229
10
O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA KIMYO FANI YUZASIDAN LABORATORIYA
MASHG‘ULOTLARINI O‘TISH METODIKASI
Soliyeva Navro‘za Daminjanovna
Pop tuman xalq ta’limi tabiiy fanlar metodisti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada kimyo fani amaliy laboratoriya mashg‘ulotlarida, o‘quvchilarning
dars davimida xavfsizligini ta’minlash
maqsadida, qo‘llanilishi va rioya qilinishi shart bo‘lgan
qoidalar va ularga qo‘shimchalar haqida ma’lumot berilgan.
Kalit so‘zlar:
Xavfsizlik, laboratoriya, tayyorgarlik, kimyo, amaliy mashg‘ulot.
Ma’lumki kimyo fani tabiiy fanlar qatoriga kiradi va u kimyoviy moddalar ularning bir-
biriga aylanishi va o‘zgarishlarni o‘rganadigan fan hisoblanadi. fanni o‘zlashtirishda
nazariy
ma’lumotlar bilan bir qatorda amaliy-laboratoriya ishlarini ham o‘rni benihoya kattadir. Amaliy
ishlar nazariyani to‘ldirishga tasavvurlarni yanada kengaytirishga yordam qiladi.
Laboratoriya
ishlari, amaliy ishlar asosan laboratoriyalarda xususan o‘rta umumiy ta’lim muassasasida kimyo
kabinetlarida amalga oshiriladi.
kabinetdagi o‘quv materiallari komplekti sinfdagi barcha o‘quvchilarga etadigan bo‘lishi kerak.
Xar bir o‘quv materiali muayyan laboratoriya amaliy mashg‘ulotlarni va qilib ko‘rsatiladigan
tajribalarni o‘tkazishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Qilib ko‘rsatiladigan
va laboratoriya tajribalari
o‘quvchilar darsda o‘tgan mavzuni yanada chuqurrok o‘zlashtirib olishlariga yordam beradigan
bo‘lishi zarur. Tajribalar o‘tkazishda ishlatiladigan asbob-jihozlar ixcham, qulay bo‘lishi hamda
doimo taxt turishi kerak.
Bundan tashqari, o‘quvchilar laboratoriya ishini bajarayotganlarida xavfsizlik texnikasi
qoidalariga rioya qilishlarini laborant kuzatib turadi. Laborant o‘zining nazariy va amaliy bilimlarini
doimo oshira borishi va har yili o‘qituvchiga imtihon topshirib turishi lozim. har kuni ishning
oxirida kabinetdagi elektr asboblar o‘chirilganligini stollarda reaktivlar qolmasligini, vodoprovod
va gaz jo‘mraklari bekilganligini tekshirib, so‘ngra kabinetni qulflaydi. Xar bir laborantda xalat,
ko‘zoynak, rezina qo‘lqop bo‘lishi kerak. Laborant doimo ozoda kiyingan bo‘lishi, saranjom-
sarishta
ishlashi, moddalar bilan ishlagandan so‘ng qo‘lini albatta sovunlab yuvishi lozim.
Laboratoriyada sintetik kiyimlar kiyish tavsiya etilmaydi.
Laboratoriya ishi, ko‘rsatiladigan tajribalar va amaliy mashg‘ulot 13 darslarining muvaffaqiyatli
o‘tishi, avvalo o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga, o‘qituvchining talabchanligiga va
o‘quvchilarni laboratoriya ishiga tayyorlay bilishiga bog‘liq. O‘rta umumiy ta’lim
maktabida
laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishda sinfdagi o‘quvchilarning hammasi mashg‘ulotni bir xilda
bajara olishiga erishish muhim ahamiyatga ega bu narsa o‘quvchilarning nazariy bilimi darajasiga,
ayniqsa shu mavzuni qanday o‘zlashtirib olganligiga bog‘liq. Ikkinchidan, o‘quvchilarning
intizomi, darslarga puxta tayyorlanib kelishi, shuningdek, har bir o‘quvchi stolining to‘g‘ri
jihozlanishi ham mashg‘ulotlar yaxshi o‘tishining eng muhim shartlaridan biridir. O‘quvchilar
mavzu materialini yaxshi o‘zlashtirib, mustaqil fikrlash malakasi hosil qilganliklaridan keyingina
laboratoriya mashg‘ulot o‘tkaziladi. Shu sababli o‘quvchilar o‘qituvchi ko‘rsatadigan tajribalarni
diqqat e’tibor bilan kuzatib turishlari va uyga berilgan topshiriqlarni so‘zsiz bajarib kelishlari zarur.
Laboratoriya darsni o‘tkazish eng muhim va mas’uliyatli ishlardan biridir. Laboratoriya
mashg‘ulotini shunday tashkil etish kerakki, o‘quvchilar uning natijalarini oldindan bilib
ololmaydigan, balki mustaqil tajriba o‘tkazishda olingan
natijalarni tahlil qilib, sodir bo‘lgan
xodisaning sabablarini topadigan bo‘lsinlar. Laboratoriya ishlari o‘quvchilar bilimini
chuqurlashtirishga, ularni tabiatdagi turli qonuniyatlarning asosi bilan tanishtirishga imkoniyat
tug‘diradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. karen d. hamel, cSP, WAch, is a regulatory compliance professional, trainer, and tech
-
nical writer for New Pig. Eight Tips
for chemical Safety
2. А.Э. янгибаев, м.Эргашева «Умумий ўрта таълим мактабларида кимё фанидан ла
-
боратория ишларини ташкил этиш ва ўтказиш» Қўлланма. Тошкент – 2010 й. 59 бет.