Pensiya jamg’armasi – aholini davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy himoya qilishni amalga oshirish uchun zarur moliyaviy bazani yaratish, pensiya va nafaqalarni qonunda belgilangan miqdorlarda to’lashni mablag’ bilan ta’minlashni amalga oshiradigan jamg’arma;
Preferentsiya – 1) investitsiya va innovatsiya xarajatlarini moliyalashtirish uchun investitsion soliq krediti va maqsadli soliq imtiyozi ko’rinishida belgilangan imtiyoz, engillik; 2) iqtisodiyotni maqsadga muvofiq rivojlantirish va tartibga solishda ayrim soha va tarmoqlar, korxona va ishlab chiqarish turlariga nisbatan beriluvchi imtiyoz, afzallik va ustuvorliklar.
Do'stlaringiz bilan baham: |