Bitiruv malakaviy ishning predmeti maktab yoshlarining axloq
me'yorlaridan og’ishmasligiga qaratilgan suhbat tarbiyaviy ta'sir ko’rsatuvchi metodlar vositalar majmuasi.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Ishning hajmi 30 bet.
ASOSIY QISM
1. Maktab-ochiq ijtimoiy pedagogik tizim sifatida
Sotsiumda insonparvarlik munosabatlarni shakllantirish ijtimoiy pedagogik faoliyatning asosiy maqsadi va ma'naviy ahloqiy asosi hisoblanadi.Ko`pchilik mamlakatlarda shaxsning insonparvarlik g`oyalari asosida ijtimoiylashtirish kontseptsiyasi asosida faoliyat yuritayotgan maktablar mavjud. Germaniyadagi xolistik maktablarning pedagogik kontseptsiyasi, Shvettsiya va Amerikadagi hamda Rossiyadagi “Kichik tumonlar maktabi” (“Maktab mikrarayon”)shular insonparvarlik tizim sifatida namoyon bo`ladi.Ochiq maktablar ko`p qirralari vazifalarni bajarib, kun davomida bolalar va kattalar uchun faoliyat ko`rsatadi. Ular xohlagan vaqtlarida bu maktabga kelishlari mumkin. Bu maktablar oila, ma'naviy-ma'rifiy tashkilotlar, ish joylari, mahalliy hokimliklar, jamiyat tashkilotlari kabi ijtimoiy institutlar bilan hamkorlik qiladi.
Eng asosiysi bolaning ta'lim va tarbiyasi ijodiy faoliyat asosida olib boriladi;
maktab bolaning rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi. Ochiq maktablar
strukturasida yangi tarbiyachi-ijtimoiy pedagoglar faoliyat ko`rsatadi. U shaxs va
jamiyat o`rtasidagi vositachi rolini bajaradi.
Bunday maktablar asosan;
▪ o`qituvchilarning pedagogik bilimini boyitish
▪ sotsiumning imkoniyatlarida foydalanib, ota-onalarning umummadaniyatini
rivojlantirish:
▪ ijtimoiy foydali madaniy dam olishini tashkil etishga doir o`z fa oliyatlarini olib
boradi.
Bolalarga qo`shimcha ta'lim berishning ijtimoiy-pedagogik modeli Maktabdan tashqari qo`shimcha ta'lim muassasalari ijtimoiy tarbiyalash institutlaridan biri sifatida, bolalarning bo`sh vaqtini tashkil etishda muqim ahamiyat kasb etadi. Ularning asosiy vazifalari:
▪ bolalarning o`z-o`zini rivojlantirishga sharoitlar yaratish,
▪ sog`ligini tiklash,· kasb tanlashga va ijoiy faoliyat yuritishga yo`llash,
▪ nogiron bolalarning ijtimoiylashuviga yordam berishn va h.k.
qo`shimcha ta'lim muassasalarida asosan, bolalarni o`qitish quyidagi shakllarda olib
boriladi; nazariy(ma'ruzalar o`qish, suhbatlar, disputlar tashkil etish va h.k) hamda
amaliy(ekspeditsiyalar, sayohatlar tashkil etish, konferentsiyalar, slyotlar o`tkazish). Bu
tashkilotlarda olib boriladigan ijtimoiy peda gogik faoliyat bolalarga bilim berish,
ijtimoiylashtirish va hayotga tayyorlash maqsadi ko`zlanadi.
Undagi dasturlar tarbiyalanuvchilarning ijtimoiylashuviga, bugungi kunning
dolzarb muammolarini tushunishga, muammolarni mustaqil tarzda qal etishga
o`rgatishga, o`z bilimini oshirib borishga qaratilgandir. Bu tashkilotlarda ijtimoiy -pedagogik faoliyat jarayonida quyidagi tamoyillarga asoslanish maqsadga muvofiqdir:
1.Bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda yondoshish.
2.O`qituvchining shaxsiy professional yondoshuvi.
3.Tabiatga mos yondoshuv
4.Madaniy saloqiyatga mos yondoshuv.
Bu faoliyatlar jarayoni ijtimoiy pedagog ta'limiy faoliyat metodi, faoliyat va
muloqatni o`zgartirish metodi, munosabatlarni o`zgartirish kabi metodlardan foydalanish mumkin.
Xulosa qilib aytganda qo`shimcha ta`lim muassalarida ijtimoiy pedagogic faoliyati
modeli quyidagi shakilda amalgam oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |