T
Tartibga solish (iqtisodiy) – bu iqtisodiy jarayonlar rivojlanishining yo’nalishlarini aniqlash, yo’lga qo’yish va ma’lum tizimga solishga qaratilgan maqsadli yo’naltirilgan harakat;
Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) – hayot faoliyati cheklanganligini ekspertizadan o’tkazish, nogironlik guruhini, sabablari, boshlangan vaqti va muddatlarini aniqlash bo’yicha tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari.
U
Uchuvchilar va uchuvchi-sinovchilar tarkibiga kiruvchi xodimlarning ayrim toifalariga imtiyozli pensiya ta’minoti huquqini beradigan maxsus ish staji – uchuvchilar va uchuvchi-
sinovchilar tarkibiga kiruvchi xodimlar uchun – tegishli tashkilot tomonidan berilgan uchilgan soatlarni tasdiqlaydigan ma’lumotnoma bilan tasdiqlanadi. Uchuvchi-sinovchilar tarkibiga kiradigan ayrim xodimlarning sinov texnikasini sinashda bandligi tashkilotlar tomonidan berilgan ma’lumotnomalar bilan tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |