Pedagogika va psixologiya kafedrasi bolalar pedagogika fanidan


BOB. INGLIZ TILIDA DOSTONDAGI YETAKCHI OBRAZLARNING QIYOSIY TAHLILI



Download 51,14 Kb.
bet4/6
Sana13.07.2022
Hajmi51,14 Kb.
#789299
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
A.Zuhra kurs ishi

BOB. INGLIZ TILIDA DOSTONDAGI YETAKCHI OBRAZLARNING QIYOSIY TAHLILI


2.1. Kuntuģmish dostonining syujeti, tarixiy ildizlari
XX asming 50-yillarida xalq dostonlariga, shu jumladan, “Alpomish” dostoniga ham bu asarlar mehnatkash xalq manfaatini emas, balki yuqori tabaqalar manfaatini aks ettiradi, shuning uchun ulami ommalashtirish zararlidir, degan mafkuraviy ayblar qoʻyildi. Lekin bir qator olimlar bu ayblovlaming xato ekanligini, mazkur dostonlar xalq badiiy tafakkuri, dunyoqarashi, turmush tarzi, boy tilini aks ettimvchi bebaho xazina ekanligini isbotlab berishdi va shu tariqa adabiy-milliy merosimizning muhim qismini gʻoyaviy tazyiqlardan asrab qolishdi. Dostonchilik anʼanasi hozirgi kunda ham mavjud. Biroq endi kuylash, ijro, tinglovchilar bilan muloqot tarzining zamonaviylik kasb etayotganligini koʻramiz. Dostonchilik fan va texnika asrida birmuncha oʻzgarishlarga uchradi. Bugungi kun baxshilari oʻz asarlarini konsert zallarida, katta-katta anjumanlarda, televideniyeda ijro etmoqdalar. Yurtimizda dostonchilikni rivojlantirishga va uning ijrochilari baxshilar faoliyatini ragʻbatlantirishga katta eʼtibor berilmoqda. 2000-yilda “Alpomish” dostonining ming yilligini jahon miqyosida nishonlanishi va hatto “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan xalq baxshisi” unvonining taʼsis etilishi (2000-yil 14-mart) buning isbotidir.
Qadrli oʻquvchilar, Siz 7-sinf adabiyot darslaridan oʻzbek xalq dostonlari, ulaming goʻzal namunalari boʻlmish “Goʻroʻgʻli”, “Alpomish”, “Ravshan” dostonlari haqida tasawurga ega boʻlgansiz. 8-sinfda esa yana bir ajoyib asar “Kuntugʻmish” dostoni bilan tanishasiz. Ushbu doston oʻzining qiziqarli voqealarga boyligi, oʻynoqi, ravon tili, nafisligi bilan oʻquvchi va tinglovchini lol qoldiradi. Dostonning yozib olingan va ijro etilgan variantlari juda koʻp. Darhaqiqat, “Kuntugʻmish” dostoni oʻzbek xalq dostonlari orasida gʻoyaviy-badiiy jihatdan yetuk asarlardan biridir. Uning xilma-xil koʻrinishdagi variantlari koʻpligining boisi shundaki, ilgari baxshilaming isteʼdodiga, ushbu dostonni qanday aytishiga qarab baho berilgan, natijada barcha baxshilarimiz “Kuntugʻmish” dostonini toʻla oʻzlashtirishga intilganlar. Dostonning Ergash Jumanbulbul oʻgʻli, Bekmurod Joʻraboy oʻgʻli, Nurmon Abduvoy oʻgʻli, Egamberdi Ollamuroddan yozib olingan variantlari mavjud.
Qoʻlingizdagi darslikda esa mashhur baxshi bobomiz Ergash Jumanbulbul oʻgʻlidan yozib olingan nusxasi keltirilgan. Dostonning qisqacha mazmuni quyidagicha: Noʻgʻay yurtida Avliyoyi Qoraxon ismli, Qilichxon laqabli podsho boʻlib, Kuntugʻmish uning yolgʻiz oʻgʻli boʻladi. Kuntugʻmish oʻn toʻrt yoshga toʻlguncha ilm-hunar oʻrganadi, kasb-kamolot hosil qiladi. Oʻn toʻrt yoshdan keyin esa qilichbozlik, miltiq otish, nayzabozlik, koʻpkari chopish kabi sipohilik hunarlarini oʻrganadi, xullas, har tomonlama komil shahzoda boʻlib yetishadi. Shahri Zangar degan shahaming Buvraxon degan podshosi boʻlib, uning Shoir va Tohir ismli vazirlari bor edi. Vazirlar bir-birlari bilan juda inoq edilar, ular: “Bizlarga farzand bersa, oʻgʻil boʻlsa qoʻlqanot boʻlsin, qiz boʻlsa doʻst boʻlsin”, deya niyat qilar edilar. Kunlardan bir kuni Shoir vazirning xotini qiz koʻradi. Tohir vazir oilasida oʻgʻil tugʻiladi.
Qizning otini Xolbeka, oʻgʻilning otini Xolmoʻmin qoʻyishadi. Lekin Xolmoʻminning onasi toʻsatdan vafot etadi, oʻgʻil goʻdakni Xolbekaning onasi emizishga majbur boʻladi, natijada ular “shirxoʻra” (bir onani emgan) boʻlib, “nikoh yurmaydigan” boʻlib qoladilar. Xolbeka oʻn toʻrt yoshga yetgach, uning husni kamoli ovozasi olamga yoyiladi. U goʻzal, ayni paytda aqlli, nard oʻyiniga mohir qiz boʻlib yetishadi. Unga barcha mamlakatlardan sovchilar kela boshlaydi. Xolbeka sovchilarga: “Har kim meni olaman deb kelsa, oldiga nard oʻyinini qoʻyaman, oʻynayman, utsa[1] tegaman, utdirsa[2] soʻyaman”, deb shart qoʻyadi. Hatto shahar podshosi Buvraxonga ham shu javobni aytadi. Podsho gʻazablanib, shaharga Xolbeka deb kelgan odamni tutib qatl qildirishga farmon beradi, shunday qilsam toʻrt-besh yildan keyin menga tegishga majbur boʻladi, deb oʻylaydi.
Xolbeka va Kuntugʻmish tush koʻradilar, ular tushlarida birbirlarining qoʻliga uzuk taqishib, uylangan emishlar. Shundan soʻng Xolbeka bir mohir suratkashga oʻz rasmini chizdiradi va uni sandiqqa solib, Noʻgʻay yurtiga oqizib yuboradi. Sandiq oqib borib daryo sohilida ov qilib yurgan Kuntugʻmish qoʻliga tushadi. Kuntugʻmish Xolbeka visoliga yetish uchun Zangar yurtiga otlanadi, bu yurtga kelib Xolbeka bilan topishadi, soʻng koʻp sarguzashtlami boshidan kechiradi: Buvraxon qoʻliga tushib, oʻlimga hukm qilinadi, dahshatli ajdami oʻldiradi, xiyonatkor Azbarxoʻja tufayli xotini, egizak oʻgʻillaridan vaqtincha judo boʻladi. Doston soʻngida xotini, farzandlari Gurkiboy va Mohiboy, otasi Qoraxon bilan topishadi. Dostonning bosh qahramoni Kuntugʻmish yolgʻiz, erka oʻgʻil boʻlishiga qaramasdan, aqlli, bilimli, jasoratli, elga gʻamxoʻr, xotini, bolalariga mehribon, vafodor yigit. Kuntugʻmish va Xolbeka bir moʻjiza bilan Buvraxon jazosidan omon qobb, sahroda och, tashna qolishganda hayotdan umidini uzgan yori Xolbekaning “Meni tashlab ketaver, yoʻqsa oʻzing ham halok boʻlasan”, degan iltijosiga “Bir gʻayrat qil, yoʻlimiz yaqin qoldi”, deb dalda beradi, unga vafodorligini quyidagicha bayon qiladi:

Poʻlat nayza qor ostida yotarmi,


Temir nayzang egovlasang oʻtarmi,
Sening toʻrang nomardlardan emasdir,
Mard oʻgʻlon sevdigin tashlab ketarmi?..
Kuntugʻmish oʻz maqsadiga sodiq, har qanday sharoitda tushkunlikka tushmaydigan inson. U nomsiz, poyonsiz togʻ darasidan vataniga boradigan yoʻlni rosa izlaydi, bu orada egizak farzandli boʻladi, ular uch yoshga toʻlganda ham biror bir el daragini topolmaydi. Xullas, Kuntugʻmish feT-atvorida siz havas qiladigan, ergashadigan insoniy sifatlar juda koʻp. Dostonni sinchiklab mutolaa qilsangiz, bunga oʻzingiz amin boʻlasiz. Xolbeka siymosi ham dostonda baxshi bobomiz tomonidan alohida mehr, iliqlik bilan tasvirlangan. U oʻz soʻzida turadigan, barcha hunarlarga mohir qiz. Oʻzi qanchalik bir ishga mohir boʻlsa, boʻlajak jufti halolidan ham shuni talab qiladi. Shu maʼnoda Xolbeka oʻz xulqi va fazilatlari bilan har jihatdan Kuntugʻmishga teng va munosib boʻlgan inson. U haqiqiy muhabbatni tan oladi va unga ishonadi, eʼtibor bering: u oʻz suratini chizdirib, Kuntugʻmish yurtiga yuborar ekan, agar “shu koʻrgan tushim rahmoniy boʻlsa, oshiq-maʼshuqlik awaldan pok boʻlsa, Xudoyo xudovando shu sandigʻim senga omonat, toʻradan boshqasiga tegmasin”, deydi.
Xolbeka hamiyatli, gʻururi baland qiz. Garchi u Kuntugʻmishni tushida sevib qolgan, uchrashganda esa yigitni koʻrib biroz muddat ixtiyorini yoʻqotgan boʻlsa-da, uning husniga talabgor barcha shoh-u shahzodalarga bergan vaʼdasi, yaʼni faqat nard oʻyinida gʻolib chiqqanga tegaman degan fikridan qaytmaydi. Kuntugʻmish men uchun mashaqqat chekib kelibdi, deb unga tegib ketavermaydi, oʻzi koʻngil qoʻygan yigitning el-yurt oldida ham yuzi yorugʻ boʻlishini istaydi. Dostonda Kuntugʻmishning oʻgʻillari Gurkiboy va Mohiboy xarakterlari ham chiroyli va taʼsirchan tasvirlangan. Gurkiboy bosiq, vazmin, aql bilan ish koʻradigan bola boʻlsa, Mohiboy biroz shaddod, biroz quv yigit. Biroq ikki aka-uka bir-birlariga mehribon, ota-onalariga fidoyi yigitlar. Ular mehnatsevarlik va aql bilan ish koʻrganlari uchun boshlariga tushgan qiyinchiliklami yengadilar. Asarda Azbarxoʻja, Buvraxon, Zamonqul, Xolmoʻmin kabi qahramonlar qiyofasi oʻziga xos tarzda yoritilgan. Azbarxoʻja dastlab Kuntugʻmish bilan doʻstlashadi, soʻng oʻz manfaatini deb unga xiyonat qiladi. Buvraxon oʻziga bino qoʻygan, qahri qattiq podsho, biroq uning koʻngilchan ekanligini ham koʻramiz. Buvraxon awal Kuntugʻmish va Xolbekani oʻlimga mahkum etadi, keyinroq Azbarxoʻja xiyonati tufayli mashaqqatlarga duch kelishganini eshitib, ulami afv etadi. Azbarxoʻjani jazolaydi. Dostondagi Qosim, Xolmoʻmin, Mullavachcha, Zamonqul va boshqa obrazlar ham asarda oʻz oʻmiga ega, ularsiz Kuntugʻmish va Xolbeka taqdirini toʻlaqonli tasawur qilish qiyin. “Kuntugʻmish” dostoni badiiy jihatdan nihoyatda yetuk asar. U yaxlit kompozitsiyaga ega, asarda kishini asosiy voqealardan chalgʻitadigan oʻrinlar uchramaydi, aksincha, har bir voqea, har bir epizod dostonni toʻldiradi. Doston xalq ogʻzaki ijodidagi barcha sheʼriy qoidalar va uslublami oʻzida jamlagan asardir. Unda xalq dostonlarida boʻlganidek, voqealar, sarguzashtlar, asosan, nasriy bayon etiladi, qahramonlar tavsifi, mhiy kechinmalari sheʼriy yoʻl bilan ifodalanadi. Doston tili esa nihoyatda yengil va ravon. Unda rang-barang badiiy til vositalaridan unumli foydalanilgan, ayniqsa, hikmatli soʻzlar darajasiga koʻtarilgan ayrim baytlar hech kimni eʼtiborsiz qoldirmaydi:
“Gʻaribning koʻnglini ovlamoq savob”, “Qilichdan seskanmas botiming tani”, “Gavhami ne bilsin ushalgan sopol”, “Zaming qadrini zargar bilar har yerda”, “Kamlikning kamoli bordir, Man-manning zavoli bordir…”, “Yaxshilaming yuzin koʻrsang jannatdir, Yomon odam qilgan ishi minnatdir”, “Oʻzingdan kattani uchratsang pir bil, Oʻzingni er bilsang, birovni sher bil” va hokazo. Shuningdek, asarda oʻrni bilan ishlatilgan oʻxshatish, mubolagʻa, kinoya kabi badiiy unsurlar dostonning badiiy qimmatini oshiradi, qahramonlar qiyofasini yaxshiroq tasavvur qilishga yordam beradi. O’zbek dostonchliligi ijro usuliga ko’ra xilma xil ko’rinishga ega ekanini ko’rib chiqdik. Taniqli olimlar V.M Jirmuniskiy, H.T Zafarov, M.Saidov, T. Mirzayev, B.Sarimsoqovning o’rganishi natijasida dostonlar mazmunan ham maqol, ertak, qo’shiq ham singari turlarga bo’linadi. Olimlarimiz tasniflarida farqlar borligini qayd qolgan holda, umuman, dostonlar mazmunan quyidagi turlarga bo’linadi:
Qahramonlik dostonlari (“Alpomish”)
2. Ishqiy romantik (“Ravshan”)
jangnoma dostonlari (Yakka Ahmad)
Kitobiy dostonlar (“Oshiq G’arib va Shohsanam”, “Syyod va Hamro”)
Tarixuy dostonlar (“Oysuluv”).
Yuqoridagi tavsifning asosini dostonda tasvirlabgan voqealarning mohiyatini belgilaydi. Avvalo, sevgi-muhabbat, qahramonlik, sarguzasht, ang lavhalari ishtirok etmaga dostonlarning o’zi yo’q. Qaysi dostonni eshitmang yoki yoki o’qimang, albatta, asar qahramonining mardligi, jasorato blan hurmatimizni qozonadi.
Albatta u kimnidir sevadi va uzoq safarga otlanadi. Ammo, shunga qaramay, asarning umumiy mazmuni zamiraida muayyan mavzu yashiringan bo’ladi. Masalan, “Alpomish” dostonini olaylik. Doston farzandsizlik motivi bilan boshlanadi. Lekin aynan shu motiv “Kuntug’mish”, “Oshiq G`arib va Shohsanam”, “Tohir va Zuhra” dostonlari ham bor. “Alpomish”da Hakimbek qalmoq yurtiga ko’chib borgan. Barchinni olish uchun safarga otlanadi. Safar motivi “Kuntug’mish”dostonida ham bor. “Nigor va Zamon” dostonidagi safar ma’shuqani olib kelishga bag’ishlanmagan bo’lsada, Hasan podshoning Nigor qizini uzatishiga roziligida G’irotni olib kelish sharti bilan bo’g’lanadi. Demak, safar ham dostonlarda ko’p uchraydi. Ammo, “Alpomish” dostonida Barchinga uyg’onish maqsadida Hakimbek ysafarda yetakchi tuyilgani bilan, asosiy masala Boysari bosh bo’lgan va Qo’ng’irotdan ko’chgan aholini o’z yurtiga qaytarishdan iborat bo’lgan. Bu yurtni birlashtirish, yurt mustaqilligini ta’minlashdan iborat qahramonlik eposining asosiy belgilridan hisoblanadi. Shuning uchun olimlar dostondagi muhabbat, jang, safar motivlarini inkor qilmagan holda, “Alpomish”ni qahramonlik asari sifatida e’tirof etishgan. Keyingi paytlarda “Malika Ayyor”, “Chambil qamali” kabi dostonlarda qahramonlik motivi yetkchi ekanligi ko’rsatilayotgan ilmiy asarlar ham borligini ta’kidlash lozim.Shuningdek, “Ravshan” dostonida ham jang lavhalari bor. Ravshan bir lavhada sevgi deb vatanidan kechadigan nomardlardan emasligini aytadi va madligini dalillaydi.
Xalqimiz baxshilari repertuaridagi dostonlarning salmoqli qismi sevgi-romantik turga mansubdir. “Roman” so’zi fransuz tilidan olingan bo’lib, eposning bir turi ma’nosini bildiradi. Keynchalik badiiy adabiyotda roman janr sifatida ajralib chiqadi. Endi sevgi-sarguzasht voqealari, yetakchi asarlar bu nom bilan ataladi. Ularda voqea tuguni oshiqning ma’shuqa haqida habar topishidan boshlanadi. Keyinchalik qahramon ishqiy sarguzashtlarga boy safarga otlanadi. Masalan, Islom shoir ijrosidagi “Nigor va Zamon” dostonida yigit va qiz bir-biriga ko’ngil qo’yadi. Ammo qizning otasi unga shart qo’yadi. Tur jihatdan dostonni romantik deb atash mumkin. Ammo asosiy yo’nalish ko’proq safar sarguzashtlaridan iboratdi. Jangnoma dostonlarda jang lavhalari tasviri vositalarida qaratiladi. Baxshilar bunday dostonlarni nisbatan kam ijo etadilar. “Yusuf bilan Ahmad”, “alibek bilan Bolibek”, “Qirq ming” kabi epos namunalari shular jumlasidandir. Xalq kitoblari. XVIII asr oxiri XIX asrda yozma va og’zaki adabiyotlar paydo bola boshladi. Ularda xalq og’zaki ijodidagi cheklanmagan tasvirlar va yozma adabiyotdagi individual tasvir uyg’unlashgan edi. Yozma adabiyot vakillari tomonidan yaratilgan dostonlardagi qiziqarli va ibratli voqealar bilan tanishgan baxshilar ularga suyangan holda o’z variantlarini yaratadilar. Shu bois xalq kitoblari ko’proq folklorshunoslik tomonidan taxlil etiladi. “Oshiq G’arib va Shohsanam”, “Sayyod va Hamro”, “Vomiq va Uzro” dostonlari shular jumlasidandir.
Xorazm dostonchiligi, asosan, xalq kitoblarini yoddan ijro qilish zaminida shakllanadi. Xalq og’zaki ijodidagi biron asarning yoki lug’at boyligimizdagi so’zning qadimiyligini aniqlash uchun uni yondosh xalqlar ijodida yoki o’sha millat tilida mavjudligini o’rganish yaxshi natija beradi. Bu jihatdan “Alpomish” dostoni mazmuniga oid asosiy voqealar oltoy , tatar , boshqird, qozoq, qoraqalpoq va boshqa turkiy xalqlarda ertak, rivoyat , doston shaklida mavjud ekani asar nihoyatda qadim zamonlarda yaratilganini dalillaydi. Professor To’ra Mirzayev doston variantlari yuzasidan olib borgan tadqiqotlarida uning “Alpomish”, ”Alpamis” , “Alpamis botir”, ”Alip - manash”, ”Alpamsha” , “Alpamisha va Barsin xiluv” kabi nomlarda atalishini qayd etadi . Hatto “Dada Qo’rqut kitobi “ ning uchinchi bo’y (doston)i “Bamsi Bayrak” o’zining sujet voqealari jihatdan “Alpomish” ga yaqin turishini ta’kidlaydi . Olimlarning ma’lumot berishiga qaraganda , XIX asr oxirida Ye. F. Kal o’zbek- qo’ng’irot urug’i aynli aymog’iga mansub baxshi Omonnazardan dutor jo’rligida doston tinglagani va bu doston “Alpomish” dostoni bo’lishi kerakligi haqida ma’lumotlar ham bor . Shunday qilib , “Alpomish” dostoni o’zbek qahramonlik eposining eng qadimgi va mukammal namunasi ekaniga ishonch hosil qilamiz. O’zbek folklorshunosligida uning o’nlab variantlari to’liq va parcha holida yozib olingan .
Qadimgi an’analar asosida doston kuylagan Jasoq baxshi , Yo’ldosh baxshi , Jumanbulbul , Ernazar baxshilar o’z tajribalarini Ergash Jumanbulbul o’g’li , Fozil Yo’ldosh o’g’li , Islom shoir , Po’lkan , Abdulla shoir, Nurman Abduvoy o’g’liga meros qilib qoldirganlar . “Alpomish” bu bebaho merosning noyob va betakror mo’jizasi bo’lib shuhrat topdi . 1928-yilda Mahmud Zarifov ustoz Hodi Zarif rahbarligida Fozil Yo’ldosh o’g’lidan ikki oy davomida “Alppomish” ning to’liq matnini yozib oldi . Bugungi kunda dostonning Bekmurod Jo’raboy o’g’li , Xushboq Mardonaqul o’g’li , Berdi baxshi (Berdiyor Pirimqul o’g’li ) , Saidmurod Panoh o’g’li , Po’lkan va Ergash Jumanbulbul o’g’li variantlari nashr etilgan . Fozil Yo’ldosh o’g’li aytgan doston esa bir necha marta ustoz H.Zarifov va T.Mirzayev nashrga tayyorlagan shaklda e’lon qilindi . Aytish mumkinki , agar baxshilar mahoratini belgilashda “Alpomish” dostonini ijro eta olish yozilmagan qoidalardan muhimi hisoblansa , folklorshunoslikda bu doston haqida maqola yozish yoki kitob e’lon qilish har qanday o’zbek olimi havas qilgan voqea belgisidir .
Shuning uchun o’zbek xalq og’zaki ijodini o’rgangan , ilm rivojiga munosib hissa qo’shgan olimlar H.Zarifov, G’ozi Olim Yunusov, M.Afzalov, M.Alaviya, Z.Husainova, M.Saidov, B.Sarimsoqov bugungi kunda esa T.Mirzayev, M.Jo’rayev, Sh.Turdimov, J.Eshonqul kabi mutaxassislar mazkur doston tahliliga bag’ishlangan maqolalari, tadqiqotlari, asarni nashrga tayyorlashdagi ishtiroklari bilan folklorshunoslik ilmimizni boyitdilar . Ayni paytda H.Olimjon, M.Shayxzodalarning doston yuzasidan bildirgan mulohazalari hali o’z qimmatini yo’qotmagan . “Alpomish” dostoni haqida mazkur qo’llanmadagi fikrlar Fozil Yo’ldosh o’g’li variantiga asoslanishini qayd etish ham maqsadga muvofiqdir . Umuman olganda, “Alpomish” dostoni deyarli hamma epos bilan shug’ullanuvchi olimlarning e’tiborini o’ziga jalb qilgan ekan, asar o’ta murakkab bo’lgani sababli bildirilgan mulohazalarda ham turli yondashishlar , munozarali tahlillarning mavjudligi ham tabiiydir . 1952-yilda “Zvezda Vostoka” jurnalining 2-sonida A.Abdunabiyev va A.Stepanovning “Xalqchilik bayrog’i ostida” maqolalari e’lon qilingan. Bu maqola avvalroq “Pravda Vostoka”, “Literaturnaya gazeta” sahifalarida ham chop etilgan edi. Mazkur maqolada mualliflar sobiq sho’ro tuzumidagi siyosiy hukmiga asoslanib, avvalo xo’jako’rsinga folklorshunos olimlarning yaqin qirq yillik xizmatini shunchaki maqtaydilar va birdan ularni mafkuraviy ongsizlikda ayblashga o’tadilar . Ular folklorshunos ustozlarimizning eng katta xatosi sifatida “Alpomish” ga bo’lgan munosabatini olishadi . “Xalqqa qarshi asarlardan biri “qahramonlik eposi” namunasi deb atalmish “Alp[mish” dir” ,- deyiladi maqolada.
Shundan keyin M.Afzalov, M.Shayhzoda , V.Jirmunskiy , H.Zarifov, H.Olimjon kabi haqiqiy olimlar asossiz tanqid qilinadi . Bu tanqiddan “Alpomish” muzikali dramasini yozgan Sobir Abdulla ham bebahra qolmaydi . “Tanqidchilar” dostondagi Hakimbek va Qorajon, Boybo’ri va Boysari munosabatlarini,Kayqubodning Qalmoq yurtiga podshoh bo’lishi voealarini , xalq og’zaki ijodidagi o’ziga xos xususiyatlarni , tasvir uslublarini, hayotni ko’rsatishdagi yo’nalishlarni mutlaqo tushunmagan, aslida, tushunishni istamagan holda xulosalar chiqaradilar . Masalan , epos qahramonining an’anaviy hisoblangan “Dunyoni kezay , dushmanni jazolay” – gapi “Qalmoq yurtini bosib olay”, - deb tushuniladi. Vaholanki , dostonlarda dunyoni kezish va raqibni mag’lub etish tushunchasi asar qahramonining biron yurtni bosib olish niyatida ekaniga mutlaqo mos kelmaydi . Qorajonning Alpomishga ko’rsatgan yordami mualliflar tomonidan “qulning egasi xizmatini bajarish” deb baholanadi.
Alohida ta’kidlash lozimki , maqolani yozgan “olimlar” “Alpomish” ni xalq dushmani deb e’lon qilish bilan uzoq muddatli rejalarini amalga oshirishni boshlagan edilar. Keyingi navbatda “Avazxon”, “Zulfizar”, “Ravshan” , “Rustami doston” dek asarlar turganini ham ochiq aytib o’tishadi . A.Abdunabiyev va A.Stepanovlarning xalq og’zaki ijodining tabiatini tushunmagan holda maqola yozishga kirishganlarini To’ra Mirzayev shunday bayon etadi : “Shuni ochiq-oydin aytish kerakki, A.Abdunabiyev va A.Stepanovlar “Alpomish” dostoni haqida maxsus tadqiqotlar olib bormaganlar , xalq orasida biror band qo’shiq yoki bitta maqolni ham yozib olmaganlar .
Xabardor kishilarning ma’lumotiga qaraganda , ular dostonning arxivdagi biror variant qo’lyozmasini o’qib ham chiqmaganlar , faqat Fozil shoir variantining ruscha tarjimasi asosida qoralab yozganlar , xolos” Adabiy hayotda kimdir maqola yozadi , kimdir kitob nashr qiladi . Adabiyotda ana shu maqola yoki kitobga javob qaytargan ikkinchi olim ham bo’ladi . Natijada ilm rivojlanadi . Ammo “Xalqchillik bayrog’i ostida” oddiy maqolalardan emas edi . Avvalo, o’sha paytda Said Ahmad , Hamid Sulaymon , Shuhrat , Maqsud Shayxzoda , Shukrullo kabi shoir , yozuvchi, olimlar taqdirida ozodlikdan mahrum bo’lishdek mudhish voqealar ro’y berayotgan edi . Siyosiy hujum ishtirokchilari endi “Alpomish”ni qoralash bilan g’azab mo’ljalini xalqqa qaratmoqchi edilar . Bu maqsadga erishtilar ham . Vaziyatning ketishidan cho’chigan ayrim olimlar daryo oqimiga qarshi bora olmadilar . “Alpomish”ni xalqqa qarshi bosqinchilik g’oyasi aks etgan doston darajasiga yetkazishdi Ana shunday paytda , akademik Aziz Qayumovning xotirasida aytilishicha , juda chuqur mulohaza yuritib muammoning yechimini topish talab qilingan va bu yechimni G’afur G’ulom topishga muyassar bo’lgan . Oybek va Gafur G’ulom davlat odamlariga “Alpomiish”ning faqat Fozil Yo’ldosh o’g’li variantiga asoslanib hukm chiqarish to’g’ri emasligini bahona qilishib vaqtdan yutishga erishishgan . Ko’p o’tmay vaziyat o’zgargan va “Alpomish” (qisqar- tirilgan shaklda bo’lsa ham) xalqqa qaratilgan .
1956-yilning sentyabr oyida o’zbek olimlarining sa’y-harakat lari bilan “Alpomish” dostoni haqida hududiy kengash o’tkazilgan. Kengash natijasi o’laroq “Alpomish” eposi haqida”deb nomlangan maqolalar to’plami nashr ettirildi . To’plamda H.T.Zaripov, V.M.Jirmunskiy, A.K.Borovkov, Sh.M. Abdullayeva , H.S.Sulaymonov, M.Shayxzoda, M.Afzalov va boshqa olimlar bir ovozdan “Alpomish”ni himoya qilib chiqdilar va “Zvezda Vostoka” jurnali maqolasidagi qoralovning asossiz ekanligini isbotladilar. Afsus, bu olimlar erishgan g’alabani Fozil Yo’ldosh o’g’li ko’rishga muyassar bo’lmadi. Ammo, eng muhimi , go’zal doston ustidagi qora bulut tarqaldi , “Alpomish” ozodlikka chiqdi .Alpomish” dostoni haqidagi keying munozarali fikrlar endi ilmiy ahamiyatga ega bo’ldi .
Dostondagi “zakot” voqeasi doston- ning qahramonlik eposi sifatida o’zbek xalqining xalq bo’lib shakllanishidagi ahamiyati , asardagi Alpomishning ikki safari , dostonning yaratilish yuzasidan bildirilgan mulohazalar, variantlar o’rtasidagi o’xshashlik va tafovutlar bilan bog’liq munozarali qayd lar qahramonlik eposini o’rganish jarayonidagi tabiiy holat deb baholanishi mumkin . Bu o’rinda V.M.Jirmunskiy , M.Saidov , B.Sarimsoqov va boshqalar chiqishlari haqiqatning qaror topishidagi harakat deb baholansa , maqsadga muvoffiq bo’ladi . Prezidentimiz Islom Karimov : “Shu bois “Alpomish” dos- toni bizga vatanparvarlik fazilatlaridan saboq beradi . Odil va haq- go’y bo’lishga , o’z yurtimizni , oilamiz qo’rg’onini qo’riqlashga , do’st-u yorimizni , or-nomusimizni , ota-bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzdan himoya qilishga o’rgatadi “ , -degan edi . Bu fikrda dostonning mohiyati , g’oyasi , badiiyati , millatimiz tarixida tutgan o’rni mujassam rtilgan. 1999-yilda dostoning ming yillik to’yi katta tantanalar bilan nishonlandi va o’zbek xalqining ajdodlar yodini , qadriyatlar qadrini o’rniga qo’yib esga ola boshlaganini isbotlaydi .
Qabila , urug’ , elat tarixda alohida xalq sifatida shakllanar ekan , bu jaayon avvalo , qahramonlik eposi hisoblangan maxsus yirik , epik asada badiiy ifodasini topadi . Professor B.Sarimsoqov doston o’zbekning birlashuvi , mustaqil xalq bo’lib uyg’unlashuvida qanday muhim vazifani bajarganligi ta’riflab shunday deydi : “Dastlab qabla , so’ngra elat eposi sifatida vujudga kelgan “Alpomish” dostoni keyinchalik o’zbek xalqining qahramonlik eposi sifatida tan olindi “. Haqiqatan ham , doston mazmunida Amu yoqasida yashagan aholi tarixiga oid juda ko’p lavhalar aks etgan . Qahramonlarning o’zaro munosabatlari : ota-o’g’il ; ota-qiz ; ona-o’g’il ; ona-qiz ; aka-uka ; er-xotin ; yurtni boshqaruvchi el ; oilaviy burch farzand burchi el oldidagi burch vatan oldidagi burch va boshqa yo’nalishlarda moddama modda aniq tarzda ifodasini topgan . Natijada , doston shunchaki tinglovchining vaqtini o’tkazish uchun yaratilgan ermak emas , xalq qahramonlik eposiiga yuklatiladigan vazifani bajaruvchi asarligi ravshan bo’lib qoladi .
Avvalo , dostondagi mifik dunyoqarash elementlarini aniqlashga urinaylik . Hakimbek, Qaldirg’och , Barchinoyning tug’lishidagi ilohiy homiylik belgilarini eslang . Yoy , o’q , tush , qo’riq kabilar jonsiz narsa –predmentlarning homiyligi belgilari, ot , tuya, g'oz kabi hayvonlar totemizm tushunchalar ekani “Alpomish”ning juda qadimiy asar ekanini tasdiqlaydi . Hakimbek bobosi Alpinbiydan qolgan yoy yordamida Alpomish nomini oldi . Tarixchi olimlarning ma’lumotiga ko’ra , o’ta qadim zamonlarda farzandlarga ism qo’yish odati bo’lmagan ekan . Yoki biron qahramonlik ko’rsatguniga qadar uning ismi vaqtinchalik hisoblanar. Haqiqiy ismini esa yigit hammani qoyil qoldirib qahramonlik ko’rsatganida olgan . Hakimbek bo’lsa bor-yo’g’i yetti yoshida Asqar tog’I cho’qqilarini o’z o’qi bilan uchirib yuborishi munsabayi bilan “Alpomish” degan ismga ega bo’ldi . Alpomish ismi ikki qismdan iborat bo’lib , “Alp”- ulkan , “pomish”- bahodir , pahlavon ma’nosini bergan . Ikki qism qo’shilganda ulkan pahlavoon ma’nosida qo’llangan . Doston qahramonlarining aksariyati ismi muayyan ma’noni ifodalagan . Alpinbiy - ulkan + qabila boshlig’I ; Dobonbiy dovon qabila boshlig’i ; Boybo’ri katta bo’ri (ba’zi ma’lumotlarda oq bo’ri ) ; Boysari katta tepa yoki oq tepa ; Kuntug’mish kun (quyosh) tuqqan ; Hakimbek - dono , ilmli , aqlli ; Qaldirg’och inson va Tangri o’rtasidagi aloqachi qush ; Barchinoy yovvoyi o’rdak kabi ma’nolar bilann bog’lanadi “Alpomish” dostoni faqat ijro jihatidan emas , mazmun , g’aroyib tasodifiy voqealar tasviri , qahramonlar sarguzashtlari , hayotiy muammolarning qo’yilishi bilan ham murakkabdir .
Masalan , ilm tarixida bir ayolning bir nechta aka-ukalar bilan bitta oila bo’lib turmush qurishi poliandriya haqida ma’lumot- lar bor . Biz Fozil Yo’ldosh o’g’liniing bunday oila tizimi haqida ma’lumoti bor-yo’qligini bilmaymiz . Lekin ustozdan o’rganilgan matnga fidoyilik , ustoz fikrini ikki qilmaslik , ustoz gapini buzmaslik odati Fozil otani doston aytishda bir necha marta alp aka-ukalar nomidan Barchinga qarata : ” …yo birimizga teg , yo barimizga teg ” - deyishga majbur qigan . Insoniyat tarixidagi minglab yillar oldin o’tgan poliandriya oila tushunchasi , qan- day qilib , “Alpomish”da saqlanib qoldi . Yana qizig’I shundaki , na Boysari , na Barchin alp akaukalarning gaplariga ortiqcha asabiy munosabatda bo’lmaydilar , bu gapni oddiy maishiy hayot holati sifatida qabul qiladilar . Bunga o’xshagan hozirgi ijtimoiy hayot nuqtai nazaridan tushunish va atroflicha sharh berish o’ta qiyin voqea lavhalari dostonda juda ko’p . Olimlar ularga imkon darajada ilmiy izoh berishga harakat qilib kelmoq- dalar .
Dostonning tinglovchi e’tiborini o’ziga jalb etuvchi nuqtasi baxshi tomonidan hikoya qilinadigan dastlabki voqea- lar bayonidan boshlanadi . Shoir qadimgi o’n olti urug’ Qo’ng’i- rot elida Dobonbiy , Alpinbiy , Boybo’ri , Boysari biylar (urug’ boshliqlari) o’tganini hikoya qiladi . Demak , aka-uka Boybo’ri va Boysarigacha Boysun-Qo’ng’irot elatidagi hayot bir maromda favqulotda hodisalarsiz kachgan ekan . Ammo Boybo’ri va Boysariga kelganda , ular farzand ko’rmadilar . Mana shu holatning o’zi bizga “endi nimadir bo’ladi” degan xabarni berayot- gandek tuyiladi . Bundan keyingi hayotda muayyan o’zgarishlar bo’lishiga farzand yo’qligi bilan tayyorgarlik ko’rilmoqda. Chunki xalqimizda uzoq kutigan yoki Yaratgandan tilab-tilab olingan farzand hamisha favqulotda ro’y beradigan yangiliklardan xabar beruvchi omil sifatida baholanadi . Xalq bu farzandning dunyoga kelishi zarurligini asoslash uchun juda chiroyli badiiy vaziyatni o’ylab topgan : chupron to’yi mazkur holatning yechimiga aylanadi . Boybo’ri va Boysarini to’yda o’ta haqorat bilan kutib olishadi . Qashqadaryo , Surxondaryo va yana ko’p viloyat , hududlarda to’yga otda borgan mehmonning oti jilovini chavandozdan olib maxsus tayyorlangan joyga bog’lash va ulov oldiga beda tashlash odati bor .
Bu udum hozir ham saqlangan . Boybo’ri va Boysariga esa hech kim e’tibor qilmaydi . To’yda etakdan joy tegadi . Oshning qoldig’ini suzib berishadi . Bunday munosabatdan aka-uka ranjiydi . Ana shu paytda bir chapanitob boybachchaning gapi haddan oshib ketadi. U odam : “ Bu to’y o’g’illining o’g’lidan , qizlining qizidan qaytadi , sening nimangdan qaytadi ? “ deb ularning nafsoniyatiga tegadi . Aka-uka sakson tillani chupronga tashlab turadilar , lekin to’yda yeyilgan oshning qarzi faqat to’yda berilgan osh bilan uziladi . Buning uchun esa asosli sabab bo’lishi- yo o’g’ilga sunnat to’yi qilish , yo qiz uzatishda yurtga osh berib to’y xabarini qilish shart . Doston matnini o’qir ekanmiz , xalq og’zaki ijodidagi epik asarlarga xos xususiyatlardan biri farzandning yetishmovchiligi oxir pirovardida xursandchilik bilan yakunlanishiga guvoh bo’lamiz. Asarni yaratishdan nazarda tutilgan bosh maqsad farzand dunyoga kelganidan keyin boshlanadi . “Alpomish”da ham Boybo’ri o’g’il va qiz ko’rdi, Boysari qizli bo’ldi . Ana shu yangilikdan so’ng qahramonlik eposi o’z zimmasiga yuklatilgan ijtimoiy vazifani bajarishga kirishadi. Taniqli olimlar V.M.Jirmunskiy va H.T.Zarifov bu vazifani qabila urug’chilik munosabatlarini yemirilishi va mamlakatni boshqaruvchi davlat tizimini vujudga kelishi bilan bog’laydilar . Bu g’oya keyinchalik M.Saidov tomonidan rivojlantirildi . Olimning fikricha , mamlakatni boshqaruvchi davlatni vujudga keltirish g’oyasi jamiyat yoshlari Hakimbek , Qaldirg’och , Barchin tomonidan ilgari surildi . Hakimbek “zakot” tushunchasini o’ylab topdi . Uning otasiga aytgan zakoti ramziy ma’noni ifodalaydi . Uni islom dinidagi zakot deb qabul qilish to’g’ri emas . Uzoq o’tmishda soliq yig’uvchini zakotchi deb atash odati bo’lganligini hisobga olsak Alpomishning taklifi soliq ekanligi ravshanlashadi . Boysari nutqida bu ma’no aniqlangan . U akasining o’g’li borligini yuziga solganini akasiga zakot berguncha o’zga juz’ya berib yashagani ma’qul ekanini ta’kidlaydi .
Vaholanki , islomda zakotdan hech kim voz kechgan emas. Aksincha , har bir odam Allohning zakot berishga yetkazgani uchun shukur qilgan . Qolaversa , islomiy zakot iqtisodiy qiyinchilikdagi odamga beriladi . Dostonda esa Boybo’ri zakotni o’ziga berishni talab qilmoqda . Ustiga-ustak belgilangan zakot hajmi bitta uloqdan iborat. Ma’lum bo’ladiki , Boysari bor yo’g’i bittagina uloqni zakotchilarga topshirsa o’zining Boybo’ri hukmida ekanini tan oladi . Boysari esa bu holat ro’y berishini istamaydi . U o’zini Boybo’riga har tomonlama teng deb biladi . Yana bir vaziyatga e’tibor bering . Boysarini Qalmoq yurtiga ko’chishini Barchin ma’qullamaydi . Natijada, u Alpomishni qo’llaydi . Xullas , Alpomish tug’ulguniga qadar totuv yashayotgan el endilikda ikkiga bo’linadi . Endi Alpomish zimmasida bo’lingan aholini o’z harakati bilan birlashtirish vazifasi turadi . “Alpomish” ijodkorlari Boysaridagi o’jarlikni atayin bo’rttirib uning Qalmoqda qolishini asoslaydilar . Natijada , Alpomishning Qalmoqqa ikkinchi safari dalillanadi . Muhimi shundaki , Alpomishda Qalmoq podshosi To’ychixonning mamlakatini to’g’ridan-to’g’ri bosib olish niyati yo’q edi . To’ychixon Boysari chorvasini zo’rlik bilan tortib oldi va o’ziga podachi qilib zulm o’tkazdi . Boysari zulmga chiday olmay qiziga maktub yozisjga majbur bo’ldi6 .
Ikkinchidan , Alpomish ikkinchi safarida Surxayl qo’ygan tuzoqqa ilindi . Yetti yil zindon azobini boshdan kechirishga majbur bo’ldi . Endi Alpomish To’ychixonni jazolashga haqli edi . Doston ijodkoriga qoyil qolish kerakki , bosh qahramonning yeti yil zindonda yotishi davomida tinglovchini zeriktirmasdan ko’plab qiziqtiruvchi lavhalarni o’ylab topgan . Qadimgi zamonlarda biron yurt haqiqiy ma’noda mustaqil hisoblanishi uchun uning tasarrufida qaysidir mamlakat bo’lishi shart hisoblangan ekan . Bu masala mutlaqo bosqinchilik bilan bog’lanmagan . Go’ro’g’li turkumi dostonlarida Chambilga hujum qilgan podshohlar keyinchalik Go’ro’g’liga qaram bo’lganiga ko’p marta ishoch hosil qilganmiz . “ Alpomish “ da ham o’xshash holat ro’y beradi . Hakimbek Surxayl kampirni , To’ychixonni o’ldiradi , Kayqubodni Tavkaga uylantiradi , Qalmoq yurtida Kayqubod Alpomishni zindonga tashlash hiylasini o’ylab topadi , bu yerga o’z odamini podshoh qiladi . Ikkinchi safari ham g’alaba bilan yakunlanadi7 . Natijada , qadimgi tushunchalar asosida Boysun-Qo’ng’irot mustaqilligini ta’minlagan bo’ladi . Dono xalqimizning har bir tadbiriga ana shunday bir qarashda ko’zga ko’rinmaydigan yechimlar vositasida hayotiy muammolarni hal qilish mahoratiga qoyil qolish kerak .
“Alpomish” dostoni badiiy tasvir vositalari : mubolag’a , o’xshatish , sifatlashlarga juda boy . Masalan : “ Hakimbek yeti yoshga kirgan . Alpinbiy bobosidan qolgan o’ o’n to’rt botmon birinchdan bo’lgan parli yoyi bor edi . Ana shunday yeti yashar bola Hakimbek shul o’n to’rt botmon yoyni qo’liga ushlab ko’tarib tortdi , tortib qo’yib yubordi . Yoyning o’qi yashindek bo’lib ketdi , Asqar tog’ining katta cho’qqilarini yulib o’tdi , ovozasi olamga ketdi “ . Lug’atlarda og’irlik o’lchovi “botmon “ O’rta Osiyoda 2 puddan 16 pudgacha vaznga ega ekani ko’rsatilgan . Agar 1 pud 16 kilogrammga teng bo’lsa , 14 botmon eng kichik hisobda 224 kilogramm bo’ladi . 7 yoshli Hakimbekni bronzadan quyilgan [ birinchidan bo’lgan ] shu qadar og’ir yoyni ko’tara olishi , unga mos o’q joylashi va o’qni otib , katta tog’ning cho’qqisini uchirib yuborishi tinglovchilarda hayrat uyg’otadi . Ammo tinglovchi bu voqeaning sodir bo’lganiga shibha qilmaydi . Chunki Hakimbekni dunyoga kelishini avliyolar qo’llashgan . Shohimardon pirining o’zi qalandar qiyofasida kelib , Hakimbek deb ism qo’ygan . Mubolag’ali o’rinlar alplar gavdalari , Barchin , Qaldirg’och go’zalligi tasvirida , botirlarning kurashlarida , ot poygasida juda o’rinli yaratilgan . Dostonda ajoyib o’xshatishlar bor:
Dostonda :
Davlat qo’nsa bir chivinning boshiga ,
Semurg’ qushlar salom berar qoshiga .
Ot chopsa gumburlar tog’ning darasi
Urushda bilinar mardning sarasi-
kabi hikmatli so’zlar tez-tez uchraydi . Ma’lum bo’ladiki , “Alpomish” dostonining o’ta qiziqarli voqealardan tashkil topgan mazmuni so’z san’atining go’zal badiiy vositalari bilan bezatilgan holda tinglovchiga taqdim etilgan . Shuning uchun ham doston asrlar osha xalqimiz tomonidan sevib tinglanmoqda va o’qib kelinmoqda .
Dunyodagi ayrim xalqlarda o'zining tarixiga oid yirik hajmdagi katta muhim voqea bayon etiladigan janrlar bor. Biz o'zbeklarda bu janr «doston» deb ataladi. «Doston» so'zi qiziq-qiziq voqealarni hikoya qilish, maqtash ma'no-larini anglatadi. Badiiy adabiyotimizda asosan ikki usulda yaratilgan dostonlar bor. Birinchisi, asrlar davomida xalq og'zaki ijodida baxshilar tomonidan og'zaki tarzda kuylab kelingan dostonlar. Ikkinchisi, yozma shaklda shoirlar tomonidan ijod qilingan dostonlar. «Alpomish», Go'ro'g'li turkumidagi «Go'ro'g'lining tug'ilishi», «Malikai Ayyor», «Ravshan»; «Kuntug'mish», «Rustamxon» kabilar og'zaki dostonlar namunalaridir. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig», Haydar Xorazmiyning «Gul va Navro'z», Na-voiyning «Hayratul abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» kabi asariari esa yozma adabiyotdagi dostonlar bo'lib, ularni og'zakidan ajratish lozim bo'ladi.
Og'zaki ijoddagi doston bir qator tarkibiy qismlardan tashkil topadi. Professor M. Saidov ularni she'riy va nasriy parchalardan iborat matndan, musiqadan, doston aytuv-chining hofizlik san'atidan va soz cherta bihshidan iborat, deb qayd etadi. Shu bilan birga, doston haqida to'liq tasawur hosil qilish uchun baxshining bevosita tinglovchi-lar davrasida qaynab (ilhomga kirib) doston ijro etishiga guvoh bo'lish ham muhimdir. Demak, doston bo'lishi uchun baxshining tinglovchi bilan jonli muloqotini ham tarkibiy qismlardan biri sifatida baholash mumkin.Dostonni baxshilar kuylaydilar. Qadimgi zamonlarda «baxshi» xalqona usullar bilan bemorni davolovchi tabib, ayrim hududlarda ustoz ma'nolarini anglatgan. Bugungi kunda bu so'z asosan xalq dostonlarini kuylaydigan san'atkorni bildiradi. Baxshi soz chertganda sozanda, she'riy parchalarni kuyga solib aytganda xonandadir. Shuningdek, parchalarni bir zumda to'qib ketadigan shoir, ., dostondagi nasriy parchalarni yoddan o'qiyotganda badiiy so'z ustasi hamdir. Shoirtabiat baxshi hech qachon doston­ni bir xil, ya'ni o'zgarishsiz ijro etmaydi. Professor Hodi Zarifovning ta'kidlashlaricha, bulung'urlik Amin baxshi «Alpomish» dostonini uch oy davomida tinglovchilarini sira zeriktirmay kuylagan ekan. Endi yozda yoki kuzda bosh-langan doston kuzda yoki qishda nihoyasiga yetishini tasawur qilaylik. Bir fasl muddatda doston ijro etgan baxshi biron kitobga qaramasdan shuncha gapni va she'riy parchalarni qaerdan topgan? O'sha nusxadagi dostonning hajmi qanday bo'lgan? Uch oy zeriktirmay ijro etish uchun naqadar yuksak mahorat egasi bo'lishi kerak o'sha baxshi? Bu savollarga beriladigan har bir javob o'zbek dostonchili-gining beqiyos imkoniyatlarini qayta-qayta takrorlaydi, xolos. Baxshi doston aytar ekan, «Alpomish» dostonida Alpomish gapirganida, Alpomish mardligini, Barchin so'zlaganida go'zal qizning yuzini ko'z oldimizda gavdalan-tiradi. Shuning uchun doston kechalari har bir tinglovchi uchun katta bayram bo'lgan. Bu kechalarda odamlar o'rtasidagi hamma ginaxonliklar unutilgan, turmush tashvishlari chekingan. Yoshu kattalar, erkak-ayollarning butun xayoli dostondagi voqealar bilan band bo'lgan.
Dostonlar hajm jihatdan chegaralanmaydi. Doston ijrosi ham ba'zan soatlab, ba'zan kunlab davom etgan. Bunda doston mazmuni, baxshining mahorat darajasi muhim hisoblangan. O'zbekistonda xalq dostonlari Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Xorazm, Namangan viloyatlarida va Qoraqalpog'iston muxtor respublikasida ijro etiladi. Ijrochi baxshilar do'mbira, tor, dutor chertib, qo'biz tortib doston aytadilar. Ijro usuliga ko'ra o'zbeklarda Samarqand, Xorazm, Farg'ona (Namangan) dostonchilik an'analari mavjud bo'lib, Samarqandda ichki bo'g'iz ovoz-da, Xorazmda ochiq qo'shiq aytish yo'li bilan, Na-manganda ochiq, ammo, musiqa asbobiga mos holda kuylanadi. Samarqand dostonchiligida hajm jihatidan katta doston­lar nasrdan va epik she'rlardan iborat bo'ladi. Xorazm dos­tonchiligida dostonlar nasriy parchalardan va lirik she'rlar­dan iborat bo'ladi. Bu dostonlarning hajmi katta bo'lmaydi.
Namanganda ham dostonlarning hajmi kichik, ammo ularning matnlari Samarqand dostonchiligi kabi nasrdan va epik she'riy parchalardan tashkil topadi. Samarqand dostonchiligi an'anasiga mansub «Ravshan» dostonidan nasriy parcha keltiraylik: «Oq qiz shunday qiz edi: oti Oqqiz, Zulxumorga naq qiz. Oqqiz o'zi oq qiz, o'zi to'lgan sog' qiz, o'rta bo'yli chog' qiz,o'ynagani bog' qiz, uyquchi emas, sog' qiz, eri yo'q o'zi toq qiz, ko'p kalondimog' qiz, yaxshi tekis bo'z bolani ko'rsa, esi yo'q ahmoq qiz, qora ko'z, bodomqovoq qiz, sinli-siyoq qiz, o'zi semiz turishi yog' qiz; o'yinga qulayroq qiz, to'g'ri ishga bo'layroq qiz, o'zi anqov olayroq qirtanasi to'sh qo'ygan keng qiz, sag'risi do'ng qiz, urushay emas jo'n qiz, a'zosi bari teng qiz...». Endi she'riy parchalarga diqqat qiling: Chu, deb otin uradi, Oyog'ini tiradi. Suvsiz cho'lda G'irko'k ot, Irg'ib, sakrab boradi. Suvsiz cho 'Ida mard Hasan, Qattiq qistab boradi. Obro' ber, deb yo 'llarda Hasan ketib boradi».
Shuningdek, Samarqand dostonchiligiga oid she'riy parchalarda lirik mazmundagi o'rinlar ham uchraydi: Paydo bo 'Idim, ikki gavhar donadan, Parvoz qilib uchdim manzihconadan, O'lim uchun g'am yemayman, boyingdan. Bir armonim, yolg'iz edim enamdan. Ma'lum bo'ladiki, Samarqand dostonchiligida nasr badiiy jihatidan nazm bilan tenglasha oladi. Sajdan iborat Oqqiz ta'rifida o'nlab qofiyalangan so'zlar uchraydi. Ular orasida hazil, kulgili o'rinlar ham bor. Demak, nasrda badi­iy mukammallikka erishilgan. She'riy parchalar esa ikki xil bo'lar ekan. Ko'pincha ularda voqea bayon etiladi: otda chopish, jang lavhalari, savol-javoblar, ziyofat tasviri va hokazolar. Ammo ichki his-tuyg'u ifodalangan o'rinlar ham uchraydi: ro'y bergan voqeaga munosabat, ba'zan shodlik, ba'zan o'kinch tarzda ifodalanadi. Xorazm dostonlarida holat boshqacharoq. Bu doston-larda voqeaning bayoni, ro'y bergan hodisa tafsiloti faqat nasrda ifodalanadi. She'riy parchalarda esa lirik hisuyg'ular aks etadi. «Oshiq G'arib va Shohsanam» dostoni-ia murojaat qilaylik: «Shohsanam G'aribni birdan ko'radiyu, yana ko'zdan qotib, qayerga ketganini bilmay qoladi: Uchirdim shunqor qushimni,Hech bir yerda qarori yo 'q. Vo hasrat lahvoshimning, To yetguncha qarori yo 'q» «Ravshan» dostonidan ohngan parcha bilan «Oshiq j'arib va Shohsanam»dan ohnganini solishtirsak, nasr va he'rdagi farq aniq ko'rinadi. Endi Namangan dostonchili-i an'anasiga oid «Zamonbek»dan olingan bir parcha kelti-ayhk: Saj' nasriy parchalardagi so'zlarning qofiyalanib kelishi.«Go'ro'g'li yigitlarining g'ayrati kelib, o'tday tutashib, Shodmon polvon degan yigit Mamaniyoz orqasidan quvib turgan joyi ekan: «Ko 'ring Shodmon polvon ishini, Uni-buni deganiga qo 'ymaydi, Bora qolib turvayidan ushlaydi, Taqimini bir ko 'tarib tashlaydi». Namunaning shakli va mazmunidan ma'lum bo'ladiki, nasrda ham, nazmda ham qahramonlar harakatining bayoni o'z ifodasini bir xil topgan. Bu jihatdan Farg'ona doston-chihgi Samarqand an'anasiga o'xshashdir. Yuqorida qayd etilgan dostonchilik an'analaridan tashqari, ularning tarkibida dostonchilik maktablari ham mavjud. Bir an'ana doirasida doston mazmunidagi mohiyat saqlangan holda qahramonlar xatti-harakati, ruhiy ke-chinmalari yo'nalishini farqh tarzda namoyon qilish dos­tonchilik maktablari tushunchasini izohlaydi.
Dostonchilik maktablari haqida tasawur hosil qilish uchun quyidagi ma'lumotni keltirish o'rinlidir.' Atoqli olimlarimizning ma'lumotlariga qaraganda, Fozil Yo'ldosh o'g'li Ergash Jumanbulbulning muhabbat mavzuidagi dostonlarini, xusu-san, «Ravshan»ni yaxshi aytishini tan olgan. Ergash shoir esa Fozil Yo'ldosh o'g'lining «Alpomish» dostonini aytishiga, ayniqsa, qahramonlik lavhalarining jo'shqin talqiniga qoyil qolgan ekan. Ayni choqda, Fozil Yo'ldosh Ergash shoirning «Alpomish» qahramonlik dos­tonini muhabbatli qilib aytishini ta'kidlagan ekan. Shuning o'zidan ma'lum bo'ladiki, Bulung'ur maktabiga mansub Fozil Yo'ldosh o'g'li ko'proq qahramonlik dostonlarini yoki dostonlardagi qahramonlik lavhalarini ijro etishga moyil bo'lgan.
Demak, Bulung'ur maktabimng o'ziga xosgini ham ana shu belgi bilan izohlash mumkin. Ergash Jumanbulbul o'g'li vakil bo'lgan. Nurota (Qo'rg'on) mak-tabi namoyandalari esa ko'proq muhabbat mazmunidagi dostonlarni ijro etganlar. Demak, Nurota maktabida muhabbat lavhalarini, ruhiy holatlarni, his-tuyg'ularni ifo-dalashga ko'proq e'tibor berilgan. Dostonchilik maktablari haqidagi tasawurga ana shunday belgilar vositasida aniqlik kiritiladi; Ashni olganda, keyinchalik alohida-alohida mak-tab sifatida shakUangan hududdan mohir baxshi yetishib chiqqan. Keyingi shogirdlar ana shu baxshi tajribasidan va ijro usulidan bahramand bo'lganlar. Natijada, bir mahaUiy sharoitda aytilgan doston ikkinchisidan farqlanib borgan va maktab sifatida shakllangan. Xalq baxshilari ijodini o'rganish ular ijro etgan doston-lar orasida diniy mavzudagi asarlar ham mavjudligini tas-diqlaydi. Bunday baxshilar mustaqillik yillarimizgacha yashirin tarzda doston aytishga majbur bo'lganlar. Mustabid tuzumdagi turli tazyiqlar baxshilar sonining nisbatan kamayib ketishiga olib keldi. Ular doston aytishdan tashqari duoxonlik bilan ham shug'ullanganlar.
Shunday qilib, xalq dostonlari alohida mahorat bilan kuylangan markazlar shu hudud nomi bilan maktab sifati-da atalgan. «Hozirgi kunda o'zbek folklorshunosligida Bulung'ur, Qo'rg'on, Shahrisabz, Qamay, Sherobod, janu-biy Tojikiston, Xorazm kabi poetik dostonchilik mak-tablari baxshilik san'atining ajoyib markazlari aniqlan-gan».' Shulardan Fozil Yo'ldosh o'g'li mansub bo'lgan Bulung'ur dostonchilik maktabida ko'proq qahramonlik dostonlari badiiy jihatdan mukammal tarzda kuylangan. Bir necha versiya, o'nlab variantlari yaratilgan «Alpomish» qahramonlik dostonining Qo'ng'irot versiyasi sifatida eng oliy va badiiy barkamol namuna Fozil Yo'ldosh o'g'li variantining qabul qilinishi bejiz emas.
Professor Hodi Zarifov qayd etgan Amin baxshi ham shu maktab vakili edi. Bu maktab shuhratiga qadimda Muhammad shoir, Sultonmurod Suyar, Rahimbulbul kabi baxshilar o'z ijodlari va ijrolari bilan munosib hissa qo'shganlar. Ular «Alpomish», «Oysuluv», «Hasanxon», «Chambil qamah» kabi dostonlarni alohida mahorat bilan ijro etganlar. Samarqand dostonchihgida nom taratgan yana bir mak­tab Qo'rg'on dostonchiligi deb ataladi. Ergash shoirlarning ajdod va avlodlari shu maktab vakillari hisoblanadi. Awalgi sahifalarda qayd etilganidek, bu maktab sohiblari doston­larni muhabbatli qilib aytganlar. Qo'rg'on maktabida boshqalardan farqli o'laroq Sulton kampir, Tilla kampir ismh ayollar ham baxshilik san'atini egallaganlar. Ulardan tashqari, Yodgor, Bo'ron baxshi, Jassoq baxshi, Po'lkan shoirlar ijodi shu maktabda shakllangan usul bilan rivojlan-gan. «Go'ro'g'lining tug'ilishi», «Ravshan», «Kuntug'-mish», «Dalh» dostonlarini ijro etish aynan shu maktab vakillariga xos edi. Narpay dostonchihgi maktabi ham bir qator baxshilari va dostonlari bilan o'zbek eposi rivojiga hissa qo'shgan. Narpay dostonchihgida Rajab shoirning tarbiyasida bo'lgan Islom shoir, Nurmon Abduvoy o'g'li nomlari alohida hur-mat bilan tilga olinadi. Islom shoir o'z ijodida Qo'rg'on va Shahrisabz maktablari an'analarini uyg'unlashtira oldi. Bu maktab vakillari ko'proq «Orzigul», «Sohibqiron», ^ «Gulixiromon» kabi dostonlarni ijro etishgan.
Shernazar Beknazar o'g'li, Umir Safar o'g'li, Ahmad baxshi kabi ijodkorlar esa Sherobod dostonchilik maktabiga mansub san'atkor edilar. Ular ijodida ham Go'ro'g'li turkumi dostonlari alohida o'rin tutadi. Bu maktab vakillari ayniqsa, «Malla savdogar», «011onazar 01chinbek» doston­larini badiiy jihatdan mukammal ijro etganlar. Janubiy Tojikistonda yashovchi Haybat Shamol o'g'li, Qunduz soqi kabilarning nomlari o'zbek baxshilari orasida hurmat bilan tilga olingan. Bu baxshilar ham Go'ro'g'li turkumi dostonlarini o'ziga xos usulda ijro etganlar. Xorazm dostonchiligi musiqiyligi, dostonni jo'r ovoz bo'lib ijro etilishi, doston ijrosida bir necha musiqa asboblarida jo'r bo'lishi bilan ajralib turadi. Qadimgi sayil-larda, to'ylarda 3-4 baxshi chaqirilgan va har bir baxshiga alohida-alohida davra berilgan. Sayil yakunida mohir baxshi atrofidagi odamlar ko'payib, saviyasi past baxshi atrofida hech kim qolmagan.
Bu odat san'atkorning o'z ustida muttasil ish olib borishga va ijro san'atini egallashga majbur qilgan. Undan tashqari, Xorazmda 40 yildan ortiq xonlik qilgan Muhammad Rahimxon (Feruz) har yili baxshi va xonandalaming ko'rigini o'tkazib, shaxsan o'zi ularga doston aytish huquqini bergan. Ijro darajasi zaif baxshini omma o'rtasida doston aytish huquqidan mahrum qilgan. Dostonchilikka bu qadar mas'uhyat bilan yon-dashish Xorazm dostonchiligi rivojini ta'minlagan. Bu maktabda Amat baxshi, Bola baxshi (Qurbonnazar Abdullaev), Boltavoy baxshi, Qodir sozchi, Murod baxshi, Ro'zimbek baxshi, Otaxon baxshilar ijod qilishgan va «Bozirgon», «Oshiq G'arib va Shohsanam», «Qirq ming», «Oshiq Mahmud» kabi dostonlarni katta konsert dasturini eslatadigan tomosha tarzida ijro etishgan.Xalq dostonlari yurtimizning turli hududlarida turlicha ijro etilishiga, ijro usullariga, voqealar sharhiga ko'ra, hatto,bir viloyatning o'zida ayrim-ayrim maktablarga ega bo'lishidan tashqari mazmuniga ko'ra ham bir necha turlar-da tasniflanadi. Taniqli olimlardan V. M. Jirmunskiy, H. T. Zarifov, M. Saidov, T. Mirzaev, B. Sarimsoqovlarning kuzatishlaricha, xalq dostonlarini turlarga bo'lishda ko'proq ularning mazmuniga, qahramonlarning fe'1-atvoriga e'tibor qilish ma'qul. Ammo nomlari tilga olingan olimlarning har biri amalga oshirgan tasnif ma'lum darajada bir-biridan farq qilishiga qaramay, ularni quyidagicha nomlash mumkin:
1. Qahramonlik dostonlari («Alpomish»).
2. Ishqiy-romanik dostonlar («Ravshan», «Kuntug'-mish»).
3. Jangnoma dostonlari («Yakka Ahmad»).
4. Kitobiy dostonlar («Sayyod va Hamro», «Oshiq G'arib va Shohsanam»).
5. Tarixiy dostonlar («Oysuluv»).
Tasnif qilishning asosi dostonlarda tasvirlangan voqea-larning bosh mohiyati bilan izohlanadi. Masalan, «Alpo-mish» dostonida ham ishq-muhabbat, jang lavhalari, tarixiy ma'lumotlar bor. Ammo ma'lum sabab bilan ajralib ketgan xalqni birlashtirish yo'lidagi mardlik va qahramonlik asar-ning markaziy g'oyasini tashkil etadi. Ypki «Ravshan» dos-tonida ham mardlik, qahramonlik belgilari uchraydi. Lekin doston mazmunidagi asosiy fikr Ravshanning Zulxumorga bo'lgan ishqini ifodalash maqsadidagi safarini bayoji qilish-ga bag'ishlanadi. Qahramonlik eposi xalq og'zaki ijodi tarixida alohida bosqich sifatida baholanadi. Uning mashhur namunasi yunonlarda «Odisseya» va «Iliada» asarlari hisoblanadi. Qirg'iz xalqining «Manas»i ham ana shunday bosqich namunasidir. Bunday asarlarda alohida qahramonlik va mardlik namunasini ko'rsatgan xalq farzandining yurt ozodligi, elni birlashtirish maqsadidagi safarlari, o'zidan son va kuch jihatidan yuqori turgan dushman bilan olishuv-lari aks etadi. Qahramonlik eposiga o'zbeklarda «Alpomish» dostoni misol bo'ladi. Unda yurtimizdagi milliy an'analar-ning shakllanishi, tashqi dushmanlarga qarshi kurash, xalq birligini saqlash, mustaqil hayotni muhofaza qilish g'oyalari o'z ifodasini topgan.
Xalqimiz baxshilari repertuaridagi dostonlarning salmoqli qismini romanik dostonlar tashkil qiladi. «Roman» fransuz tilidan olingan bo'lib eposning bir turi ma'nosini anglatgan. Ammo keyinchalik badiiy adabiyotdagi roman janr sifatida alohida ajralib rivojlanganidan so'ng sevgi-sarguzashtlarni to'qima tarzda aks ettiruvchi asarlar tushun-chasini bera boshlagan. Romantik dostonlar deganda, xalq dostonlarining mazmunan sevgi sarguzashtlarni tasvirlovchi turlari tasawur qilinadi. Ularda voqea tuguni oshiqning ma'shuqa haqida xabar topishidan boshlanadi. Keyinchalik qahramon ishq sarguzashtlariga boy safarga otlanadi. Bu yo'lda turn' qiziqarli, hayratomuz hayot lavhalari ro'y beradi. Dushmanlar bilan yakkama-yakka olishuvlar bo'ladi. Dostondagi voqealar rivoji shu tarzda taraqqiy etadi va oxir-pirovardida oshiq o'z orzusiga yeta-di. «Ravshan», «Kuntug'mish» kabilarni ana shunday dos­tonlar qatoriga qo'shish mumkin. Jangnoma-dostonlarni esa voqea rivoji asosan jang lav-halariga boy asarlar tashkil etgan. Baxshilar bunday doston-larni nisbatan kam ijro etganlar. Bunday dostonlarda ko'p­roq qahramonning botirligini tasvirlashga e'tibor beriladi.
«Yusuf bilan Ahmad», «AUbek va Bolibek», «Qirq ming» kabi asarlar shular jumlasidandir.Kitobiy dostonlar asosan tarixiy hayotimizning keyingi asrlarida paydo bo'ldi. Yozma adabiyotimiz vakillari tomonidan yaratilgan dostonlardagi qiziqarli va ibratli voqealar bilan tanishgan baxshilar ular asosida o'zlarining nusxa (variant)larini yaratganlar. Natijada kitobiy dostonlar yozma va og'zaki ijodning o'zaro aloqalari natijasi sifatida vujudga kelgan. Og'zaki ijoddagi «Sayyod va Hamro», «Oshiq G'arib va Shohsanam», «Vomiq va Uzro» kabi dos­tonlar ana shu turdagi asarlar namunasidir. Tarixda bo'lib o'tgan muhim voqealar haqida hikoya qiluvchi dostonlar tarixiy dostonlar deb ataladi. Bunday asarlarda tarixiy voqealar tinglovchida shubha uyg'otmaydi-gan to'qimalar yordamida aks ettiriladi. Ammo ularda tarix qanday bo'lsa, shu tarzda, to'kis ravishda o'zgarishsiz bayon etilmaydi. O'tmishda shuhrat topgan «Oysuluv» ana shunday doston sanaladi. Shunday qilib, dostonlar xalq og'zaki ijodidagi epik asarlar xazinasidagi o'ziga xos murakkab janrdir. Unda xalq tarixiy hayoti, rasm-rusumlari, odatlari, ozodlik uchun olib borgan mashaqqatli kurashlari o'zining badhy ifodasini top­gan. Dostonlarni kuylayotgan baxshilarda kuchli xotira, asarni ijro etayotgan paytda vujudga kelgan vaziyatga to'g'ri baho bera olish, oddiy voqealarni o'ta qiziq tarzda hikoya qila bilish mahorati mujassam bo'lmog'i lozim. Asrlar davomida bu janr namunalarining har bir hududda ijro eti-lishi mahalliy an'analarni, hatto, maktablarni yaratdi.

Download 51,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish