Pedagogika va ijtimoiy ish



Download 1,17 Mb.
bet61/219
Sana12.05.2023
Hajmi1,17 Mb.
#937658
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   219
Bog'liq
Pedagogika va ijtimoiy ish

Mehnat tarbiyasi shaxsga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnat va mehnat faoliyatiga ongli munosabatni, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko‘nikma, malakalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon

Mehnat tarbiyasining maqsadi shaxsda mehnat va mehnat faoliyatiga ijobiy munosabatni shakllantirishdan iborat. Mehnat tarbiyasini tashkil etishda quyidagi vazifalar hal qilinadi (19-rasm):


Mehnat tarbiyasi mazmunida uning samaradorligini ta’minlovchi ta’lim muassaasasi imkoniyatlari; ta’lim muassasasining moddiy ta’minoti; o‘quvchi kadrlarning salohiyati; ishlab chiqarish sharoitlari; ta’lim muassasasining an’analari kabi omillar aks etadi.


Ta’lim muassasalarida mehnat tarbiyasini tashkil etishda mehnatning quyidagi turlaridan foydalaniladi (20-rasm):


O‘quv mehnati – o‘quvchilarning ilmiy bilimlar, o‘quv fanlari asoslarini o‘zlashtirish orqali ularni amaliyotga tatbiq etishga doir ko‘nikma, malakalarni shakllantirishga qaratilgan amaliy faoliyati.
Ijtimoiy-foydali mehnat – o‘quvchilar guruhi (jamoasi) tomonidan tashkil etilib, ijtimoiy ahamiyat kasb etgani holda bevosita shaxsni har tomonlama kamol toptirish hamda muayyan ijtimoiy ehtiyojni qondirishga yo‘naltirilgan mehnat faoliyati turi. U “o‘quvchilarni ijtimoiy xususiyatga ega mehnat jarayoniga jalb etish asosida ularda mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni qaror toptirish, ma’naviy-axloqiy sifatlar (jamoaviylik, o‘zaro yordam, bir-birini qo‘llab-quvvatlash, do‘stlik, hamjihatlik)ni tarbiyalash, shuningdek, ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini shakllantirish”4 maqsadida uyushtiriladi.
O‘quvchilar o‘rtasida mehnat tarbiyasini tashkil etishda ijtimoiy-foydali mehnatning quyidagi shakllaridan samarali foydalanish mumkin: o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish, sinf xonasi yoki oshxonada navbatchilikni tashkil qilish, hasharlar, mehnat bayrami, ko‘kalamzorlashtirish, maktab binosini ta’mirlash, shuningdek, fermer hamda jamoa xo‘jaliklarida еtishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘ib olishda ko‘maklashish.
O‘quvchilar oilada, ta’lim hamda omma uchun xizmat ko‘rsatiladigan muassasalarda o‘z ehtiyojlarini qondirish, shuningdek, zimmalaridagi vazifalarni ado etish maqsadida muayyan mehnat faoliyatini tashkil etadi. Mehnatning bu turi o‘z-o‘ziga xizmat deb yuritiladi. O‘z-o‘ziga xizmatning eng oddiy ko‘rinishlari umumiy ovqatlanish muassasalarida xodimlar xizmatidan foydalanmaslik, oilada yotoqxonani tartibga keltirish, kiyim-kechaklarini ozoda, o‘quv qurollarini esa tartibli saqlash, shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish yo‘lida muayyan harakatlarni bajarish va h.k.lar sanaladi.
O‘quvchilarni mehnatga layoqatli va mehnatsevar qilib tarbiyalashda ularni mehnatda mashq qildirishga jalb etish muhim ahamiyatga ega.
Ta’lim muassasalarida mehnat tarbiyasini yo‘lga qo‘yishning asosiy yo‘nalishlaridan biri – bu o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘naltirish, ularda muayyan kasb yoki hunarga doir bilim, ko‘nikma, malakalar bilan qurollantirish bo‘lib, shaxs kamolotini ta’minlashda o‘ziga xos o‘rin tutadi. O‘quvchilar tomonidan kasb yoki hunar yo‘nalishining to‘g‘ri tanlanishi muhim ahamiyatga ega. Kasb yoki hunar yo‘nalishlaridan birini tanlashda o‘quvchining xohishi, qiziqish va ehtiyojini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birga tajribali o‘qituvchilar, ishlab chiqarish ustalari, ota-onalar tomonidan berilgan maslahatlar ham o‘quvchilar tomonidan kasbiy faoliyat yo‘nalishining to‘g‘ri tanlanishini ta’minlaydi.

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish