N
Nafaqa – muhtoj odamlarga davlat, korxona, muassasa va ayrim shaxslar tomonidan beriladigan yordam puli. O’zbekiston Respublikasida mehnat stajiga ko’ra beriladigan pensiyadan farqli holda nafaqa davlat tomonidan, asosan, bolalikdan nogiron, yolg’iz qariya va yolg’iz nogironlarga, mehnatga vaqtinchalik qobiliyatsizlarga, homilador va tuqqan ayollarga, 3 yoshgacha bo’lgan bolalari tarbiyasi bilan band bo’lgan ayollarga, ishsizlarga, kam ta’minlangan va ko’p bolali oilalarga beriladi;
Nogironlik, invalidlik – kasallik, shikastlanish, mayib-majruhlik, baxtsiz hodisalar tufayli butunlay yoki ma’lum muddat mehnat qobiliyatini yo’qotish. Jismoniy yoki aqliy nuqsonlari borligi sababli ijtimoiy yordam va himoyaga muhtoj shaxs nogiron hisoblanadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |