Suyarov Ashirbek Mustafayevich tomonidan dars jarayonidan qoʼllanilib kelinayotgan metod va texnologiyalar.
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti, “Pedagogika va menejment” kafedrasi oʼqituvchisi
Xurramov Keldiyor Muradullaevich 1969 yil 28 mart Samarqand viloyati Nurobod tumanida tugʼilgan. Millati oʼzbek, maʼlumoti oliy, oilaliy 3 nafar farzandi bor. 1996 yil Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tugatgan.
Ilk mehnat faoliyatini 1994 Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani “Urush va mehnat faxriylari” qoshidagi “Murod” kichik korxonasida bosh hisobchi vazifasidan boshlagan. 1995-1997 yillarda Toshkent shahar, “Muxammad Abbosxon” ishlab chiqarish tijorat firmasida hisobchi yordamchisi, 1997-1998 yillarda Toshkent shahar, Toshkent Bank kolleji o‘qituvchisi, 1998-2002 yillarda Toshkent Bank kolleji “Moliya va buxgalteriya hisobi” bo‘lim boshlig‘i, 2002-2006 yillarda Toshkent Bank kollejida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, yetakchi o‘qituvchi, 2006-2007 yillarda Toshkent shahar, Sobir Raximov politexnika kasb-hunar kolleji o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, 2007-2010 yillarda Toshkent Bank kolleji o‘qituvchi, yetakchi o‘qituvchi, 2010-2012 yillarda Toshkent Bank kollejida bo‘lim boshlig‘i, 2012-2013 yillarda Toshkent Bank kollejida o‘qituvchi, 2013-2015 yillarda Olmazor Politexnika kasb-hunar kolleji “Buxgalteriya hisobi” bo‘limi bo‘lim boshlig‘i, 2015-2018 yillarda “Agrotex Paxta MTP” MChJ shartnoma bo‘lim boshlig‘i, 2018-2021yillarda “Keles avtoustoz” MChJ o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari bo’lib ishlagan. 2021yil fevral oyidan bugungi kunga qadar Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti, “Pedagogika va menejment” kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Xurramov Keldiyor Muradullaevich tomonidan dars jarayonidan qoʼllanilib kelinayotgan metod va texnologiyalar.
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti, Pedagogika va menejment kafedrasi oʼqituvchisi
Sharaxmatova Anora Komiljon qizi 1994 yil 19 oktabrda Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanida tugʼilgan. Millati oʼzbek, maʼlumoti oliy, oilali 1 nafar farzandi bor. 2019 yil Rossiya Federatsiyasi Pskov davlat universitetini psixologik-pedagogik ta’lim mutaxassisligi (bakalavr), 2021 yil Qozon (Volgabo’yi) Federal universitetini psixologik-pedagogik ta’lim mutaxassisligi (magistratura) bo’yicha tamomlagan.
Pedagogik ta’lim innovatsion klasteri doirasida Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti “Pedagogika va menejment” kafedrasi tomonidan Chirchiq Shahar 8-umumta’lim maktabida “Tarbiya” fanidan 9-“G” va 10-“B” sinflarida binar darslar o’tish bo’yicha koordinator vazifasini o’tamoqda.
O’rta Chirchiq tumani Xalq ta’limi bo’limi bilan hamkorlikda o’tkazilgan “STEAM” intellektual olimpiadasida kafedra jamoasi tarkibida ishtirok etib I darajali diplom bilan taqdirlandi.
A.K.Sharaxmatovaning xalqaro jurnallarda 3ta, xalqaro konferensiyalarda 3ta, mahalliy ilmiy jurnallarda 5ta maqola va tezislari nashr etilgan.
Hozirda 13.00.01- “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi” ixtisosligida pedagogika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Talabalarni kredit-modul tizimi asosida pedagogik-psixologik adaptatsiya mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida dissertatsiya ishini tayyorlamoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |