Pedagogikani o’rganish zarurati. Ma’rifiy qadriyatlar va maqsadlar



Download 0,69 Mb.
bet22/31
Sana30.12.2021
Hajmi0,69 Mb.
#198025
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31
Bog'liq
«pedagogika va psixologiya»

Pedagogik muomala tuzilishi – 1) pedagog tomonidan guruh bilan bo’ladigan muomalani modellashtirishni «Prognostik bosqich». 2) dastlabki o’zaro faoliyatga kirishuvchidanoq bevosita muomalaga kirishuv (kommunikativlik hukm). 3) pedagogik jarayonda muomalani boshqaruv. 4) kelajakdagi faoliyatni inobatga olgan holda qo’llanilgan muomala sistemasi va modellashtirishni tashkil qilish.

Noto’g’ri pedagogik muomala talabalar qo’rquvini, ishonchsizligini diqqati xotirasini bo’shashtiradi, bilish qobiliyatini pasaytiradi, mustaqil fikrlashni susaytiradi va salbiy xulq-atvorni shakllantiradi. Natijada talabada o’qituvchi va predmetga nisbatan munosabat shakllanadi. Pedagogik faoliyatda o’qituvchi va talabalar hamkorligidagi uning samaradorligini ta’minlaydi. A.S.Makarenko o’qituvchi va talaba(talaba)larning munosabatlarida asosiy narsa talabchanlik va hurmat bo’lishi kerakligini alohida ta’kidlagan. Suxomlinskiy quyidagi mahoratni o’qituvchi «maktab partalaridan aytilgan har bir so’z o’yinlaridan donishmanddono, maqsadga yo’naltirilgan, to’la ma’noli bo’lmog’i kerak».

2. O’qituvchi muomalasining usullari.

Muloqotni 2 qismga bo’lish mumkin: ya’ni muomala va hamkorlikdagi harakatdan tashkil topadi. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, o’qituvchilar doimo talabalar bilan emotsional – turg’un munosabatlarda bo’lganlari o’qishda, xulqatvorida nuqsonlarni osoyishtalik bilan teng va ishonch asosida hal etadi.

Talabalar bilan qo’pol muomalada bo’lgan o’qituvchilar esa talabalar ishonchini yo’qotadi. Tilyog’lamalik, o’zini ko’rsatish, ayditoriyadada masxaratomuz qiliqlarni shakllantirishga sharoit yaratadi. Bular o’quv-tarbiyaviy jarayonga ta’sir ko’rsatadi. Tadqiqotchilar o’qituvchining gurux jamoasi bilan munosabatlarida 3 ta uslub mavjudligini ta’kidlaydi: 1. barqaror ijobiy (turg’un); 2. faolsiz – ijobiy; 3. barqaror (turg’un bo’lmagan) uslub. O’qituvchilarning talabalar bilan bo’ladigan usullarini A.A.Leontev xulosalab, beqaror o’ta salbiy uslubda bo’lganligi o’zlariga salbiy munosabatni yuzaga keltirishni ta’kidlaydi. Bunday o’qituvchi ta’lim tizimiga va jamiyatga ziyon keltiradi. Muomalada o’qituvchilarning ish usullari 3 xil bo’ladi:

So’zsiz bo’ysunishga asoslangan uslub; Demokratik uslub;

Ko’ngilchanlik uslubi.

V.A.Kan-Kalik aloqa uslublarini tubandagilarga ajratib ko’rsatadi: hamkorlikdagi ijodiy faoliyat asosidagi uslubi; o’zlikni hush ko’rish asosida aloqa uslub; masofa asosida aloqa o’rnatish uslubi; do’qlash, qo’rqitish asosida aloqa o’rnatish usuli; hazil yoki o’yin asosida aloqa o’rnatish usuli.

Sh.A.Amanashvili do’stlik asosida aloqa usuli haqida shunday g’oyani ifodalaydi («Agar bola bizdan uzoqlashsa, qanday qilib uni tarbiyalaymiz?»). «Faqat ma’naviyat birlik – bundan boshqa hech narsa bu birlikni buzishi mumkin emas». «Baqirish – insoniy munosabatlar madaniyati yo’qligini yaqqol ko’rinib turgan belgisidir. O’qituvchining baqirishi bolani dovdiratib garang qilib qo’yadi» - degan edi Suxomlinskiy.

O’zaro hamkorlikda pedagogik ta’sir ko’rsatishning usullaridan biri ishontirishdir. Ishontirish – shaxsning bilimlar tizimiga, dunyoqarashiga, xulq-atvoriga, hatti-harakatiga ta’sir eta olish va uni qisman o’zgartirish tushuniladi.

Ishontirish haqiqiy va soxta turlarga bo’linadi. haqiqiy ishonch, e’tikod shaxsning hayot tarziga, uning ruhiy qiyofasiga, iroda va vijdoniga ta’sir etgani uchun ham inson uz ishonchini, e’tiqodini himoya qilib, ba’zan o’limga ham tayyor bo’ladi. Masalan: tarixdan bilamizki, xalq qahramoni oddiy cho’pon Shiroq, o’z elini bosqinchilardan saqlab qolish uchun jonini fido qilgan. Soxta ishonch esa o’zi yashayotgan muhitdan atrofdagi kishilarning ta’sirida to’plangan salbiy xulq-atvor, tajribalar natijasida shakllanadi. Soxta ishonch va e’tiqod talabaning atrofidagi shaxslarning noto’g’ri, nopok hayoti natijasida quyidagi shakllardagi soxta ishonch paydo bo’ladi: halol mehnat bilan yashash ma’lumi qiyin kechadi. Shu bois ma’lum toifa shaxslar turli xil nopok yo’llar bilan turmush kechirishga harakat qiladilar.

Ishonch va ishontirish 3 ta tarkibiy qismdan iborat bo’lib, bular talabaning bilimlari, his-tuygusi va xulq-atvorida namoyon bo’ladi:




  1. Download 0,69 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish