Pedagogik texnologiyaning maqsadi – ommaviy ta’lim sharoitida ta’lim jarayonining zaruriy samaradorligini ta’minlash va talabalar tomonidan o’qishning ko’zlangan natijalariga erishish kafolatidan iboratdir.
Pedagogik texnologiyaning bosh vazifasi – ommaviy ta’lim sharoitida «oddiy» pedagoglarga o’qitishning yetarli samarasiga erishishni ta’minlovchi, o’quv jarayonini yaratish hisoblanadi.
Pedagogik texnologiyaning predmeti – o’quv jarayoining o’zi hisoblanadi.
Pedagogik texnologiyaning ob’ekti –o’quv jarayonining tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Pedagogik texnologiyalarning metodologik asoslari.
Bayon etilgan, bir tomondan pedagogik texnologiyaning sodir bo’lish zaruriyatini tasdiqlasa, ikkinchi tomondan u ilmiy texnik taraqqiyot jadallashuvining mahsuloti ekanligini namoyish etadi. SHu sababli, ilmiy texnik taraqqiyot tezlashuviga 2…3 va undan ortiq fanlar ulanishlarida paydo bo’ladigan yangi fanlarning ta’sirini alohida ta’kidlash zarur bo’ladi. Pedagogik texnologiya ham ikkita fan – «pedagogika» va «texnologiya»lar ulanishida paydo bo’lga yangi fanlardan biridir. Pedagogik texnologiya ilmiy texnika taraqqiyoti jadallashuvi talabalari darajasida kadrlar tayyorlashuvi talablari darajasida kadrlar tayyorlashni ta’minlash imkoniyatini yaratdi. Pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismlari tegishli davr talablari asosida ham paydo bo’ladilar.
«Pedagogika» bu keksa avloddan hayot uchun zaruriy bo’lgan ijtimoiy tajribalarni yosh avlodga berish va uning yosh avlod tomonidan faol o’zlashtirish qonuniyatlarini o’rganadigan fandir.
Jamiyat taraqqiyoti, har qaysi yangi avlod o’zining o’tmish avlodidan qolgan merosni egallab uni boyitib keyingi avlodga qoldirish orqali vujudga keldi. «Pedagogika» atamasi qadimgi YUnoniston (Gretsiya)da paydo bo’ldi, uning negizini «pedagog» so’zi tashkil etadi. Qadimgi YUnonistonda talabani maktabga kuzatib boruvchi, mashg’ulotlarda va ulardan tashqarida unga xizmat qiluvchi qulni pedagog deb ataganlar. YUnoncha «peydagog» («paydi» - bola, «gogos» - yetaklovchi) so’zi, «bola yetaklovchi» ma’nosini anglatadi.
SHunday qilib, «pedagogika» yunonchadan «bolani yetaklash» so’zini bildiradi. Maktabda mashg’ulotlarni o’qituvchilar – «didiskala»lar o’tar edi («didasko» - men o’qiyman, keyinroq «didaktika» - o’qitish nazariyasi paydo bo’ldi). Muqqadam bilimning bu sohasi falsafa fani negizida amalga oshirilar edi.
XVIII asrning boshlarida ingliz faylasufi va tabiatshunos olimi Frensis Bekon (1561-1626 yy.) tomonidan, pedagogika falsafa bilimlari tizimidan chiqarib olingan edi. U 1623 yili «Afzalliklar va fanlarning ko’payishi haqida» chop etilgan asarida, pedagogikani bilimning alohida sohasi sifatida «O’qishga qo’llanma» haqidagi fan deb atadi. O’sha asrda pedagogikaning mustaqil fan sifatdagi maqomi, mashhur chex pedagogi YAn Amos Komenskiyning (1542-1670 yy.) asarlari va obro’yi tufayli mustahkamlanadi. U o’zining mashhur «Buyuk didaktika» asarida, o’quv ishining nazariyasi va uni tashkil etishining asosiy masalalarini ishlab chiqdi.
Pedagogikaning predmeti bu o’rganish, ta’lim, tarbiya sharoitida inson shaxsining yo’naltirilgan rivojlanish va shakllanish jarayoni hisoblanadi.
SHunday qilib pedagogika, inson shaxsining rivoji va shakllanish mohiyatini o’rganish haqidagi fan sifatda namoyon bo’ladi. SHu asosda o’qitish va tarbiya nazariyasi va uslubiyoti maxsus tashkil etilgan pedagogik jarayon sifatida belgilanadi. Pedagogika fan sifatida, ommaviy o’qitishni tashkil etishni talab etadigan kengaytirilgan ishlab chiqarish yo’lga qo’yilayotgan davrda, paydo bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |