MAVZU: SHAXSGA YO’NALTIRILGAN TA’LIM TEXNOLOGIYALARI.
Reja:
1. SHaxsga yo’naltirilgan ta’lim nazariyasi va uning mazmuni. SHaxsga yo’naltirilgan ta’limning o’ziga xos jixatlari.
2. SHaxsga yo’naltirilgan ta’limning asosiy talablari. SHaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalarining turlari.
SHaxsga yo’naltirilgan ta’lim nazariyasi va uning mazmuni. SHaxsga yo’naltirilgan ta’limning o’ziga xos jixatlari.
“Hamkorlik pedagogikasi” texnologiyasi va uning mazmuni va metodikasining o’ziga xosliklari:
Hamkorlikda o’qitish metodining asosiy g’oyasi – biror – bir topshiriqni birgalikda bajarish emas, balki hamkorlikda o’qishdir.
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyasida hamkorlikda o’qitish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, Hamkorlikda o’qitishni bu biror bir vazifani, topshiriqni hamkorlikda bajarish emas, balki hamkorlikda o’qitishdir. Buyuk rus tarbiyashunosligining asoschilaridan biri A.S.Makarenko «Tarbiyalanuvchilarni tarbiyalash jarayonida, o’zim ham tarbiyalanib bordim»,- deb yozadi. Demak o’qitish jarayonida, o’qituvchi bolalarni o’qitar ekan, ayni paytda o’zi ham o’qishga majburdir. Bu hamkorlikda o’qitish orqali amalga oshadi.
Hamkorlikda o’qitish, ya’ni kichik, kichik guruhlarga bo’lib o’qishlar G’arb pedagogikasida XIX asr oxirlarida paydo bo’lgan. Ammo guruhlarda, hamkorlikda o’qitishga asos – solinishi XX asrning 20- yillariga to’g’ri keladi. Uning asosiy texnologiyasini ishlab chiqish va uning birinchi natijalarini matbuotda e’lon qilish 1970 yillarning oxirlari 1980 yillarning boshlarida to’g’ri keladi. Bu davrda Buyuk Britaniya, G’arbiy Germaniya, Niderlandiya, YAponiya, Isroil, Avstraliya va boshqa mamlakatlarning ta’lim muassasalarida hamkorlikda o’qitish metodining nazariyasi va amaliyoti to’g’risida pedagogik matbuotda ma’lumotlar e’lon qilindi. Ammo ushbu g’oyaning mantiqiy asosnomasi Amerikadagi uchta universitet professorlari – R.Slavin (J.Xoppine universiteti, 1990), R.Jonson, D.Jonson (Minnesot universiteti, 1987), J.Arenson (Kaliforniya universiteti, 1978) va Isroildagi Tel – Aviv universitetida, 1988 yilda SH.SHaron tomonidan ishlab chiqildi. Amerika olimlari va Isroil olimlarining hamkorlikda o’qitish g’oyasi ma’lum jihatlari bilan bir – biridan farq qilsada, ularda mazkur g’oyani yondoshish qoidalari va printsiplarini asoslashda yaxlitlik mavjud. Masalan, Amerika olimlari tomonidan ishlab chiqilgan hamkorlikda o’qitishda asosan o’quvchilarni fan asoslari bilan tanishtirish, ularni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish nazarda tutilsa, Isroil va yevropa olimlari ishlab chiqqan hamkorlikda o’qitish metodining mazmunida darslarda munozarali o’quv bahsini tashkil qilish orqali faoliyatni loyihalash yotadi. Bu hol g’oyalarning bir – birini to’ldirishi didaktik jihatdan bir birini boyitishi bilan xarakterlanadi va o’quvchilarning shaxsiy faoliyatlarini loyihalashtirish uchun zamin yaratadi. Bu esa har bir o’quvchida aqliy mexnatga tayyorlanish, ijodiy va mustaqil fikr yuritishlari shaxs sifatida o’zlarini erkin tutib o’qishga ongli, ma’suliyat bilan yondashishga undaydi hamda o’z safdoshlari bilan hamjihatlikda, hamkorlikda ishlashga da’vat etadi.
Ma’lumki, shoir, yozuvchi, bastakor, texnik xodim va boshqa ijod ahli tinmay izlanadilar, tom – tom kitoblar, taxlam – taxlam gazeta va jurnallarni varaqlab chiqadilar. Ziyokor sifatida o’qituvchi ham bu holatdan qolmasligi, tinmay izlanishi va ijod qilishiga to’g’ri keladi. CHunki, bugungi kun o’quvchisi ommaviy axborot vositalari orqali ko’pgina ma’lumotlarga ega. Ularni o’z o’quv fani mazmuniga singdirish, orqali o’quv predmetiga qiziqtirish, izlanish, mustaqil ishlariga o’rgatish o’qituvchidan katta bilim, mahorat talab qiladi. SHunga asosan o’qituvchiga bolalarga nima o’rgatsam, qanday o’rgatsam degan uy – xayol xalovat bermasligi kerak. qolaversa ta’lim islohotlari ham o’qituvchiga mana shunday tasavvur bilan yashash va ishlashga da’vat etmokda.
SHunga ko’ra hamkorlikda o’qitish metodini puxta egallagan qanday o’qitish va nimani o’rgatishni yaxshi bilib oladi. Zero, hamkorlikda o’qitish o’quvchida ongli intizomni tarbiyalaydi, o’z muvaffaqiyatini guruh muvaffaqiyati deb biladi, topshiriqlarni hamguruhlari bilan puxta o’zlashtirishga, o’rtoqlariga hamkor bo’lib, o’zaro yordam uyushtirishga va nihoyat sitqidildan aqliy mehnat bilan shug’ullanishiga zamin tayyorlaydi.
Hamkorlikda o’qitish metodining mohiyat mazmunini yuqorida qayd etilgan fikrlardan tashqari komanda (jamoa) hamkorligi asosida topshiriqlarni yechish jarayonlarini vaqt bo’yicha bosqichma – bosqich (g’oyalarni inertsiyalar, muhimlarini ajratish, loyihalash qayta ishlab chiqish) va amalga oshirish g’oyasi yetadi.
SHu o’rinda shuni alohida qayd etib o’tish joizki, hamkorlikda o’qitishda o’quv ma’lumotlarini o’zlashtirish samaradorligi boshqa o’qitish metodlariga nisbatan yuqori bo’ladi. Buni Buyuk Britaniyaning Starklayu universiteti qoshida xalqaro loyihalar markazining direktori, «Xalq ta’limi vazirligi va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga O’zbekiston ta’lim tizimini islohotiga ko’maklashish» loyihasining xalqaro eksperti YAn Smit ham Buyuk Britaniya, Pokiston, Botsvaniyada olib borgan tajribalariga asoslanib 8 aprel 1999 yilda Respublikada o’tkazilgan xalqaro anjumanda «Ilg’or pedagogik texnologiyalar» mavzusida qilgan ma’ruzasida ham qayd qilib o’tdi. Uning qayd etishicha hamkorlikda o’qitish, ya’ni o’quvchi – talabalarning bir – birini o’qitishda samaradorlik mutlaqo oshgan. Buni quyidagi jadvalda yaqqol ko’rish mumkin.
O’qitish metodlari
|
Natija (% hisobida)
|
Ma’ruzalarda
O’qishda
Munozarada
Amaliy mashg’ulotda
Talabalar bir-birini o’qitganda
|
5
10
50
75
90
|
Jadvaldan shu narsa e’tiborga tushadiki, talabalar o’zaro hamkorlikda bir-birini o’qitsalar natija unumli bo’ladi. Hamkorlikda birga o’qiymiz (Minnasot universiteti) Devid Jonson, Rojer Jonsonlarning fikriga ko’ra sinf (guruh) 3-5 kishini tashkil etgan kishidan tashkil topgan kichik guruhchalarga bo’linadilar va guruh a’zolari bir mavzuni o’rganadilar. Komanda a’zolari o’quv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir o’quvchi mavzu bo’yicha nazarda tutilgan bilim, ko’nikma malakalarni o’zlashtirishga harakat qiladilar.
Bunda o’quvchilarga ko’rsatma berilmaydi, ular topshiriq mazmunidan kelib chiqib bir-biriga yordamlashish asosida topshiriqni hal etadilar. Buning uchun o’qituvchi komandada o’qitish metodidan foydalanish uchun, avvalo, mavzuni aniqlaydi va komanda uchun topshiriqlarni bajarsa kifoya. SHuningdek, o’qituvchi komandalar uchun o’quv topshiriqlarini mavzu bo’yicha o’quvchi (talabalar) ning o’zlashtirgan bilimlarini aniqlash maqsadida test savollarini ishlab chiqadi va mashg’ulotni o’tkazishni loyihalashtiradi.
Bugungi kunda jahon pedagogika fani nazariyasi va amaliyotida Hamkorlikda o’qitish metodining bir necha metodlari ishlab chiqilgan. Metod – bu o’rgatuvchi (ta’lim beruvchi) va o’rganuvchi (ta’lim oluvchi)ning aniq bir vaqt va vaziyatda birgalikdagi faoliyatining tashkiliy tomoni.
Komandada o’qitish metodi. O’qitishning bu metodi J.Xopkins universitetida ishlab chiqilgan. Mazkur metodning mohiyati shundan iboratki, komandaning har bir a’zosi oldida biror – bir masalani birgalikda bajarish emas, balki bir-bir narsani birga bilib olish vazifasi turadi. Komandaning muvaffaqiyati komanda har bir a’zosining, muvaffaqiyati har bir a’zoning muvaffaqiyati esa butun komandaning muvaffaqiyati deb tan olinadi.
Quyida biz komandada o’qitishning loyihalashtirilgan dars ishlanmasini namuna sifatida keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |