“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-8, Issue-4, April - 2022
282
qiyofasi tanitadi. Ma‘naviyat–tarbiyadan boshlanadi. Ta‘lim – tarbiyasiz
ma‘naviyatning bo‘lmasligi barchaga ayon haqiqatdir. Milliy pedagogika
asoschilaridan biri Abdulla Avloniyning ―Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot,
yo najot – yo halokat, yo sadoqat, yo falokat masalasidir!degan so‘zlari fikrimizga
dalil bo‘ladi. Respublikamiz hukumati tomonidan mustaqillikning ilk yillaridanoq,
jismonan sog‘lom, ma‘nan yetuk shaxs yaratishga e‘tibor berila boshlandi. Bu
boradagi ishlarni aniq, maqsadli amalga oshirish uchun davlat ahamiyatiga molik
dasturlar, rejalar ishlab chiqildi.Mazkur ―Tarbiyaviy ishlar uslubiyoti‖ fanining
o‘qitilishi ham aynan ushbu qarorga asosan pedagogikaga ixtisoslashgan
mutaxassislar uchun ishlab chiqilgan. Bunda uslubiyot tarbiya nazariyasining
umumiy qoidalariga asoslanishi, lekin ularni takrorlamasligi, bu qoidalarni ro‘yobga
chiqarish usullarining vositalari, yo‘llari va shakllaridan iborat bo‘lishi lozim.
Tarbiyaviy ish uslubiyotini o‘rganish talabalarni tarbiyalashning umumiy
masalalarini mustaqil, ijodiy va dadil hal qilishga tayyorlashi lozim. Tarbiyaviy
ishlarni davr talabiga javob beradigan holatga keltirishi uchun tarbiyaning asosi
bo‘lgan barcha g‘oyalar qaytadan ko‘rib chiqilishi, asosiy e‘tibor shaxs shaxsiga
qaratilishi, yillar davomida to‘plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish
zarurligini taqazo etadi. Tarbiyaviy ishlar uslubiyoti fanining bosh maqsadi – yosh
avlodni ma‘naviy axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma‘naviy – tarixiy
an‘analarga , urf – odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali,
tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib amalga joriy etishdir.
Tarbiyaviy ishlar uslubiyoti fanining asosiy vazifasi esa – shaxsning aqliy erkin
fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish
uchun imkoniyat yaratishdir. Buning uchun: yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash,
hayot mazmunini tushunib olishga ko‘maklashish, o‘z – o‘zini idora va nazorat qila
bilishni shakllantirish, o‘z shaxsiy turmushiga maqsadli yondoshuv, ularda reja va
amal birligi hissini uyg‘otish; Talabalarda madaniy hamda dunyoviy bilimlarni
egallashga bo‘lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish, tobora o‘stirib–
boyitib borish va estetik tushunchalarni shakllantirish; Har bir o‘smirning
Do'stlaringiz bilan baham: |