Bilimlar. Talabaning ota-onasidan, tarbiyachi va pedagoglar, badiiy adabiyotlar va boshqa manbalardan odob-axloq, hatti-harakat, xulq-atvor haqida bilimlar to’plamidan iborat.
Talabalarga Sharq mutafakkirlari Abu Ali ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy haqida, xalqimizning ozodligi uchun kurashgan qahramonlarimizning ijobiy xislatlari haqida hikoya o’qib berishning ta’siri katta.
Ishonch, e’tiqod, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, do’stlik, burch, vijdon va boshqa axloqiy tushunchalar haqidagi bilimlarni ma’naviyat va ma’rifat darslarida o’kuvchilarga singdiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |