Pedagogikainstituti



Download 6,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/45
Sana25.01.2022
Hajmi6,33 Mb.
#408579
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45
Bog'liq
Психология тарихи Жураев Н.С.

noaniq  (nirvikalka)
 
va 
aniq  (sarvikalka)
  shakli  farqlangan.  Noaniq  idrok  sensor,  narsa  va 
hodisaning  sezgi  a’zosi  bilan  kontaktga  kirishi  orqali  idrok  qilinishi. 
Vedanta maktabining namoyondalari noaniq hech qanday individualligi 
ham,  umumiyligi  ham  bo‘lmagan  xissiy  kechinmalar  yig4ndisidir, 
deb  ta’kidlaydilar.  Aniq  idrok  bo‘lingan  nutq  strukturasida  namoyon 
bo‘luvchi  idrok  bo‘lib,  buddistlaming  ta’kidlashicha,  u  idrok  emas, 
chunki  unga aql ta’sir etadi. Nutq har xil belgilardan tashkil topganligi 
uchun  idrok  etilayotgan  obrazni  xiralashtiradi.  Mimansa  maktabining 
tarafdorlari  vedantistlami  ham,  buddistlami  ham,  tanqid  qilgan  holda 
noaniq idrok ikki belgiga umumiy va spesifik belgilarga ega ekanligini 
ta’kidlaydi.  Umumiy  belgi  ko‘pchilik  individual  obyektlarga  talluqli 
bo‘Isa,  spesifik  idrok  faqat  berilgan  obyektlarga  tegishlidir.  Noaniq 
idrok qilinishi  mumkin  emas,  chunki  buning  uchun  uni  boshqalaridan 
ajratishga to‘g‘ri  keladi.  Lekin  bu  obyekt  umumiy  belgi  sifatida  ham 
idrok qilinmaydi, chunki buning uchun u boshqalar bilan birlashtirilishi 
kerak.  Bunga esa  faqat  nutq hisobidan  erishish  mumkin.  Chunki  nutq


narsalarga  xos  belgilarni  ajratishi  ham,  birlashtirishi  ham  mumkin 
degan  xulosaga  keldilar.  Buni  maktab  namoyondalari  «Reallik»  va 
«Illyuziya» deb atardi. «Reallik» va «lllyuziya»ni Mimansa maktabining 
faylasufi  Bxata  organ  va  tashqi  obyekt  o ‘rtasidagi  munosabat  bilan 
belgilaydi.  Agar  bu  munosabat  qandaydir  sabab  bilan  buzilsa,  idrok 
illyuzior  b o iib  qoladi.  Buning  sababi  sifatida  Bxata:  periferik  (sezgi 
a’zosidagi)  va  markaziy  (manas)  qismdagi  buzilishni  ko‘rsatadi. 
Gallyutsinatsiya ham  xuddi  shunday  paydo  bo‘ladi.  Tush ko‘rish  ham 
gallyutsinatsiyaning bir turidir.
Psixik  hayot  davomida  o‘tish  davri  muammosi  G‘arbiy  Evropa 
faylasuflarini  ko‘proq  qiziqtirdi.  Hech  kimni  hindlar  kabi  «men» 
muammosi bunchalik ko‘p o'ylantirmagan. Masalan, lakata ta’limotida 
umuman  «men»  muammosi  inkor  qilinadi.  Ular  shunga  asoslanadiki, 
sezgi  a ’zolarimiz  bizga  «men»  haqida  hech  narsani  ma’lum  qilmaydi. 
Xulosa chiqarish yo‘li  bilan olingan ma’lumotlar esa noto‘g‘ri  bo‘lishi 
ham  mumkin.
Miloddan avvalgi bir necha mingyillikning o‘rtalarida Hindiston va 
Xitoyda  II-mingyillikda  paydo  bo‘lgan.  Vedalar  eng  qadimgi  ariylik 
dunyoqarashini  ifodalardi.  Grek,  skandinaviya va  slavyan  afsonalarida 
bo‘lgani  singari  unda  ham  xudolar  ko'pincha  tabiiy  kuchlarga 
qiyos  qilinardi.  Bunday  dunyoqarash  Koinot  bilan  Tartibsizlik  (Xaos) 
o‘rtasidagi azaliy kurash bilan tavsiflanardi. Bu jangda xudolaming uzil- 
kesil  va  abadiy  g‘alaba  qilishi  kafolatlanmaydi.  Tartibsizlikka  qarshi 
kurashda xudolar odamlaming yordamiga muhtoj bo‘lgan. Qurbonliklar 
va  to‘g‘ri  bajariladigan  marosimlar  koinotdagi  tartibni  tutib  turishga 
katta xissa qo'shib turadi. Vedalar bilan tanisxishda muayyan afsonaviy 
olamga  g‘arq  bo‘lamiz.  Agar  biz  hind  ma’naviy  hayotida  afsonadan 
logosga  o‘tish  haqida  gapirsak  edi,  unda  uni  matnlaming  yangi  va 
ancha  tushunarli  guruhlari  (miloddan  avvalgi  800-300-yillar)  bo‘lgan 
Upanishadlarga  tegishli  deyish  mumkin  bo‘lardi.  Upanishadlar  Veda 
dunyoqarashining tanqidiy jihatdan idrok etilishidir.  Ehtimol, ular asriy 
madaniyatining  ayrim  jihatlariga  nisbatan  norozilikni  ifodalar.  Eng 
yangi  tadqiqotlar  ularda  noariy  tendensiyalaming  ta’sirini  topmoqda. 
Biroq  bu murakkab masala din tarixchilari ixtiyorida qoldirilishi kerak.


Lekin,  baribir  Upanishadlarga  dalil-asoslar  muvofiq  keladi.  Bu  narsa 
mazlumlaming o‘z ovozini chiqarish  usulini  topganligini  anglatadimi? 
Biz  buni  bilmaymiz  va  faqat taxminlar  bilan  cheklanishimizga to‘g‘ri 
keladi.
«Upanishada»  atamasi  donishmandning  o‘z  shogirdlariga  ta’lim 
berishi jarayonini  anglatadi. Vaqt o‘tishi  bilan bu  atama shu jarayonda 
beriladigan mazmunni ifodalaydigan falsafiy raatnni ham ifodalaydigan 
bo‘ldi.  Shunday  qilib,  muayyan  ma’noda  Upanishadlami  Platonning 
dialoglari  bilan o‘xshatish mumkin.
Upanishadlaming markaziy mavzularidan biri tug'ilish va oiimning 
abadiy  «almashinuvi»  g‘oyasidir.  Bunday g‘oya  tirik  mavjudotlaming 
oMimidan  keyin  yana  qayta  tirilishini  nazarda  tutadigan  ruhlaming 
ko‘chib yurishi  (reinkamatsiya) haqidagi ta’limotga asos qilib olingan. 
Tug‘ilish  bilan  o‘lim  o‘rtasidagi  abadiy  qayta  tiklanib  turadigan  sikl 
sansara  deyiladi.  Aynan  ana  shunday  siklda  insonning  eng  teran 
«mohiyati» (atman) takror va takror qayta tiklanaveradi.
Sharqshunoslik adabiyotlarida nimani atm an deb tushunish masalasi 
xususida munozara ko‘pdan  beri  davom  etib  keladi.  Upanishadlaming 
ayrimlarida, aftidan, atman  o‘zgarmas va substansial  narsa hisoblanadi 
va idrok etuvchi «men» yoki  «ego»dan farq qiladi.
Upanishadlaming  boshqa  bir  muhim  qoidasi  atman  bilan  brax- 
manning  bir-biriga  tenglashtirilishidir.  «Braxman»  so‘zining  adekvat 
tarjimasini topish qiyin. Bu holda atm an bilan braxmanning bir-biriga 
tenglashtirilishi  atman absalyut yoki ilohiyot bilan teng degani  bo‘ladi. 
Bunga o‘xshash  qarashlar odam  (yoki  uning ruhi)  Xudo bilan  ayni  bir 
narsa  bo‘la  oladigan  g‘arb  mistisizmida  ham  mavjud.  Bunday  birlik 
hind falsafasi  va  G‘arb  mistisizmi  targ‘ib  qiladigan  zohidona  turmush 
tarzini  nazarda tutadi.
Upanishada faylasuflari shu tariqa olamdan teskari o‘girilib olishdi. 
Ularning  maqsadi  zohidlarcha  dunyodan  qochish  edi.  Ulaming 
e’tiqodicha,  matndami  yoki  tabiatdami  bo‘lishidan  qa’tiy  nazar 
«tashqari»da  emas,  u  sening  ichingda.  Sen  «o‘z-o‘zingni  topish»ni 
o‘rganishing  kerak.  Mistisizm  haqida  ko‘p  narsani  o‘qib  olish  mum­
kin,  lekin  bu  mistik  bilishni  anglatmaydi.  U  faqat  sen  tomoningdan


va  o‘zingning  shaxsiy  sa’y-harakatlaring  yordamida  ishlab  chiqiladi. 
Hindistonda bunga o‘xshash  mistik donishmandlik kohinlar tabaqasiga, 
haqiqiy «braxman»larga xos deb hisoblanardi.

Download 6,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish