ega bo’ladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |