“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-18, Issue-1, September- 2022
221
intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo‘nalishi bo‘yicha mehnat
qilish huquqni kafolatlaydi. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi
uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular ta’sirida odam
inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.
Rivojlanish oddiyda murakkabga, quyidan yuqoriga, yeski sifatlardan yangi
holatlarga o‘tish, yangilanish, yangining paydo bo‘lishi, yeskining yo‘qolib borishi,
miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishini ta’minlovchi murakkab harakat
jarayoni sanaladi. Rivojlanishining manbai qarama-qarashliklarni o‘rtasidagi
kurashdan iboratdir. Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan
falsafiy ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir.
Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim
ahamiyatga yega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar yekan,
uning rivojlanishiga biologic va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir yetadi, ularni
bir-biridan ajratib bo‘lmaydi.
Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan
birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir yetadi. Inson butun umri davomida
o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga
berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo‘lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib,
murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga munosib o‘rin yegallaydi. Chunki
rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi. Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri ko‘rish va bexato
baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim.
Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal yetish uchun uning xulqiga
ta’sir yetuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. Tarbiya bolaga
samarali ta’sir yetishi uchun o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga
olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya o‘rtasida ikki
tomonlama aloqa mavjud.
Shaxs tarbiyasiga ta’sir yetuvchi omillar. Fanda odamning shaxs sifatida
rivojlanishiga biologic va ijtimoiy omillarning ta’siri o‘rtasidagi munosabatni
belgilashga oid munozara ko‘pdan buyon davom yetmoqda. Insonning shaxs sifatida
rivojlanishiga ijtimoiy voqealar, tabiiy omillar yoki tarbiya ta’sir yetadimi? Bu uch
omilning o‘zaro munosabati qanday?
Fanda biologik yo‘nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o‘rinlardan birini
yegallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori qo‘yadi.
Ular tug‘ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o‘rnini belgilab bergan,
deydilar. XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari yesa
shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning
rolini inkor yetadi.
Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim - bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga
kelgan bo‘lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o‘tib,
Do'stlaringiz bilan baham: |