Pediyatriya fakulteti 2 kurs ushin o’ndirislik ameliyat sorawlari



Download 58,08 Kb.
bet2/8
Sana22.02.2022
Hajmi58,08 Kb.
#112505
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5355283863981525419

Antiseptika – jarohatlarni va ularni tozalab davolashda ishlati-ladigan asboblarni kimyoviy moddalar bilan yuqumsizlantirish usuli. 1867 yilda ingliz olimi J. Lister fransuz bak-teriologi L. Paster tajribalariga asoslanib operatsion xona havosidagi, jarroh qo‘lidagi va jarohatga ishlati-ladigan narsalar (doka, jarrohlik as-boblari) dagi bakteriyalarni yo‘qotish bilan jarohatlarni ko‘pgina asoratlardan saqlab qolish mumkin, degan xulosaga keldi. Buning uchun u 5% li karbol kis-lota eritmasiga ho‘llangan bir necha qavat bog‘lov ishlatdi. Antiseptik kimyoviy preparatlar yuza va chuqur qo‘llaniladi. Yuza A.da jarohat va bo‘shliklar xlora-min, xloratsid, vodorod peroksid, kaliy permanganat va boshqa moddalar eritmasi bilan yuviladi yoki jarohat yuzasiga antisep-tik mazlar (mas, A. V. Vishnevskiy mazi) surtiladi. Chuqur A.da esa avj olayotgan jarohat atrofidagi teri ostiga anti-septik suyuqliklar (furatsilin, riva-nol va boshqa eritmalar), teri osti, muskul orasi yoki venaga antibiotiklar singari antiseptik moddalar yuboriladi. Ikkala holda ham mikroblar yo o‘ldiriladi yoki ularning hayot faoliya-ti uchun noqulay sharoit tug‘diriladi. Hozir mexaniq fi-zik, kimyoviy va biologik A. usullari mavjud. A. jarrohlik davo usulining ajralmas tarkibiy qismidir.

2. 'Dezinfeksiya (dez... va infeksiya), yuqumsizlantirish — yuqumli kasalliklarni qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlar (bakteriyalar, viruslar va boshqalar)ni yoʻq qilish. Keng maʼnodagi D.ga odam bilan hayvonlar uchun zararli hasharotlarni yoʻq qilish — dezinseksiya va zararli kemiruvchilarni yoʻq qilish — deratizatsiya ham kiradi. Profilaktik, kundalik, yakunlovchi D. boʻladi. Profilaktik D. yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida uy anjomlari, idish-tovoklarni, jamoat toʻplanadigan joylar (bozor, doʻkon, bolalar muassasasi, hammom, oshxona, transport va boshqalar)ni, tashlandilarni muntazam ravishda yuqumsizlantirishdir. Suvni yuqumsizlantirish, sutni pasterizatsiya qilish ham profilaktik D.ga kiradi. Bemor yotgan uyda uzluksiz kundalik D. oʻtkaziladi. Yakunlovchi (oxirgi) D. bemor kasalxonaga yotqizilganidan, sogʻayib ketganidan yoki vafot etganidan keyin amalga oshiriladi. D.da mexanik, fizik va kimyoviy vositalar qoʻllaniladi. Bino va undagi buyumlarni hoʻl latta bilan tozalash, kiyim-kechak va koʻrpa-yostiqni qoqish, chang soʻrgich bilan tozalash, binoni oklash, boʻyash va boshqa mexanik vositalarga kiradi. Kiyim-kechak va binolar shu yoʻl bilan 50— 75% mikroblardan xalos boʻladi. Quritish, quyosh nuri, ultrabinafsha nurlar (simob-kvars lampalari), tashlandilarni yoqib yuborish, idish va boshqa buyumlarni qatronlash, suvga sovun va ishkrr solib qaynatish, qay-noq suv, dezinfeksiya kameralarida va maxsus apparat (avtoklav)da suv bugʻi va issiq havodan foydalanish fizik vositalar hisoblanadi. Kimyoviy vositalarga kislotalar, ishqorlar, xlorli ohak, xloramin, fenol, krezollar (lizol, naftalizol), formalin, sulema va boshqa moddalar kiradi. Bir qator yuqumli kasalliklarda D. uy sharoitida oʻtkaziladi. Yuqumli ichak kasalliklari (ich terlama, dizenteriya)da bemor yotgan uy har kuni hoʻl latta bilan tozalanadi, u foydalangan idish-tovoq 1% li soda erit-masida, ich kiyimlari 2% li sovun-sodali yoki biror yuvuvchi vosita eritmasida 15 min. qaynatiladi. Parazitar yuqumli kasalliklar (tepkili terlama, qaytalovchi terlama)da bemor va unga yaqin yurgan kishilarni D. qilishda yuqumsizlantiruvchi vositalar qoʻllanib, bemorning kiyim-kechagi va koʻrpa-yostigʻi D. kamerasiga yuboriladi. Gripp kasalligida bemorning idishtovogʻi qaynoq suv bilan 2—3 marta yuviladi (yaxshisi, birorta yuvuvchi vosita eritmasida qaynatiladi), roʻmolchasi, sochigʻi yuvuvchi vosita eritmasiga boʻktirilgach, qaynatiladi. Bemor yotgan xonani teztez shamollatib, polixloraminning 0,2% li eritmasiga hoʻllangan latta bilan kuniga 2—3 marta artib turiladi. Kasallik turiga qarab D. choratadbirlari oʻziga xos tartib asosida oʻtkaziladi. D. ishini epidemiyaga qarshi tadbirlar rejasi asosida dezinfeksiya sanitariyaepidemiologiya st-yalari, kasalxonalar, poliklinikalar, vrachlik uchastkalari Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligining qarorlarida koʻrsatilgan muddatlarda amalga oshiradi.


Veterinariyadagi D. epizootologik, veterinariyasanitariya ahamiyatiga ega boʻlgan profilaktik, kundalik va yakunlovchi D.larga boʻlinadi. Profilaktik D. infeksion kasalliklar kelib chiqishining oldini olish, kundalik D. kasal hayvonlar mav-judligida, yakunlovchi D. infeksiya manbaini toʻliq yuqumsizlantirish maqsadida olib boriladi. Profilaktik D. chorvachilik fermalarida va boshqa qishloq xoʻjaligi hayvonlari toʻplanadigan joylarda, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarda oʻtka-ziladi. Chorvachilik xoʻjaliklarida D. oldindan rejalashtirilgan muddatlarda, bahorda mollarni yaylovga chiqarishdan oldin, binolarni esa kuzda mollarni bogʻlovga qoʻyishdan avval, goʻsht k-tlarida mollarni soʻyishdan oldin va keyin oʻtkaziladi. Sutni pasterizatsiya qilish, terini, suvni yuqumsizlantirish ham profilaktik D.ga kiradi. Mexanik D. (molxona va hududlarni tozalash, oqlash, boʻyash va h.k.), fizik D. (alanga, ultrabinafsha nurlar, rentgen nurlari, gamma nurlar, tashlandiqlarni yoqib yuborish, suvda qaynatish, maxsus dezinfeksiya kamerasi va apparatlarida termik taʼsir oʻtkazish), kimyoviy D. (kislota, ishqor, xlorli ohak, xloramin, fenol, krezol, lizol, naftalizol, formalin va boshqalar) ham profilaktik choralarga taalluklidir. Kundalik D. veterinariya muassasalarida, fermalarda, izolyatorlarda va boshqa mollar turadigan joylarda kasallik chiqqan vaqtda, uning tarqalishini cheklash, oldini olish maqsadida yuqorida koʻrsatilgan usul va vositalar yordamida oʻtkaziladi. Yakunlovchi D. chorvachilik fermalarida va veterinariya muassasalarida, izolyatorlarda sporadik epizootiya tugatilib, kasal mollar olib chiqib ketilgach, oʻtkaziladi.
Qishloq xoʻjaligida urugʻlik, ekish materiallari, tuproq, issiqxonalar, don, meva va sabzavot saqlanadigan omborlar, daraxtlarning shikastlangan joylari va boshqa D. qilinib, kasallik tarqatuvchilardan tozalanadi. Bu ish mexanik (oʻsimlik qoldiklarini kuydirish, tuproqni bugʻlash) va kimyoviy (zamburugʻ va bakteriyalarni oʻldi-radigan moddalar qoʻllash) usullari bilan amalga oshiriladi. Uruglik va ekish materiallari granozon, merkuran, geksaxlorbenzol, formalin va boshqa preparatlar bilan, binolar oltingugurt dudlab, ohak suvi bilan oqlab yoki ohakning xlorli suspenziyasi, formalin bilan purkab D. qilinadi. Issiqxona va parnik tuproqlari karba-tion, formalin, xlorpikrin bugʻi yoki gazi bilan dudlash yoki zaharli moddalarni qoʻllash bilan kimyoviy D. qilinadi. Tuproqni D. qilishda zaharli preparatlar bevosita tuproqqa solinadi.
3.Arterial basim

Тонометрдин манжетасын алып, онын жумысын тексеремиз.

Наукаска процедуранын манисин тусиндирип, оган шекем дем алыуын усынамыз.

Наукастын колынан кийимлерин шешемиз, шыганак бууыны журек туурысында болыуы керек.

Манжеттин томенги болими шыганак бууынынан 2,5см жокарыда, кол менен манжетанын арасына бир бармак сыйыуы керек.

Шыганак шукыршасынан пульсти аныклап, стетоскопты коямыз.

Пульс жогаламан дегенше манжетага хауа жибериледи, хам косымша 30 мм сын. баг. котерип хауа жиберемиз.

Манжеттен хауаны тезлиги секундына 2-3 мм сын.баг. астелик пенен шыгарамыз хам Коротковтын 4-тоны пайда болганда хам тон жогалганда регистрация кыламыз.

Манжеттен хамме хауаны шыгарып хам 2 минуттан сон жане олшеуди кайталаймыз.

Еки олшеу корсеткишин косып, орташа корсеткишин аныклаймыз.

Баска колде олшеуди кайталаймыз

Pulsti aniqlaw
Bilak arteriyasida pulsni aniqlash quyidagi bosqich metodika bo'yicha o'tkaziladi:

  1. Xona va vrach qo'li illiq bo'lishi kerak.

  2. Ikkala qo'lning yelka oidi sohasi yalang'och bo'lishi lozim.

  3. Pulsni aniqlaish bir vaqtda ikki qo'lda o'tkaziladi.

  4. Tekshiriluvchining panjasi o'ng qo'l bilan bilak-kaft bo'g'imidan ushaladi.

  5. Bilak arteriyasi topilib, 2-4 barmoqlar bilan shu yerdagi suyaklar siqiladi.

  6. Ikkala arteriyadagi pulsning bir xilligi aniqlanadi.

  7. Keyin bir qo'lda puls aniqlashga o'tiladi.

  8. Puls ritmi topiladi.

  9. 1 daqiqadagi puls chastotasi topiladi.

  10. Puls qo'shilishi aniqlanadi.

  11. Puls tarangligi aniqlanadi.

  12. Puls kattaligi aniqlanadi.

  13. Puls formasi aniqlanadi.

  14. Puls defitsiti aniqlanadi.

Dene temperaturasin o’lshew

Download 58,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish