PEDAGOGIKA
2016, 4-son
18
Xorijiy muzey tajribasida muzey pedagogikasi bolalarning jismoniy va
psixologik rivojlanishidan kelib chiqqan holda turli о‘quv usullaridan foydalaniladi.
6-11 yoshdagi bolalar vaqt haqida ma’lum tasavvurlarga ega bо‘lsa-da,
abstrakt tushunchalarni qabul qilishga hali tayyor emas. Bu yoshda
о‘quvchilarning muzeyga tashrifini shakllantirish, shuningdek, ekspozitsiyadan
olingan ma’lumotlarni о‘z tajribasi bilan uzviy bog‘lashga о‘rgatish kerak.
9-12 yoshdagilar abstrakt tushunchalarni tushunadi, lekin psixologik
tomondan kо‘proq ularga bilimning sensor shaklidagi usullari tо‘g‘ri keladi
1
.
Kо‘pgina muzeylarda о‘quvchilarga savol-javob shaklida tushuntirish ishlari
olib boriladi. Muzey pedagogi biror bir hodisa bо‘yicha о‘quvchilarga savol berish
orqali ularda voqeliklarni kuzatish, tahlil qilish va yechim topish kо‘nikmalarini
tarkib toptiradi. Bu ham о‘quvchilarning ekspozitsiyada namoyish etilayotgan
ma’lumotlarga munosabati va unga nisbatan shaxsiy fikrini shakllantirishda
muhim ahamiyatga ega.
Muzeyda о‘quvchilar kо‘proq erkinlik va mustaqillikni yoqtiradi. Ularga qо‘l
bilan ushlab kо‘rish va eksponat bilan muloqotga kirishish imkoniyatini yaratish
darkor, chunki aynan eksponat nusxalari, maketlari va mulyajlari о‘quvchilar
uchun hech narsaga tenglashtirib bо‘lmaydigan о‘quv materiali hisoblanadi. Shu
bois kо‘plab muzeylar о‘z zallarida bolalar uchun eksponatlarning nusxalarini
yasab, ularga predmetlarni sinab kо‘rishga imkon yaratadi. Tarixiy shaxslar
kiyimini kiyib kо‘rish yoxud zadogon ayolning taqinchoqlarini taqib kо‘rish,
kulolchilik charxida kо‘zalarni yasab kо‘rish о‘quvchida katta taassurot uyg‘otadi.
Hozirgi kunda kо‘plab xorijiy muzeylar teatrlashtirilgan sahnalardan
foydalanmoqda. Bu ayniqsa, tarix va texnika muzeylarida samarali natija beradi.
Mazkur tomoshalar bir guruh muzey xodimlarining ma’lum bir davrni о‘zida aks
ettiruvchi qahramonlar obraziga kirishi yoki ekskursovodlarning mavzu bо‘yicha
libos kiyishi bilan namoyon bо‘ladi. Bu sahnalar bolalarni jalb qilishda, ularning
tarixiy tafakkurini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yoshlarga о‘lkamizning о‘tmishini о‘rgatish natijasida ularda kelajakka
ishonch hosil qilinadi. Yosh avlodning yetuk, insonparvar, chin e’tiqodli qilib
tarbiyalashda maktab jamoatchilik muzeylari va davlat muzeylari muhim о‘rin
egallaydi. Yosh avlodga о‘tmishdagi ota-bobolarimizning mehnati bilan
yaratilgan milliy kiyim-kechaklar, taqinchoqlar, mehnat qurollari, eski uy-rо‘zg‘or
buyumlarini kо‘z qorachig‘idek avaylab-asrash va ularga hurmat bilan qarash
tuyg‘usini singdira olsak, ular chinakam milliy e’tiqodli, qadriyatlarimizga hurmat
bilan qaraydigan insonparvar shaxs bо‘lib shakllanishlariga erishish mumkin.
Muzeylar tarixiy, moddiy va ma’naviy yodgorliklarni tо‘plash, saqlash, tashkil
1
Ўзбекистон музейлари истиқболи. – Тошкент: Akademnashr, 2013. – Б. 18-19.
Do'stlaringiz bilan baham: |