TАDQIQОT MЕTОDОLОGIYАSI VА ЕMPIRIK TАHLIL
Korxonaning yoki biror shaxsning ma’lum vaqt davomida tovar va
xizmatlarini sotishdan qo‘lga kiritgan jami pul tushumi — yalpi daromad deb
yuritiladi.
Daromad — keng maʼnoda kirim boʻlgan har qanday pul mablagʻlari yoki pul
qiymatiga ega boʻlgan moddiy boyliklarni olish, iqtisodiy subyekt o‘z faoliyati
1
https://kun.uz/uz/news/2022/04/23/ozbekistonda-1-kvadrat-kilometr-yer-maydoniga-qancha-aholi-soni-togri-
kelishi-aytildi
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-8, Issue-4, April - 2022
179
natijasiga ko‘ra oladigan pul va tovar — moddiy tushum. Daromad egalik nuqtayi
nazaridan aholi daromadlari, korxona (korporativ) daromadi va davlat daromadiga
boʻlinadi. Aholiga tegadigan daromad ish haqi, foyda, foiz, renta, dividend
shakllariga ega.
Ma'lumki, har qanday mamlakatda aholining kam ta'minlangan qatlami
mavjud. O‘zbekistonda ham odamlarning muayyan qismi yetarli daromad manbaiga
ega emas. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan aholining turli
guruhlari iste’mol kayfiyatini o‘rganish bo‘yicha so‘rov o‘tkazilib, unga ko‘ra,
ishtirokchilarning qariyb 70 foizi daromadlarining asosiy manbai oylik ish xaqi, 15
foizga yaqini esa tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlarga to‘g‘ri kelishini
ta’kidlagan.
2
«Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 12-15 foiz yoki 4-5 million aholimiz
kambag‘al. Bu ularning bir kunlik daromadi 10-13 ming so‘mdan oshmayapti,
degani. Yoki bir oilada mashina ham, chorva ham bo‘lishi mumkin, lekin bir kishi
og‘ir kasal bo‘lsa, oila daromadining kamida 70 foizi uni davolatishga ketadi.
3
Ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta'minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash,
aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish borasidagi ishlarni samarali amalga oshirish
maqsadida prezidentning 2020 yil 18 fevraldagi farmoni hamda qaroriga muvofiq,
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi. Mahalla – tuman
(shahar) – viloyat – respublika darajasida tadbirkorlikni rivojlantirish va
kambag‘allikni kamaytirishga mas'ul lavozimlar joriy qilinib, vertikal tizim
yaratildi. «Kambag‘allikni kamaytirish oylik yoki nafaqa miqdorini ko‘paytirish,
yoppasiga kredit berish, degani emas. Buning uchun, eng avvalo, aholini kasbga
o‘qitish, moliyaviy savodxonligini oshirish, odamlarda tadbirkorlik hissini
2
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. 2021 yil III chorak yakunlari bo‘yicha iste’mol kayfiyati sharhi.
3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2020 yil 27 fevral kuni tadbirkorlikni
rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishidagi
nutqi
Do'stlaringiz bilan baham: |