Pedagogikainstituti


Lao-Szi  (miloddan avvalgi  579—



Download 6,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/45
Sana25.01.2022
Hajmi6,33 Mb.
#408579
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45
Bog'liq
Психология тарихи Жураев Н.С.

Lao-Szi  (miloddan avvalgi  579—
499-yiIlar) 
xitoylik faylasuf Lao- 
Szi  Chu  podshohligining  fuqarosi  bo‘lib,  asl  ismi  Li  Er  edi.  Lao-Szi 
«ustoz Lao»  degan  ma’noni  anglatadi.  Lao  esa  laqab  bo‘lib,  «qariya» 
degan idir.
Lao-Szi  Chjou  saroyida  arxiv  xodimi  bo‘lib  xizmat  qilgan. 
Konfutsiy  bilan  uchrashgan.  Lao-Szi  Chjou  saltanatining  inqirozga 
yuz tutganini ko‘rib,  «iste’foga»  chiqadi va tarki  dunyo  qilib,  G‘arbga 
qarab yo‘l oladi.
Chegaraga  yetib  kelganda  chegara  boshlig‘i  undan  o‘z  vataniga 
nimadir  qoldirib  ketishni  so'raydi.  Li  Er  chegara  boshlig‘iga  5000 
belgidan  iborat qo‘lyozmani topshiradi.  Bu tarixda «Daodeszin»  («Ez- 
gulik yo‘li yoki kuch  va harakat haqidagi  kitob») nomi  bilan mashhur 
kitob  edi.  Bu  kitobda  Dao  ta’limotining  mohiyati  haqida  so‘z  boradi. 
Bu  «odamlar yuradigan  yo‘1»,  degan  ma’noni  bildiradi.  Hozirga  kelib 
«Dao» qonuniyat,  qonun degan  ko‘chma ma’noni anglatadi.


Buyuk ishlar,  albatta mayda ishlardan boshlanadi.
Bilguvchi so‘zlamaydi,  so‘zlaguvchi bilmaydi.
Fikrlaringizga ehtiyot bo‘ling — ular qilmishlaringiz ibtidosidir.
Buyuk to‘g‘rilik egrilikka,  buyuk zakovat axmoqlikka o‘xshaydi.
Lao-Szining  haqida  ma’lumotlar  ko‘p  emas.  Faqat  shu  narsa 
ma’lumki,  u  Konfutsiyning  zamondoshi  bo‘lgan.  U  yolg‘iz  yashagan 
va  mashhurlikdan  obzini  yiroq  tutgan,  deb  hisoblanadi.  Lao-Szining 
nomi  «Dao  de’szin»  (Yo‘l  va  uning  saxovati  haqidagi kitob  yoki  Dao 
va de haqidagi kitob) degan asar bilan bog‘liqdir,  lekin bu asami uning 
yozganligi  aniq  emas.  Bu  asar  uning  muxlislari  tomonidan  bitilgan 
bo‘lishi ham mumkin.
«Dao  de’szin»  daosizm  falsafasiga  doir  klassik  matndan  iborat. 
Uni  tushunish  qiyin,  talqin  qilishda  esa  katta  muammolar  ko‘ndalang 
bo‘ladi.  Geraklit  singari  Lao-  Szini  ham  ko‘pincha  «sirli»  va  «o‘qib 
bo‘lmaydigan»  deb  atashadi. 
«Dao de szin»
  asari  tabiat yoki  borliqqa 
oid  xitoy  falsafasiga  qo'shilgan  katta  xissa  bo‘ldi.  Bu  uning  amaliy 
yo‘nalishdagi  konfutsiychilik  an’analariga  o‘xshagan  ayrim  markaziy 
falsafiy qoidalaridan ham yaqqol ajralib turadi.
Lao-Szi  uchun  «dao»  tushunchasi  fundamental  tushuncha  hisob­
lanadi.  Dao  «noaniq»,  «cheksiz»,  «o‘zgarmas»,  «makon  va  zamon- 
da  cheksiz»,  «tartibsizlik  va  shakl»  deb  hisoblangan  deyiladi 
adabiyotlarda.  Bunga  o‘xshash  so‘zlar  vositasidagi  ifodalashlar  faqat 
o‘zlari  ifodalaydigan  narsalarning  alomati  bo‘lishi mumkin.  Qat’iyroq 
qilib  aytganda,  til  bunday  holda  adekvat  bo‘la  olmaydi,  chunki  uni 
hatto  salbiy  ta’riflar  orqali  ifodalashda  ham  daoning  nima  bo‘lishini 
darhol faraz qiladi. G‘arb tafakkurida bunga o'xshash yondashuv 
salbiy
 
(apofatik)  teologiyaga
  o‘xshaydi,  unga  ko‘ra  biz  Xudo  to‘g‘risida 
ijobiy  fikr  bildirishga ojizmiz.  Biz  faqat uning  nima bo‘la  olmasligini 
ta’kidlashimiz  mumkin.  Shu  bilan  birga  Lao-Szining  Dao  haqidagi 
fikrlari  grek  naturfalsafasi  qo‘llagan  savollar  va javoblar tiplari  bilan 
ko‘p!ab  umumiylikka ega fikrlarga o‘xshab tuyuladi.

Download 6,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish