Иқтисодий тарбия – ижтимоий тарбиянинг муҳим таркибий қисмларидан
бири бўлиб, ўқувчиларга иқтисодий билимларни бериш, уларда иқтисодий фаолият (оила бюджетини шакллантириш, оила хўжалигини юритиш, мавжуд моддий бойликларни асраш, кўпайтириш, савдо-сотиқ муносабатларини тўғри ташкил этиш ва ҳ.к.)ни ташкил этиш кўникма, малакаларини шакллантиришга йўналтирилади
Iqtisodiy tarbiya iqtisodiy ta’lim bilan chambarchas holda olib boriladi. Iqtisodiy tarbiyani tashkil etishda oila, ta’lim muassasasi va jamoatchilik o‘rtasidagi hamkorlikka tayanish ijobiy natijalarni beradi.
Iqtisodiy tarbiyani tashkil etishda quyidagi vazifalar bajariladi:
1) ўқувчиларга иқтисодий билим асослари (иқтисод, оила хўжалигини юритиш ва бошқариш, ишлаб чиқариш жараёнини ташкил этиш, ишлаб чиқаришни молиялаштириш, капитал, тадбиркор, тадбиркорлик фаолияти, кичик ва ўрта бизнес, ижара, шартномалар ва уларни тузиш, банклар, банк операциялари, бюждетни шакллантириш, даромад, банкрот, бизнес-режа ва бошқалар)ни бериш; 2) уларда иқтисодий онг ва тафаккур, мавжуд моддий бойликларга нисбатан оқилона муносабатни тарбиялаш; 3) касбий ёки ишлаб чиқариш малакаларини шакллантириш; 4) уларни иқтисодий ишлаб чиқариш жараёнига фаол жалб этиш; 5) ўқувчиларда тадбиркорлик фаолиятини ташкил этишга
нисбатан эҳтиёж ва лаёқатни юзага келтириш; 6) улар томонидан тадбиркорлик фаолиятининг йўлга қўйилишига эришиш
Iqtisodiy tarbiyani tashkil etishda o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish asosida mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, bozor infrastrukturasi qoidalariga amal qilish, ichki bozorni to‘ldirish, kichik va o‘rta biznesni yaratish borasidagi faoliyat jarayonida ishtirok etish ko‘nikma, malakalarini hosil qilish, inson mehnati bilan yaratilgan moddiy boylikni asrash, ularni ko‘paytirish borasida qayg‘urish tuyg‘ularini qaror toptirish, iqtisodiy madaniyatni shakllantirish o‘ziga xos ahamiyatga ega.
Iqtisodiy mavzulardagi suhbat, bahs-munozara, trening, ishlab chiqarish ilg‘orlari bilan uchrashuv, ishlab chiqarish korxonalariga uyushtiriladigan ekskursiya, o‘quvchilarning ishlab chiqarish borasidagi ijodiy qobiliyatlarini namoyish etishga imkon beradigan ko‘rik-tanlov, iqtisodiy yo‘nalishdagi konferensiya, seminar, munozara, tadbirkorlik yoki muayyan kasbiy faoliyatni tashkil etish ko‘nikmalarini shakllantiradigan ishchanlik o‘yinlarini tashkil etish iqtisodiy tarbiya samaradorligini ta’minlaydi.
Huquqiy tarbiya ham ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, uni samarali tashkil etish huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishning asosiy sharti sanaladi. “Huquqiy tarbiyaning asosiy maqsad va vazifalari Konstitutsiyani, davlat haqidagi ta’limotni, chunonchi, fuqarolik, oila, mehnat, xo‘jalik, ma’muriy, nafaqa, sud ishlarini yuritish va boshqarish huquqlarining ma’nosini tushuntirishdan, bolalarni davlat qonunlarini yuksak darajada hurmat qilish, ularga so‘zsiz rioya etish, adliyaviy bilimlarni egallashga ehtiyoj sezish, tartib va intizomni buzuvchilarga nisbatan murosasizlik ruhida tarbiyalash, xalqaro huquqning ahamiyatga molik masalalari, xalqaro tashkilotlar (BMT, Xavfsizlik Kengashi va h.k.) faoliyati haqida o‘quvchilarning umumiy tasavvurlarini shaklantirishdan iboratdir”5.
Do'stlaringiz bilan baham: |