Экологик тарбия (грекча “oikos” – турар жой, макон, “logos” – фан) ўқувчиларга дастлабки экологик билимларни бериш, мавжуд экологик билимларини бойитиш, уларда табиат ва атроф-муҳит муҳофазасини ташкил этиш кўникма, малакаларини шакллантиришга қаратилган педагогик жараён
“Ekologiya” tushunchasi ilk bor nemis olimi E.Gekkel tomonidan qo‘llanilgan. Ekologik tarbiya ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismidir.
O‘zbekiston Respublikasida tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etishga alohida e’tibor qaratiladi. Ijtimoiy-ekologik harakat g‘oyasi “O‘zbekiston Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish Milliy harakat rejasi”da o‘z ifodasini topgan.
O‘quvchilarda tabiatga nisbatan to‘g‘ri munosabatni qaror toptirish, mehr-muhabbatni uyg‘otish, atrof-muhit musaffoligiga erishish ekologik muammolarni hal etish yo‘lida muhim bosqich sanaladi.
Экологик таълим ўқувчига аниқ мақсадга мувофиқ,
изчил, тизимли ва узлуксиз равишда назарий экологик
билимларни беришга йўналтирилган таълимий жараён
Nazariy ekologik bilimlar (ekologik ong), atrof-muhit va tabiat muhofazasi yo‘lida olib borilayotgan faoliyat birligi ekologik madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi.
Ekologik tarbiyani olib borish chog‘ida o‘quvchilarga ekologik bilimlar berish asosida shaxs, jamiyat va tabiat birligi hamda aloqadorligini o‘quvchilarga tushuntirish, ularda ekotizimning inson, insoniyat, jamiyat taraqqiyotidagi muhim o‘rni va mohiyati borasidagi tushunchalarni qaror toptirish, tabiatga nisbatan ehtiyotkorona va mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish, tabiatni asrash to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish tuyg‘ularini qaror toptirish, ekologik madaniyatni shakllantirishga jiddiy e’tibor qaratiladi.
Ekologik tarbiya ijtimoiy tarbiyaning yana bir muhim tarkibiy qismi bo‘lib, uni tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal etilishi zarur:
1. Ўқувчиларнинг экологик билимларини янада ошириш.
2. Уларнинг табиат ва атроф-муҳит экологияси
тўғрисидаги тасаввурини бойитиш.
3. Ўқувчиларда табиат ва атроф-муҳит муҳофазасини таъминлаш
ижтимоий зарурият эканлиги тўғрисидаги эътиқодни шакллантириш.
4. Ўқувчиларда экологик фаолият кўникма ва малакаларни
тарбиялаш ҳамда уларнинг табиат ва атроф-муҳит муҳофазасини
таъминлаш жараёнида фаол иштирок этишларига эришиш
Oila va jamiyatda ekologik mavzulardagi suhbat, davra suhbati, ekskursiya, bahs-munozara, ijodiy tanlovlar, uchrashuv, ijtimoiy-foydali mehnat (shanbalik, hashar, ko‘kalamzorlashtirish) kabilar ekologik tarbiya samaradorligini oshiradi. Oila tarbiyasida suhbat, kuzatish va amaliy faoliyatni tashkil etish, rag‘batlantirish, jazolash kabi metodlardan foydalanish ham o‘quvchilarning ekologik madaniyatini rivojlantiradi.
Iqtisodiy tarbiya o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning tarkibiy qismlaridan biri sanaladi. O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda iqtisodiy faoliyat yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |