“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-18, Issue-1, September- 2022
222
insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta’limot vakili amerikalik olim
Ye.Torndaykdir.
Progmatizm oqimi va uning vakillari D.D’yul, A.Kombe ham shaxs
rivojlanishini biologic nuqtai nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni fahat miqdoriy
o‘zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson
taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga yega deb biladilar.
Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga
bog‘laydilar.
Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishi ijtimoiy omil omil
bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi u
yashaydigan muhitga bog‘liq deb ko‘rsatadilar.
Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir tushuniladi.
Shu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o‘zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga
moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi. Ular ijtiomiy muhitning rolini hal
qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib,
taraqqiy yetib borishi, uning shaxs bo‘lib kamolga yetishida nasl (biologik omil),
ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga
oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga yega. Bu omillarning ta’sirini aniqlashda
ilg‘or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta’limotiga suyaniladi.
Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab
voqelik deb qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning munosabatlariga
bog‘liq, deb hisoblaydilar.
Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga yetadi.
Inson sharoitni, sharoit yesa odamni yaratadi. Bu yesa o‘z navbatida inson faolligini
namoyon yetadi. Zero, shaxs ma’lum ijtimoiy tuzum mahsulidir. Jamiyat shaxs
kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi yoki yo‘q qilishi mumkin.
Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo‘lagi deb baholaydilar. Bu insondagi layoqat
kurtaklari bo‘lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya kerak, degan g‘oyani ifodalaydi.
Jamiyat taraqqiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Demak,
shaxs bilan jamiyat o‘rtasida ham uzviy aloqa mavjud.
SHunday qilib, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit, inson
o‘rtasidagi murakkab aloqa ta’siri ostida ro‘y beradi, inson ularga faol ta’sir yetadi va
shu yo‘l bilan hayoti va o‘z tabiatini o‘zgartiradi. SHaxsga ijtimoiy muhitning ta’siri
ham muhim. Bu tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi.
Birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot yegallanadi,
mehnat va texnik faoliyat bilan bog‘liq ko‘nikma va malakalar hosil bo‘ladi.
Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug‘ma kamchiliklar ham o‘zgartirilib, shaxs
kamolga yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |