8-SINF O’QUVCHILARI UCHUN TARBIYA FANIDAN NAZORAT ISHI
1-YARIM YILLIK UCHUN
“Tarbiya qancha mukammal bo‘lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi, deydi donishmandlar. Tarbiya mukammal bo‘lishi uchun esa bu masalada bo‘shliq paydo bo‘lishiga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.” Ushbu fikr kimga tegishli?
Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Minhojiddin Mirzo
Akmal Saidov
Qaysi vatandoshimiz o‘z asarlari orqali vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini ilgari surib, yoshlarni Vatanga, xalqqa sadoqatli qilib kamol toptirishga undagan.
Abdulla Avloniy
Alisher Navoiy
Mahmudxo’ja Behbudiy
Abdulla Oripov
Kimki yurtni sevmasa, u hech kim va hech nimani sevmaydi, deb kim aytgan?
Mahmud Zamaxshariy
Mahmud Qoshg’ariy
Mahmudxo’ja Behbudiy
Minhojiddin Mirzo
Bir donishmanddan «Jannatga qanday erishiladi?» deb so’rashibdi shogirdlar. Shunda donishmand qanday javob bergan?
“Vatanga munosib bo’lish bilan erishiladi”
“O’zlikni chuqur anglash orqali erishiladi”
“Mustahkam e’tiqod bilan erishiladi”
“Onaning roziligi bilan erishiladi”
Bugungi kunda Respublikamizda nechta diniy konfessiya vakillari ahil-inoq yashamoqdalar?
14 ta
15 ta
16 ta
18 ta
Bugun yurtimizda nechta milliy madaniy markaz faoliyat ko‘rsatmoqda.?
136 ta
138 ta
140 ta
141 ta
Mamlakatimizda nechta do‘stlik jamiyati faoliyat ko‘rsatmoqda?
32 ta
34 ta
35 ta
36 ta
1999-yil yurtimizda Jaloliddin Manguberdi tavalludining necha yilligi keng nishonlandi?
800 yilligi
900 yilligi
1000 yilligi
1100 yilligi
Har bir odam haqiqiy baxtga erishishi uchun o‘z shaxs manfaatini xalq manfaati bilan birlashtirishi, xalq baxti uchun kerak bo‘lsa jonini ham ayamasligi kerak degan fikr kimga tegishli?
Beruniy
Berdaq
Suqrot
Aflotun
Vatan – bu insonga ato etilgan eng qutlug‘ ne’mat, halol nasibamiz, ajdodlarimiz uyg‘oq ruhi kezib yurgan tabarruk go‘sha, ularning nafasi ufurib turgan muqaddas tuproqdir! Ushbu fikr kimniki?
Shavkat Mirziyoyev
Islom Karimov
Minhojiddin Mirzo
Akmal Saidov
Atoqli adabiyotshunos olima, professor Suyuma G’aniyeva qachon va qayerda tavallud topgan?
1932-yil Samarqandda
1932-yil Farg’onada
1932-yil Buxoroda
1932-yil Toshkentda
Sen taqdiri azalni emas, avvalo o‘zingni yengishga harakat qil. Dunyoni tartibga solishga urinma. Eng avval o‘z istaklaringni boshqara bil , deb kim aytgan?
Benedik Spinoza
Konfutsiy
Stiv Jobs
Rene Dekard
Minorai Kalon obidasi qayerda joylashgan?
Toshkentda
Samarqandda
Buxoroda
Xivada
Minorai Kalonning balandligi necha metr?
45,5 metr
47,5 metr
49,9 metr
11,5 metr
Xalqimizning sevimli shoiri Erkin Vohidovning «O‘zbegim» qasidasi qachon yozilgan?
1958-yilda
1968-yilda
1978-yilda
1988-yilda
….. – ato etilgan hayotni munosib, baxtli yashab o‘tishga ahd qilmoq!
Umid
Mas’uliyat
Riyozat
Tafakkur
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, giyohvandlik oqibatida har yili qancha odam hayotdan ko‘z yumadi?
100 mingdan ortiq
200 mingdan ortiq
250 mingdan ortiq
300 mingdan ortiq
Tushkunlikdan chiqish uchun nimalarga amal qilish kerak?
Xotirjamlikni yo‘qotmang , o‘z qobiliyatingizni chamalang
Oldingizga maqsad qo‘ying, maqsadga erishish yo‘lini chizing
Izlanishdan qochmang, doimo oldinga intiling
Barcha javoblar to’g’ri
Ixtirochilikning 10 foizi tasavvur bo‘lsa, 90 foizi mashaqqatli mehnatdir, deb kim aytgan edi.
Tomas Edison
Albert Eynshteyn
Uilyam Hokking
Stiv Jobs
Fransiyalik Ferdinand Shavel nechanchi yilda orzusidagi «Palais Ideale» («Bekamu-ko‘st saroy»)ni qura boshladi?
1798-yilda
1879-yilda
1979-yilda
2000-yilda
Telegram va Vkontakte ijtimoiy tarmoqlari asoschisi kim?
Hayotda hamma narsa muvaffaqiyatli bo’lishi uchun siz hamma narsaga ijobiy va yaxshi kayfiyat bilan munosabatda bo‘lishingiz kerak. Fikr kimniki?
Inson hayotiga va salomatligiga zarar yetkazadigan, baxtsizlikka olib keladigan eng xavfli hissiyot qaysi hissiyot hisoblanadi?
«So‘zlagandan so‘zlamagan yaxshiroq, so‘zlagandim tegdi boshimga tayoq». Ushbu fikr muallifi kim?
Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT) Tashqi ishlar vazirlari kengashining 44-sessiyasi qachon bo’lib o’tgan edi?
Javoblar:
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
B
|
A
|
A
|
D
|
C
|
B
|
D
|
A
|
B
|
C
|
11
|
12
|
13
|
14
|
15
|
16
|
17
|
18
|
19
|
20
|
D
|
D
|
C
|
B
|
B
|
A
|
B
|
D
|
A
|
B
|
21. Pavel Durov
22. Benedik Spinoza
23. G’azab
24. Alisher Navoiy
25. 2017-yil 10-11-iyul
Do'stlaringiz bilan baham: |