Savollar
1. Nima uchun ijtimoiy pedagogikada norma va normadan og’ish tushunchalari o’rganiladi?
2. Bolalarda normadan og’ishning sababi nimada?
3. Normadan pedagogik og’ish deganda nima tushuniladi?
4. “ ijtimoiy og’ish” tushunchasining mohiyati nimada?
5. Normadan og’ishning qaysi nazariyalarini bilasiz?
Mavzu: Ijtimoiy pedagogning kasbiy faoliyati
Reja:
1.Ijtimoiy pedagog kasbiy faoliyatining o’ziga xosligi.
2. Ijtimoiy pedagog kasbi va uning vazifalari va huquqlari
3. Ijtimoiy pedagogning kasbiy sifatlari va modeli
4.Ijtimoiy pedagogning kasbiy faoliyati sohalari
Tayanch tushunchalar: ijtimoiy pedagog, ijtimoiy yordam, ijtimoiy reabilitatsion xizmat, ijtimoiy pedagogik ish metodlari, analitik, prognostik, loyiha, refleksiya, kasbiy status, empatiya, bilim, ko’nikma, sifat va fazilat, tashxis quyis, bashoratchilik, vositachilik,
tugirlash va kayta tiklash, ximoyalash, ogoxlantirish va profilaktika, evristika (ijodiy fikrlash)
Ijtimoiy pedagog va uning kasbiy sifati
Ijtimoiy pedagoglarni kasbiy tayyorlash uzluksnz ta’lim tizimda amalga oshiriladi. Ijtimoiy pedagoglarni kasbiy tayyorlash ikki turdagi o`quv yurtlarida olib boriladi: o`rta kasbiy ta’lim muassasalari (litsey va kollejlar) va oliy kasbiy ta’lim maktablari (Institut va universitetlar).
O`rta kasbiy ta’lim muassasalarida kichik sinflar va maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiyalanuvchi bolalar bilan ishlovchi pedagoglar tayyorlanadi. O`rta ma’lumotli pedagoglarning asosiy vazifasi bolalarga kiyin vaziyatlarni yengib o`tishga yordam beradi, bolalarning ishonishiga ko`maklashuvchi faoliyat turlarini tashkillashtiradi. Bolalarning rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning ota—onalari bilan xamkorlik qilish, o`z malakasini oshirish maqsadida mustaqil ravishda o`kib borishdan iboratdir. O`rta kasbiy ta’lim bilim yurtini tugatgach ular oliy ta’lim muassasida o`z o`kishini davom ettirishi mumkin.
Ijtimoiy pedagog - faqat o`qituvchigina emas, u bola kanday ukiyotganini va rivojlanayotganini tushunadigan va xis etadigan shaxsdir. U bola xayotini, kechinmalarini xuddi o`zinikidek tushunadigan va uning ma’naviy, madaniy, axlokiy rivojlanishiga yullanmalar bera oladigan mutaxassis bulmogi kerak.SHuning uchun xakikiy pedagog faqat o`z fanini bilibgina kolmay, ayni vaktda bolalar va kattalar bilan ijodiy mulokot kila oladigan, o`z ustida ishlaydigan inson bulishi muxim axamiyatga ega.
Ta’lim jarayonini ijtimoiylashtirish natijasida o`quvchi inson moxiyatini anglaydi. O`z xayoti dovomida inson to`grisida xosil qilingan tushunchalar asosida mukammal shaxs va xakikiy fuqaro bo`lib yetishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |