Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


SHARQ MUTAFAKKIRLARI ASRLARIDA “USTOZ-SHOGIRD” QIYOFASI VA



Download 3,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/246
Sana14.08.2022
Hajmi3,75 Mb.
#847030
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   246
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
SHARQ MUTAFAKKIRLARI ASRLARIDA “USTOZ-SHOGIRD” QIYOFASI VA 
KASBIY YETUKLIK MASALALARI
Ismoilova Ma’mura Akbarovna,
Navoiy viloyat Navbahor tumani MTBga qarashli
 2-sonli MTT tarbiyachisi
Annotatsiy: 
Mazkur maqolada ta’lim jarayonida sharq mutafakkirlari asrlarida “ustoz-shogird” 
qiyofasi va kasbiy yetuklik masalalar hamda buyuk mutafakkirlarning qimmatli fikrlaridan
ma‘naviy merosidan ta‘lim –tarbiya jarayonida foydalanish muhim ahamiyati.haqida yoritilgan.
Kalit so‘zlar: 
Ilmiylik, ko‘rsatmalilik, prinsiplar, usullar, fe’l-atvor, intellektual, iroda, 
qobiliyat, ma’naviy-axloqiy, tarbiya.
Sharq mutafakkirlarining pedagogik fikrlari jahon pedagogikasi tarixiga qo‘shilgan ulkan his
-
sadir. Ularning boy merosi pedagoglarning axloqiy qiyofasi va kasbiy etukligini takomillasht
-
irishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Mutafakkirlar tomonidan ilgari surilgan qarashlar in
-
son, uni tarbiyalash, insonparvarlik g‘oyalarining mazmunini boyitish bilan birga barcha davrlar 
uchun birdek ahamiyatga ega ma’naviy-axloqiy konsepsiyaning shakllanishin ta’minlaydi.
Abu Nasr Forobiy g‘arbu-sharqda Aristoteldan keyin Muallimi soniy (ikkinchi muallim) deb 
tan olingan buyuk olimdir. U qomusiy olim bo‘lib juda ko‘plab sohalarga doir asarlar yozgan. 
Shuning bilan birgalikda ta’lim-tarbiya sohasiga ham o‘zining asarlarida alohida ahamiyat 
bergan. forobiy yoshlarni o‘qitishning metodlari tasnifini ishlab chiqqan.Ularni nazariy va 
amaliy metodlarga ajratgan. Shu tariqa o‘qitishning hayoti, hamda kundalik faoliyati bilan 
bog‘liqligi g‘oyalarini olg‘a surgan. Mutafakkir o‘qitishning tajriba ko‘rsatmali, induktiv
deduktiv, amaliy metodlariga alohida ahamiyat bergan. barcha metodlarni o‘quvchining hayotiy 
tajribasiga, mantiqiy tafakkuriga tayangan holda birlashtirgan. O‘quv jarayonini tashkil etishga 
qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqishda deduktiv metodni ustun qo‘yadi. O‘quvchilarga materialni 
tushunitirishda nimalarga alohida ahamiyat berish haqida eng muhim narsalarni fanga ishonchli 
bilimlar beradigan va shubhalantirmaydigan dalillar bilan yoritish va boshqalar ilmi bo‘yicha 
o‘qituvchilar uchun qimmatli bo‘lgan tavsiyalarni bayon qilgan.
Forobiy matematika fani misollari asosida o‘qitishning ilmiylik, ko‘rsatmalilik, tushunarlilik 
va izchillik prinsiplarini ishlab chiqqan. bilish jarayonining va fandagi bilim shakllarining 
mohiyatini yoritdi. Olim bilish jarayonini tashkil etish masalalari bo‘yicha ancha tavsiyalarni 
ishlab chiqqan. Uning fikricha o‘quvchilarga turli bilimlar berish bilan birga o‘zlari mustaqil 
holda bilim olish yo‘llarini ko‘rsatish, ularni bilimlarning zarurligiga ishontirish kerak deydi. 
Forobiy bolaning fe’l-atvoriga qarab tarbiya jarayonida “qattiq” va “yumshoq” usullardan 
foydalanish kerak deb uqtiradi.
Agar bola o‘qish va o‘rganishga moyil bo‘lsa yumshoq usul.
Tarbiyalanuvchi o‘zboshimcha, itoatsiz va yalqov bo‘lsa, qattiq usul qo‘llanish lozim degan.
Mutafakkir ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchining roli alohida ahamiyatga ega ekanligini 
uqtiradi.
Qomusiy ilm sohibi Abu Rayhon Beruniy o‘zining “O‘tmish yodgorliklari”, “Xindiston”, 
“Geodeziya”, “Minerologiya”, “At Tafxiy”, “Xorazmlik buyuk zotlar”, “Saydana”, “Ma’sud 
Qonuni” kabi asarlarida va arab tilidan turk tiliga tarjima qilgan qator dostonlarida insonlar 
tarbiyasiga alohida e’tibor bergan.
Sharq mutafakkirlarining shuningdek, ulardan biri bo‘lgan Abu Rayhon Beruniyning ham 
pedagogik qarashlari jahon pedagogikasi rivojiga qo‘shilgan ulkan hissadir. Ularning boy merosi 
o‘qituvchilarning ma’naviy, axloqiy qiyofasi va kasbiy etukligini takomillashtiradi muhim asos 
bo‘lib xizmat qiladi. O‘rta asr sharoitida inson, uni tarbiyalash, shaxsning har tomonlama 
rivojlanishini ta’minlovchi omillar, insonparvarlik g‘oyalarini mazmunan boyitish bilan birga 
barcha davrlar birdek ahamiyatga ega ma’naviy va axloqiy konsepsiyaning shakllanishini 
ta’minladi. Shuningdek, Abu Rayhon beruniy o‘zining barcha asarlarining birinchi bobini 
falsafaga ya’ni insonlarning axloq-odoyuiga bag‘ishlagan. Mutafakkir yoshlarni ilm ma’rifatga 
chorlaydi. “Ilm dargohiga kirar ekansan qalbing kishining qalbini ko‘r qilib qo‘yuvchi illatlardan, 
odamni yo‘ldan ozdiruvchi holatlardan, qotib qolgan urf-odatlardan, xirsdan, raqobatdan, 
ochko‘zlikdan, mansabparastlikdan ozod bo‘lmog‘i lozim” degan. Yoshlar uchun kasb-hunarning 


151
10
suv bilan havodek zarurligini, ularning kelajagi shu bilan bog‘liq ekanligini ta’kidlagan.
Buning uchun yoshlarni qunt bilan ishlashga, sabr toqatli, irodali bo‘lishga, ayni chog‘da 
mehnatkash bo‘lishga chaqirdi. Abu Rayhon beruniy o‘quvchiga bilim berish uni xat savodli 
qilish haqida gapirar ekan, qog‘ozning paydo bo‘lishi, yozuv va uning vujudga kelishi, turli yozuv 
belgilari, o‘quv qurollari haqida alohida to‘xtaladi. Mutafakkir ta’lim-tarbiyaga o‘quvchilarning 
diqqatini jalb qilish, mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarning zerikib qolmasligi uchun ta’lim 
olishning turli yo‘llari, shakl va metodlarini ko‘rsatib beradi. Abu Rayhon beruniy yozadi: 
“bizning maqsadimiz o‘quvchini toliqtirib qo‘ymaslikdir. hadeb bir nasani o‘qiy berish zerikarli 
bo‘ladi. Agar o‘quvchi bir masaladan boshqa bir masalaga o‘tib tursa, u xuddi turli-tuman 
bog‘larda sayr qilgandek bo‘ladi, bir bog‘dan o‘tar-o‘tmas boshqa bir bog‘ boshlanadi. kishi 
ularning hammasini ko‘rgisi keladi. har bir yangi narsa kishiga rohat bag‘ishlaydi deb behuda 
aytilmaydi”. Abu Rayhon beruniy bilim berish yo‘llarini ko‘rsatib bergan. 
Birinchidan: bilimlar turli mavzulardan iborat bo‘lishi, o‘quvchini zeriktirmasligi, uning 
xotirasiga malol kelmasligi kerak.
Ikkinchidan: Tabiat xodisalarini ya’ni butun borliq haqida ilmiy bilimlar doirasini aniqlab 
olmasdan bilim berish qiyin.
Uchinichidan: Bilim berishda o‘quvchilar mehnatini engillashtirishga harakat qilmoq lozim 
degan. 
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki yuqoridagi aytilgan fikrlardan quyidagi xulosaga kelish 
mumkin. buyuk mutafakkirlarning qimmatli fikrlaridan, ma‘naviy merosidan ta‘lim –tarbiya 
jarayonida foydalanish muhim ahamiyatga ega.Ajdodlar merosi yoshlarni yuksak ma‘naviyatli 
shaxs bo‘lib shakllanishida, olamni chuqur tafakkur asosida andglashiga o‘ziga xos ta‘lim-
tarbiyaviy rol o‘ynashiga alohida e‘tibor qaratish lozim.
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
1. M.Xayrullaev, A.Xasanbogva. Pedagogika tarixidan xrestomatiya. –T., fan, 2000y.
2. R.Mavlonova, O.To‘raeva, k Xoliqberdiev. Pedagogika. –T. O‘qituvchi, 2001y
3. M.Ochilov. Muallim qalb me’mori. –T., O‘qituvchi, 2001y.


152

Download 3,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish