Pedagogika va psixologiya yo’nalishi


Kirish: Bolalarni ijtimoiy himoyalashga bo`lgan ijtimoiy talab



Download 131 Kb.
bet5/9
Sana31.12.2021
Hajmi131 Kb.
#263726
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5278306702733610159

Kirish: Bolalarni ijtimoiy himoyalashga bo`lgan ijtimoiy talab




Ijtimoiy pedagogic faoliyat (IPF) maqsadi va vazifalari







IPF tamoyillari

IPFning o`ziga xosliklari

IPF mazmuni




Shakillari

Ijtimoiy pedagogik

Metodlari




Vositalar


Dasturlar bosqichi

IPF




Bolalar va o`smirlar: ularning

ijtimoiylashganlik va rivojlanganlik darajalari




Chiqish: Ijtimoiylashgan bola


3. ijtimoiy pedagogning maktab yoshidagi bolalar bilan ish yuritishi, tengqurlar jamoasi va bolalar submadaniyati.
Ijtimoiy pedagog faoliyati qishloq joylarda o`ziga xos xususiyatga ega. Uning

asosiy maqsadi qishloq aholisini ijtimoiy-pedagogik himoyalash sog`ligini himoyalashga,

hayot tarzini yaxshilashga yordamlashishdan iboratdir. qishloq joylarda u aholining turli

yoshdagi (bolalar, yoshlar, qariyalar, nogironlar, yosh oilalar va h.k) guruhlari bilan ish

olib boradi va ularga o`sha muhitda o`z o`rnini topishga yordam beradi. Uning asosiy ob'ekti shakllangan shaxs bo`lib, mikromuhit esa shaxsni tarbiyalash va rivojlantirish faktori sifatida xizmat qiladi. Bolalar esa shu aholining eng nozik vakili bo`lib, ular birinchi navbatda ijtimoiy muhofazalanish bilan birga ijtimoiy va ijtimoiy pedagogik yordam berishni talab etadi.

Maktab yoshidagi bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish maktabgacha tarbiya muassasalaridagi ijtimoiy pedagogik ishdan tubdan farq qiladi. Bu faoliyat o’quvchilarning doimiy kamol topishlari va ta’lim olishlariga bog’liq maktabdagi ijtimoiy pedagogik faoliyatning barcha jihatlarini bir bobda ochib ber ishning iloji yo’q shuning uchun biz eng muhim vaziyatlarini ochib berishga harakat qilamiz. respublikamizda maktab o’quvchilari bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish rivojlanmoqda. u qisman moziy tajribasi, qisman zamonaviy pedagogik tibbiy, psixologik, yuridik faoliyat turlariga tayanib ish olib bormoqda. So’nggi yillarda pedagogik jamoalar ham paydo bo’lib, ularda maktab nafat ta’lim-tarbiya masalalarini balki o’quvchining boshqa bir qator ijtimoiy muammolarini ham yechmoqda.

Davlatimizdagi o’zgarishlar mavjud ta’lim tizimiga ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. CHunki unda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy inqirozi aks etmasligi mumkin emas. Umumta’lim maktabi o’zining o’quv, tarbiya va ijtimoiy funksiyalarini ko’rib chiqib birinchi o’ringa quyidagi ijtimoiy funksiyalarni qo’yishi kerak edi:

1. Ta’lim to’g’risidagi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini bajarish lozim edi.,

biroq ta’lim bolalar va o’smirlar manfaati asosida tashkil qilinmoqda.

2. Maktabda tarbiya ishini ta’lim bilan teng yuritish.

3. Maktab faoliyatini qayta yo’naltirish.

4. Maktab ishini, bolalar faolligini oshirish, turli bolalar klublari tuzishga asoslash.

Tengqurlar jamoasi va bolalar submadaniyati.

Bola ijtimoiylashuvining shartlaridan biri tengqurlar bilan munosabatga

kirishishdir. Bu munosabat bolalar bog’chasi guruhi, maktab sinflari, turli norasmiy bolalar va o’smirlar birlashmalari kabi kichik guruhlarda shakllanadi. Bolalar va o’smirlar guruhlarida tengdoshlar orasida fuknsional, emotsional shaxsiy munosabatlar o’rnatiladi.

Funksional munosabatlar bolalar faoliyatining alohida sohalari (mehnat, o’qish)da

qayd etilgan bo’lib, kattalarning bevosita rahbarligi ostida guruhdagi xulq-atvor normalarini o’zlashtirish orqali shakllanadi. Tengdoshlar guruhhining hamma a’zolari ham yosh jihatdan teng bo’lmaydi. Bu guruhga har xil yoshdagi, biroq umumiy qadriyatlar, munosabatlar tizimi yoki qiziqishlari bilan birlashgan bolalar ham kirishi mumuikn. Tengdoshlar guruhi a’zolarining soni turlicha bo’lishi mumkin. O’rtoqlar guruhida 2-3dan 5 gacha, og’aynilar guruhida 7-9 gacha, assatsial guruhlarda 20 tagacha, rasmiy guruhlar-sinf, to’garak va boshqalarda 30-40 tagacha a’zo bo’lishi mumkin.Tengqurlar guruhi odatda a’zolarining hududiy yaqinligi asosida shakllanadi.

Tengqurlar guruhi individual qiziqishlarning mos tushishi, rasmiy tashkilot(sinf,skautlar guruhi va boshqalar) borligi va guruh a’zolari urtasida shaxsiy munosabatlar mavjudligi tufayli shakllanadi. Bu munosabatlar guruh a’zolarining xarakter va o’zaro ta’sirlarida, shuningdek sinfda rollarni taqsimlashda namoyon bo’ladi.

Birinchidan yetakchi ajralib chiqadi. Eksperimental tadqiqotlarda yetakchisi

bo’lmagan guruh aniqlanmagan. Sohaviy yetakchilar ham bo’lishi mumkin. Masalan, aqliy, emotsional, ishbilanmon yetakchi bo’lishi mumkin. Tenqurlar guruhini bir necha parametrlar bo’yicha tasniflashimiz mumkin:

Ijtimoiy tizimidagi yuridik maqomiga ko’ra tengqurlar guruhlari rasmiy, ya’ni

jamiyat tomonidan tan olingan, biror bir davlat yoki jamoat tashkiloti bilan bog’liq bo’lgan guruhlar va norasmiy-o’z-o’zidan mavjud bo’lgan guruhlarga bo’linadi.ijtimoiy psixologik maqomiga ko’ra ular ikkiga bo’linadi, ya’ni mansublik guruhi-uning haqaqiy a’zolari mavjud (sinf, sport klubi va boshqalar) va referent guruhibunga inson mansub emas, biroq hayolan tayanadi.

Faoliyat yuritishning barqarorligi va uzoq muddatliligiga qarab doimiy,

vaqtinchalik hamda hodisaviy guruhlarga ajratiladi.

Hudud jihatidan ular hovli, mahalla yoki biror bir muassasa tarkibida faoliyat yuritishlari mumkin.

Etakchilik borasida ular demokratik va avtoritar guruhlarga bo’linishadi.

So’nggi 10 yilliklarda tengqurlar guruhlari voyaga yetayotgan avlod

ijtimoiylashuvida eng muhim mikroomillardan biriga aylandi. Avvalgi davrlarga qaraganda ularning o’rni ancha jiddiylashdi, bunga bir qator jarayonlar o’z ta’siri ko’rsatdi.

Urbanizatsiya shunga olib keldiki, borgan sari ko’p bolalar, o’smirlar shaharlarda

yashashyapti va u yerda ko’proq tengdoshlar bilan muomala qilish imkoniga ega bo’lishmoqda. bu muomalani kattalar to’liq nazorat qila olishmaydi. Katta oilaning kichiklashuvi bir bolali va to’liqsiz oilalarning ko’payishi, oilalarning noto’g’ri tashkillashtirilganligi bolalar uchun oiladagi emotsianal aloqalarning yetishmovchiligini

uydan tashqarida to’ldirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Umumiy o’rta ma’lumot OAVlar shunga olib keladiki, voyaga yetayotgan avlod o’zlarining savodxonliklari va madaniy rivojlanishlari darajasiga ko’ra ancha tenglashib qolishdi. SHuningdek, bolalarning tengqurlar guruhlariga birlashishlariga nafaqat kiyim-kechak yoki turmak, balki hayot tarzini ham belgilab beruvchi moda ham ta’sir ko’rsatmoqda. Bolalar, o’smirlar va o’spirinlar bir vaqtning o’zida bir necha bir-birdan farqlanuvchi guruhlarga a’zo bo’lishlari mumkin. Rasmiy guruhlar (sinf, sport to’garagi va boshqalar) bolalar ijtimoiylashuviga ular hayotiy faoliyatining mazmuni, ularda shakllangan o’zaro munosabatlarning xarakteriga bog’liq ravishda ta’sir ko’rsatadi.

Norasmiy guruhlar bolalar, o’spirinlar va o’smirlar ijtimoiylashuviga ularning tarkibi, yo’naltirilganligi yetkachilik turiga ko’ra ta’sir ko’rsatishadi.

Turli yosh va ijtimoiy madaniy xususiyatlarga ega bo’lishiga qaramay tengqurlar

guruhining ijtimoiylashuvdagi funksiyalari universaldir. Birinchidan, guruh a’zolarini shu jamiyat madaniyatiga o’rgatadi, ya’ni ularning xulq-atvorini guruh a’zolarining milliy, diniy, mintaqaviy, ijtimoiy mansubligiga moslashtiradi. Ikkinchidan, tengqurlar guruhlarida ijobiy xulq-atvorga o’rgatiladi. Bu ularga namunaviy xulq-atvorlarni ko’rsatish, g’ayri ijtimoiy xulq-atvorlarga nisbatan chora qo’llash orqali amalga oshiriladi. Uinchidan, tengdoshlar guruhlari bolalar, o’smirlar va o’spirinlarning kattalar,

xususan ota-onalar ta’siridan avtanomlashuvlari jarayonida muhim o’rin tutadi. To’rtinchidan guruh o’z a’zolariga yosh submadaniyatidan mustaqil bo’lish imkonini beradi.

O’rtoqlar va og’aynilar guruhlari kiyinish, yurish-turish borasida tengdoshlar

jamiyatiga mos bo’lishga harakat qilishadi. SHu bilan bir vaqtda o’z mustaqilliklarini ham saqlashadi. YA’ni boshqa bolalarni o’z guruhlariga qo’shmaslikka harakat qilishadi.

Beshinchidan, tengdoshlar guruhlari bolalar tomonidan o’z-o’zini anglash, o’z-o’zini belgilab olish masalalarini yechishga qulay yoki noqulay sharoitlar yaratib beradi.

Oltinchidan, guruh o’z a’zolari tomonidan “ekologik chuqurlik” sifatida qabul

qilinadigan spetsifik ijtimoiy tashkilot hisoblanadi.

Guruhda emotsional va shaxsiy munosabatlar ham shakllanadi. Bolalar va yosh o’smirlar guruhlarida emotsional munosabatlarning asosiy funksiyasi tengqurlar xulqatvorini umumqabul qilingan xulq-atvor normalariga moslashdir. Bu holatda do’stlik rishtalari, simpatiya birinchi o’ringa ko’tariladi. Aslida ular ontogenezda ancha avval paydo bo’lishgan. Agar maktabgacha yoshdagi bola ularga amal qilsa, bu holat boshqa bolalar tomonidan ijobiy qabul qilinadi.

SHaxsiy munosabatlar guruhdagi o’zaro bog’liqlik bo’lib, bunda bir bola xulqatvorining sababi boshqa bola uchun shaxsiy ma’noga ega bo’ladi. SHaxsiy munosabatlar bola atrofdagilar bilan munosabatda kattalar rolini bajarganda yorqin namoyon bo’ladi.

Bolalar hamjamiyati bolalar submadaniyatining tashuvchisi hisoblanadi. Bolalar submadaniyati–bu bolalarga jamiyatga ko’nikishlariga va o’z normalarini yaratishlariga ko’maklashuvchi madaniy hudud va muomala doirasidir. Bolalar submadaniyati bolaning ilk ijtimoiylashuvi vazifasini bajaradi. O’smirlar, o’spirinlar submadaniyatining namoyon bo’lishiga ijtimoiy harakatning yangi shakllarini tuzish kiradi. Bu ijtimoiy pedagog tomonidan to’g’ri qabul qilinishi kerak. O’smirlar kichkina bolalardan ancha faollar va o’z o’rinlarini topishlari uchun yangi faoliyat va xulq-atvor shakllarini qidirishadi. Biroq ular ancha tavakkalchi va bunga tayyor emaslar.

O’spirinlik davrining inqirozi ham ko’p borada yangi muqobil faoliyat normalarini yaratishga bog’liq. SHuning uchun o’spirin-o’smir submadaniyati nafaqat ijtimoiylashtiruvchi, balki konstruktiv ijodiy funksiyani ham bajaradi. O’smirlar va o’spirinlar submadaniyatini kattalar olamidan ajratib turuvchi omillar madaniy va texnologik o’zgarishlar, yolg’izlik OAVlarnin g qarama-qarshi ta’siri, ijtimoiy muhitning beqarorligi bilan bog’liq. Bu hollarda o’spirinlar va o’smirlar guruhlari turli g’ayriijtimoiy xarakatlarga intilishlari xam mumkin.

O’spirinlar va o’smirlar submadaniyati rivojlanishining ikki yo’nalishi mavjud. Birinchisi u umumiy jihatlarga ega bo’lib, turli mintaqa va yo’nalishlarga ajraladi.

Ikkinchi yo’nalish yoshlar submadaniyatiga g’ayri madaniyatlarning ta’siriga bog’liq. Bu holatda biz mavjud jamiyatning huquqiy asoslariga tajovuz qilmaydigan, birq axloq umumqabul qilingan xulq-atvor normalariga qarshi chiquvchi yoshlarni uchratishimiz mumkin. g’ayri madaniyatning borligi va uning tarqalishi u yoki bu jamiyatning inqirozidan hamda insonlarning qoniqmayotganligidan dalolat bera


.


Download 131 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish