10
ALISHER NAVOIY IJODINI O‘RGANISHNING TARBIYAVIY AHAMIYATI
Mamatazizova Mavjuda G‘ulomjonovna, o‘qituvchi
Andijon viloyati Xonobod shahar 1 - maktab
mavj_uz@inbox.uz
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Alisher Navoiy ijodini o‘rganishning tarbiyaviy ahamiyati
yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar:
maktab, Alisher Navoiyning, badiiy asar, tarbiya.
Yosh avlodga zamonaviy ta’lim berish bilan birga ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar,
yuksak insoniy fazilatlarni qadrlash ruhida tarbiyalash, ongi va qalbini mafkuraviy tahdidlardan
himoya qilish, ularda g‘oyaviy immunitetni shakllantirish masalalari davlatimizning doimiy
diqqat markazida bo‘lib kelmoqda.
Ta’limda milliy g‘oyani bolalar qalbi va ongiga singdirish vositalari juda ko‘p, albatta. Ulardan eng
asosiysi badiiy adabiyot hisoblanadi, badiiy adabiyot orqali bolalar qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat,
vatanga sadoqat, ezgulik, fidoiylik, mardlik kabi tuyg‘ular singdirilib, ular ushbu ma’naviy-axloqiy
muhitda tarbiyalanadi. Odob deya atalmish yuksak axloqiy fazilatni boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga
Navoiyning bobomizning betakror ibratli so‘zlari orqali yetkazish o‘ylaymanki, ancha samarali bo‘ladi,
ya’ni Navoiy fikricha odob insonlargagina xos bo‘lgan yuksak axloqiy fazilatlardan sanaladi. Ana shu
yuksak fazilatdan bebahra bo‘lgan kishi hech qachon jamiyatda e’tibor qozona olmaydi, do‘st orttira
olmaydi, taqdirning o‘zi bu kabi insonlarni odamlar orasidagi o‘rnini belgilab berdi.
Mutafakkirning odob haqidagi quyidagi betakror fikrlari tahsinga loyiqdir: Qahqahdan kabk
navo kelturib,
boshig‘a ul kulgu balo keltirib.
G‘uncha kulib bo‘ldi ochilmoq anga,
Yetti ochilmoqda sochilmoq anga.
Barqni kulgu yiqibon tog‘ aro,
balki qilib yer quyi tirnog‘ aro.
Shuningdek, Alisher Navoiyning dostonlari tarkibidagi qator ibratli hikoyalar: «Donolar
donosi», «Sher bilan durroj», «Ikki vafoli yor», «bir kabutar», «hotam toyi» kabi hikoyalari,
«Tilga ixtiyorsiz-elga e’tiborsiz», «Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur», «bilmaganin so‘rab o‘rgangan
olim, orlanib so‘ramagan o‘ziga zolim» kabi hikmatli so‘zlari bolalarga turmushda, jamiyatda,
o‘z jamoasida yurish-turishning to‘g‘ri qoidalarini egallashida, ularda ijobiy fazilatlarning
shakllanishida katta yordam beradi. bolalar buyuk mutafakkirlarimiz haqida faqat ilk ma’lumotga
ega bo‘lib qolmasdan, balki ularning boy ma’naviy merosi haqida ham tasavvurga ega bo‘ladilar.
Mashg‘ulotlar jarayonida ulug‘ bobokalonimizning hayotiy sodda so‘zlar bilan aytilgan ibratli
fikrlaridan bolalar yurtimiz buyuk allomalar yurti ekanligini his eta borib ularda bundan faxrlanish,
g‘ururlanish tuyg‘ulari shakllana boshlaydi. badiiy asar bolalarning axloqi, bilimi, dunyoqarashining
shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, bolalar she’r, ertak, hikoyalarni qiziqib
tinglaydilar, ijobiy qahramonlar obraziga taqlid qiladilar, ularning xatti-harakatini, so‘zlarini eslab
qoladilar. O‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarish bilan birga bolalar o‘zlariga
berilgan rollar, asar qahramonlarining obrazlari, she’rlar orqali, o‘rtoqlarining quvonchiga,
qayg‘usiga sherik bo‘lish, o‘stirgan guli qurib qolsa qayg‘urish, birovlarning narsasini so‘roqsiz
olmaslik, o‘rtog‘iga ko‘maklashish, kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda bo‘lish kerakligini
tushunib, «uvol», «gunoh», «savob», «haq», «nohaq» kabi so‘zlarning ma’nosini uqib boradilar.
Bolada yoshlik chog‘idanoq atrofdan go‘zallik axtarish, zavqlanish, go‘zallikni his qilishning
ilk tuyg‘ulari uyg‘ona boshlaydi. Ana shu ilk tuyg‘u bolada atrofdagilarga nisbatan insoniylikni
tarbiyalash uchun asos bo‘la oladi. Eng muhimi, bolaning atrofdagi voqea va hodisalarga nisbatan
beparvo bo‘lmasligidir. bu beparvolik oilaga, qolaversa, jamiyatga juda qimmatga tushadi. Zero,
bugungi yoshlarni ajdodlarga munisib bo‘lishlari, sharqning yuksak tarbiya maktabini mukammal
egallab, uni avlodlarga yetishlari jamiyatimiz oldida turgan zaruriy shartlardandir.
Adabiyotlar:
1. hamroyev M.A. O‘zbek tilidan ma’ruzalar majmuasi. -T:. 2013.
2. Qodirova f. Pedagogik kadrlarga ilg‘or pedagogik texnologiyalar haqida. Til va adabiyot
jurnali. 2001.
96
Do'stlaringiz bilan baham: |