PEDAGOGIKA
2016, 4-son
64
kо‘rsatkichlarda esa dinamik komponent qiymatlari ikki xil darajada, ya’ni birinchi
bosqich talabalarida о‘rta darajada (21,22), ikkinchi bosqich talabalarida (30,10) esa
yuqori darajada. Bu esa mas’uliyatning namoyon bо‘lishi respondentlarning kasbiy
bilish statuslari ta’siri bilan bog‘liq degan nisbiy xulosani keltirib chiqarmoqda.
Miqdoriy kо‘rsatkichlarning sifat tahlili esa birinchi bosqich talabalari о‘quv faoliyat
motivlariga nisbatan mas’uliyatni tо‘liq namoyon eta olmayotganliklari, zarur
hollarda faollikka ega emasliklari, murakkab va qiyin vazifalarga duch kelganlarida
о‘zlariga mas’uliyatni olmasliklari va to‘siqlar oldida beqarorlikni namoyon etmoqda
deyish mumkin. Ikkinchi bosqich talabalarida esa, aksincha, о‘quv faoliyati bilan
bog‘liq topshiriqlarni bajarishda mustaqillikni kuzatish mumkin. Talabalarning
kasbiy bilish statusiga kо‘ra mas’uliyatning namoyon bо‘lishidagi tafovut birinchi
bosqich talabalarining yangi ijtimoiy muhitga (ta’lim jarayoniga, о‘quv guruhiga,
pedagoglar bilan bog‘liq shaxslararo munosabatlar) tо‘liq adaptatsiya
qilmaganliklari; ikkinchi bosqich talabalari esa, aksincha, bu bosqichni
muvaffaqiyatli bosib о‘tganliklari oqibati bо‘lishi mumkin.
Yuqori bosqich talabalarida ham о‘ziga xoslik quyi bosqich talabalari singari
kuzatildi. Mas’uliyatning dinamik komponenti parametrlari kо‘rsatkichlarida
statistik mezonga kо‘ra ishonchlilik farqlari aniqlandi (24,14 va 27,95; ʈ=-2,291,
r≤0,01(mustaqillik); 22,13 va 13,15 ʈ=7,640, r≤0,001 (nomustaqillik)). Natijalar
uchinchi bosqich talabalaridagi mas’uliyatning о‘rtacha (24,14) va tо‘rtinchi
kurslarda esa yuqori darajada ekanligi bilan bog‘liq bо‘lishining psixologik talqini
kasbiy-bilish statuslari sabablidir, chunki uchinchi bosqich talabalari ta’lim muhitiga
tо‘liq moslashganlik faoliyatning turg‘unlashuviga olib kelganligi; tо‘rtinchi bosqich
talabalari oldida esa kasbiy tayyorgarlikning yakuniy bosqichi hamda davlat
attestatsiyasi bilan bog‘liq mas’uliyatli vazifalar turganligi sababli ham о‘zida
mustaqillikni oshirish va faoliyat natijalariga nisbatan nazoratning kuchaytirganligi
tufaylidir.
Ta’lim jarayonida о‘qituvchilar talabalarda mas’uliyatning subyektiv
natijaliligidagi о‘sish ularning о‘zlashtirishidagi ijobiy baholash, stimullar hamda
muvaffaqiyatli harakatlarni amalga oshirish oqibati ekanligiga e’tibor qaratishlari
lozim bо‘ladi.
Talaba yigitlarning о‘quv faoliyatida namoyon bо‘lishi mumkin bо‘lgan
mas’uliyatni aks ettiruvchi komponentlarida quyidagi manzara kuzatildi:
Do'stlaringiz bilan baham: |