PEDAGOGIKA
2016, 4-son
20
boshiga kelib, ularning soni 400dan oshdi. Ular orasida Amsterdamdagi Tropik
muzey, Gaagadagi (Niderlandiya) “Muzeon” nomli bolalar ma’rifiy markazi,
Avstriyadagi “Bolalar dunyosi”, Buyuk Britaniyadagi “Kashfiyotlar fabrikasi” va
“Evrika” muzeylari juda mashhur.
О‘zbekistonda ham ilk bor О‘zbekiston tarixi davlat muzeyi qoshida 2011-
yili “Mо‘jizalar olamida” bolalar muzeyi tashkil etildi. Mazkur muzey 4 yoshdan
14 yoshgacha bolalarga mо‘ljallangan. Muzey bolalarning tarixiy tafakkurini
rivojlantirib, ularning tarixiy davr bilan erkin muloqotga kirishlari, о‘sha davr
“jonli” muhitida “yashash”lari uchun katta imkoniyat yaratadi.
XX asrning 90-yillarida muzeyshunoslikka kirib kelgan “virtual muzey”
iborasi bugungi kunda zamonaviy muzeyshunoslikning butun boshli yо‘nalishiga
aylanib ulgurdi. Dastlabki vaqtlarda ibora о‘quvchilar orasida garchi unchalik
tushunarli bо‘lmasa-da, lekin chiroyli va yoqimli yangrar edi. “Virtual” sо‘zi
“mо‘jiza, haqiqiy, real” ma’nolarini ifoda etsa ham, aslida u lotinchadan tarjima
qilinganda “virtus” – xayoliy, faraz qilish sо‘zlaridan kelib chiqqan
1
.
Muzey pedagogikasining о‘ziga xos jihati – norasmiylik va ixtiyoriylik.
О‘qitishning о‘ziga xos xususiyati sifatida о‘quvchilarning о‘z qobiliyatlarini
maksimal darajada amalga oshirish va qiziqishlarini qondirishga imkon berishi aks
etadi. О‘quvchilarning muzey materiallari bilan ishlashini tashkil etish ularning
fan, texnika, texnologiya, ijodiy sohada egallagan bilim, kо‘nikma va malakalarini
integratsiyalash zaruriyatini yuzaga keltiradi. Virtual muzeyni yaratish ikkita
metodikaning – muzey pedagogikasi va zamonaviy axborot texnologiyalariga
asoslanadigan loyihalar metodi integratsiyasi natijasida yuzaga keladi.
Virtual muzey veb saytlarning shunday turiki, unda muzeydagi materiallar
kо‘rgazmasi amalga oshiriladi. Virtual muzeylarning afzalligi shundaki, ular
eksponatlarni saqlash, himoyalash, keng, tez va osonlik bilan ommaga taqdim
etishni internet texnologiyalari yordamida amalga oshiradi.
Birinchi veb-sayt muzeylari, ya’ni virtual muzeylar internetda 1991-yilda
paydo bо‘lgan. Dastlab virtual muzeylar haqiqiy muzeylarning saytlari bо‘lgan
bо‘lsa, keyinchalik shaxsiy veb-sayt muzeylar paydo bо‘la boshladi. Birinchi
shaxsiy virtual muzeylar 1994-yilda paydo bо‘lgan, lekin barcha rasm tо‘plamlari
ham virtual muzey bо‘la olmaydi. Virtual muzeylarning tо‘plamlari ikkita о‘ziga
xos xarakteristikaga ega bо‘lishi kerak. Bu virtual turlar va eksponatlarning
mukammallashgan qidiruvidir. Birinchi bо‘lib virtual muzeylarning afzalligini kо‘ra
bilgan odam Microsoft firmasi rahbari Bill Geyts bо‘lgan.
Virtual muzeylar nafaqat madaniy-ma’rifiy muassasasigina bо‘lib qolmay,
balki о‘quvchilar uchun katta qiziqish uyg‘otuvchi kо‘rgazmalarni virtual tomosha
1
Ўзбекистон музейлари истиқболи / Тузувчи Д. Қурбонова. – Тошкент: Akademnashr, 2013. –
Б. 38.
Do'stlaringiz bilan baham: |