Texnologiya- biror ishda, mahoratda, sanoatda qo’llaniladigan usullar, yo’llar yig’indisi. (izohli lug’at.)
Texnologiya- ishlov berish, ahvolni o’zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati, metodlar yig’indisi.(V.M.SHepel.)
Pedagogik texnologiya- o’qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari, yo’llari, tarbiyaviy vositalarining maxsus yig’indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka) majmuasi; u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat.(B.T.Lixachyov.)
Pedagogik texnologiya- o’qituvchi mahoratiga bog’liq bo’lmagan holda pedagogik muvafaqqiyatni kafolatlay oladigan, o’quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir. (V.P.Bespalko.)
Pedagogik texnologiya- ta’limning rejalashtirilgan natijasiga erishish jarayoni tafsiloti.(I.P. Volkov.)
Ta’lim texnologiyasi- didaktik tizimning tarkibiy jarayonli qismi. (M.CHorshanov.)
Pedagogik texnologiya- o’quv jarayonining o’quvchilar va o’qituvchi uchun so’zsiz qulay sharoitlar ta’minlashni loyihalash, tashkil qilish va o’tkazish bo’yicha hamma detallari o’ylab chiqilgan bigalikdagi pedagogik faoliyat modeli. (V.M.Monaxov.)
Pedagogik texnologiya- pedagogik maqsadlarga erishish uchun foydalaniladigan barcha shaxsiy, uskunali va metodologik vositalarning tizimli yig’indisini va ularning amal qilish tartibini bildiradi. (M.V.Klarin.)
Pedagogik texnologiya, bu – so’zsiz rioya qilish eng yuqori natijani kafolatlaydigan ko’rsatmalar emas, balki qonuniyatlar bo’lib, ularning amaliy ahamiyatidan iborat. (V.YU.Pityukov.)
Pedagogik texnologiya- bu tizimli fikr yuritish usulini pedagogikaga singdirish ya’ni pedagogik jarayonni muayyan bir tizimga keltirishdir.(Sakomoto.)
Pedagogik texnologiya-bu o’qituvchi (tarbiyachi)ning o’qitish (tarbiya) vositalari yordamida o’quvchi (talaba)larga muayyan sharoit va ketma-ketlikda ta’sir ko’rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan sifatlarni shakllantirish jarayonidir.(N.Sayidaxmedov.)
Pedagogik texnologiya-ta’lim metodlari, usullari, yo’l-yo’riqlari hamda tarbiyaviy vositalar yig’indisi; u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalari majmuidir.Bu o’z oldiga ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini ko’yuvchi, butun o’qitish va bilimdlarni o’zlashtirish jarayonini texnik resurslar va odamlarning o’zaro munosabatlarini hisobga olgan holda yaratish, qo’llash va aniqlashning tizimli metodidir. Demak, pedagogik texnologiya insonga ( ta’lim-tarbiya oluvchiga) oldindan belgilangan maqsad bo’yicha ta’sr o’tkazish faoliyatidan iborat. (J./.Yo’ldoshev.)
Ta’lim texnologiyasi- ta’lim maqsadiga erishish jarayonining umumiy mazmuni, ya’ni, avvaldan loyihalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida, bosqichma-bosqich amalga oshiish, aniq maqsadga erishish yo’lida muayyan metod, usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish hamda ta’lim jarayonini yuqori darajada boshqarishni ifodalaydi. (O’.Tolipov.)
Do'stlaringiz bilan baham: |