Tolipov О‘tkir Qarshiyevich,
Nizomiy nomidagi TDPU ichki nazorat va monitoring bо‘limi
boshlig‘i, pedagogika fanlari doktori, professor.
*
Murtazayev Meli Zokirovich,
Jizzax davlat pedagogika instituti mehnat ta’limi va umumiy
texnika fanlari kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi.
О‘. Tolipov
*
M. Murtazoyev
*
PEDAGOGIKA
2016, 4-son
122
Bizningcha, yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimining iqtisodiy
aspektlarini asoslashda, eng avvalo, quyidagi holatlarni о‘z ichiga oluvchi
informatsion bog‘liqlikni e’tiborga olish lozim bо‘ladi:
-
tayyorlash jarayonidagi bazisli mehnat potensial holatining tahliliy
ma’lumot tizimi bо‘lib, u ishchi kadrlar tayyorlashda quyi dinamik pog‘ona bilan
xalq xо‘jaligi о‘rtasidagi informatsion bog‘liqlikni ifodalaydi;
-
bozor iqtisodi sharoitida psixologik-pedagogik tamoyillarga asoslangan
holda mutaxassis kadrlarni maqsadli tayyorlash va ularni kasbiy kompetentlik
talablari asosida ishga qabul qilish va ishga taqsimlashda ularning о‘zaro mos
tushmasligi hamda kadrlar faoliyatida bozor ijtimoiy-iqtisodiy psixologik
aspektlarini hisobga olgan ilmiy asoslangan kompleks talablarning mavjud
emasligi, kadrlarni qayta tayyorlashga ehtiyojning bо‘lmaganligi, shuningdek,
mehnat potensialining sifat о‘zgarishlari, aksariyat hollarda, hisobga
olinmaganligini isbotlash jarayoni bilan bog‘liq;
-
mavjud tizimning rejada belgilangan haqiqiy faol funksional kо‘rsatkichini
belgilashdagi tahliliy yondashuvda tayyorlanayotgan kadrlarning hozirgi kun
talabi darajasidagi ta’lim jarayonida rejadagi sifat va miqdor kо‘rsatkich va
talablariga mos tushishi, biroq shunday bо‘lishiga qaramay, bozor iqtisodi
sharoitida о‘zlashtirilayotgan bilimlar sifat va miqdoriy kо‘rsatkichlarining mos
kelmasligi, aniqrog‘i, mahsulot sifatini belgilovchi omillarni aniqlash nazarda
tutiladi. Demak, bu о‘rinda belgilangan mutaxassislar guruhi va faoliyatini tashkil
etish hamda mutaxassislar modelini ixtisoslik xususiyatini hisobga oluvchi
ixtisoslik informatsion strukturali modellarini ishlab chiqish lozim bо‘ladi. Ushbu
taklif qilinayotgan model tayyorlanadigan mutaxassislarning jamiyatda faoliyat
kо‘rsatish darajalarini aniqlaydigan makro va mikro informatsion bog‘liqlikni
saqlashga imkon beradi. Zero, tayyorlash tizimiga bо‘lgan talablar tizimining
ishlab chiqilishi va amaliyotga tatbiq etilishi, bu faktorlarning amalga oshishini
ta’minlaydi.
Demak, yuqori malakali kadrlar tayyorlash murakkab ijtimoiy va dinamik,
kо‘p qirrali faktorlarga bog‘liq bо‘lgan murakkab parametrli iqtisodiy aspektli
tizim hisoblanib, uning faoliyatini rivojlantirish zamon talablariga moslashtirilgan
holda muvofiqlashtirishning iqtisodiy yо‘nalish va rivojlanish usullarini asoslash
darkor. Bizningcha, tizimli yondoshuvning tahliliy xulosasiga tayanib quyidagilarni
belgilash mumkin:
yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimi faoliyatini yо‘lga soluvchi va uni
boshqaruvchi tashkiliy tizimning asosiy funksiyasi jamiyatning intellektual ehtiyoj
talablari asosida intellektual ishlab chiqarish kompleks talab va taklifini tartibga
solishdan iborat. Bunda zamonaviy bozor munosabatlari tо‘liq yetakchiligi
sharoitida jamiyatni uzoq muddatli intellektual ma’lumotlar ehtiyojini aniqlash:
Do'stlaringiz bilan baham: |