Ijtimoiy himoya – keng ma’noda – mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini ta’minlaydigan va jamiyatda qaror topgan huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy chora-tadbirlar majmui; tor ma’noda – davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan etarli ta’minlanmagani tufayli yordamga, ko’makka muhtoj fuqarolar to’g’risidagi g’amxo’rligi;
Ijtimoiy yordam – davlat va jamiyatning qariligi, sog’lig’i, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik uchun vositalar bilan etarli ta’minlanmagani tufayli yordamga muhtoj fuqarolar to’g’risida g’amxo’rligi. Ijtimoiy yordam pensiyalar, nafaqalar to’lash, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko’rsatish, 16 yoshgacha farzandi bo’lgan kam ta’minlangan oilalarga oylik nafaqa to’lash, bemorlar va keksalarga xizmat ko’rsatish, bolalarga g’amxo’rlik qilish ko’rinishida amalga oshiriladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |