Umumiy asoslarda tayinlanadigan;
Imtiyozli asoslarda tayinlanadigan pensiya.
Umumiy asoslarda tayinlanadigan yoshga doir pensiya
Umumiy asoslarda tayinlanadigan yoshga doir pensiya — erkaklar 60 yoshga toʻlganda va
kamida 25 i. mehnat stajiga ega boʻlganda, ayollar 55 yoshga toʻlganda va kamida 20 yillik
mehnat stajiga ega boʻlganda tayinlanadigan P.dir. Bolalarni tarbiyalash uchun shart-sharoit
yaratish hamda ayollarning oʻz mehnatidan manfaatdorligini oshirish maqsadida UzR ning
"Xotinqizlarga qoʻshimcha imtiyozlar toʻgʻrisida" (1999 i. 14-aprel)
dagi qonuniga asosan,
kamida 20 yillik mehnat stajiga ega boʻlgan ayollar 54 yoshda pensiyaga cYoshga doir
pensiya.,hiqib, toʻliq pensiya olishlari mumkin. Bu qonun 1999-yil 1-iyuldan kuchga kirgan.
UzR Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250sonli qarori bilan tasdiklangan 1, 2, 3
roʻyxatlarga muvofiq, fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli asoslarda tayinlanadigan
yoshga
doir P. olish huquqiga ega boʻladilar. Mac, ayrim toifa fuqarolar, yoshidan katʼi nazar, yoshga
doir pensiyaga chiqishi yoki 10 yilga, boshqalari, uchun pensiya yoshi, talab etiladigan
mehnat staji 5
yilga qisqartirilgan, baʼzi guruh shaxslar uchun yanada imti-yozliroq shartlar
belgilangandir (liliputlar va pakanalar uchun).
Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, xodimlar soni
(shtati) yoki ish xususiyatining oʻzgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqargani yoxud
korxonaning tugatilgani munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb eʼtirof
etilgan
shaxslarga:
erkaklar — 58 yoshga toʻlganda va ish staji kamida 25 yil boʻlgan taqdirda;
ayollar — 53 yoshga toʻlganda va ish staji kamida 20 yil boʻlgan taqdirda pensiya olish
huquqiga ega boʻladi
[3]
.
Yoshga doir P. ishlamaydigan pensionerlarga ular istiqomat qilib turgan joydagi ijtimoiy
taʼminot organlari tomonidan toʻliq miqdorda toʻlanadi. Ishlab turgan
pensionerlarga ularning
ish joyida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlanadi. Qoidaga koʻra, ishlayotgan
pensionerlarga yoshga doir P.ning 50% miqdorida toʻlanadi. Bundan istisno tariqasida ayrim
toifa xodimlarga yoshga doir P. toʻliq miqdorda toʻlanadi. UzR Pre-zidentining "Xotinqizlarning
ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisi-da"gi farmoni
(1999-yil 17-mart)ga muvofiq, yoshga doir pensiyaga chiqqandan keyin oʻrta
va kichik tibbiyot
xodimlari, provizorlar, nogiron bolalarning internat uylari, "Mehribonlik" uylaridagi tarbiyachilar,
shuningdek, kutubxonachilar sifatida ishni davom ettirayotgan
va pensiyaga chiqish oldidan
…
mazkur mutaxassisliklar boʻyicha kamida 10 yil stajga ega boʻlgan ayollarga 1999-yil 1-
iyuldan boshlab P. toʻliq miqdorda toʻlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: