Pedagogika V a psixologiya kafedrasi "ijtimoiy pedagogika"



Download 2,46 Mb.
bet57/147
Sana28.03.2022
Hajmi2,46 Mb.
#514382
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   147
Bog'liq
Ижт пед модули 2 та

Tarbiyaning tabiatga uygun bulishi prinsipi.
Tarbiyaning tabiyagga uyg`un bo`lishi- ijtimoiy pedagogika prinsipi, shunga kura ijtimoiy pedagog o’z amaliy faoliyatida bolaning tabiiy holda rivojtanish omillariga tayanadi. Tarbiyaning tarbiyatga uygun bulish Prinsipi ilk bor slavyan pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670) ning «Buyuk didaktika» (1632) degan eng asosiy ishida ta’riflangan. Kamenskiy, inson tabiyatining bir qismi va u tabiyatning bir qismi sifatida uning eng asosiy, umumiy qonunlariga bo`ysunadi, deb hisoblanadi. Komenskiyning fikricha, tabiatning bu qonunlari o`simliklar va hayvonlar olamida ham shuningdek, insonga nisbatan ham o’z ta’sirini o`tkazib turadi. Kamenskiy nafaqat tarbiyaning umumiy qonunlariga, bola shaxsi psixologiyasiga ham tayanadi. U bolalar o`spirinlar va yosh yigitlarning yoshiga oid tafsifiga tayangan holda o’z bolalar ta’lim-tarbiyasi tizimini ilgari suradi, asoslayli va quradi. Komenskindan ancha ilgari sharq uygonish davri buyuk olimi va mutafakkiri Abu Ali Ibn Sino (980-1037) o’z asarlarida tarbiyaning tabiatga uyg`un bo`lish haqida gapirgan edi. Masalan «uy ro’zg`or tutish» haqidagi asarida Ibn Sino yozgan ediki, inson aqlli mavjudod shuning uchun tabiatda alohida o’rin tutadi va uning qonunlariga ko`ra rivojlanadi. «Yolg`on xislatlarni qayta tarbiyalash» asarida esa Ibn Sino yozadiki, kimki axloqli insonni tarbiyalamoqchi bo`lsa unda u uni har tamonlama o`rganishi, insonning tabiyati qoidalarini bilishi kerak. Natijada tarbiyaning tabiat bilan uyg`un bo`lishi prinsipi ko’pgina buyuk pedagoklar tomonidan o’z pedagogik va ijtimoiy pedagogik nazariyalari qurish asosi sifatida olingan edi. Masalan, Fransiya falsafachisi Jan Jak Russo bola tarbiyasi tabiat bilan uyg`un ravishda amalga oshirilishi kerak deb hisoblab, yozadi «bolalar katta bo`lishidan ilgari bola bo`lishi kerak». Shvetsar pedagogi Iogan Genrix Pestalotsi yetim va qarovsiz bolalar uchun muassasalar va bolalar uyini yaratgan, u hisobladiki, tarbiya maqsadi-inson tabiiy kuchlari va qobiliyatlarini rivojlantirishdir, bunda rivojlanish har tomonlama va uyg`un bo`lishi lozim. Nemis olimi va pedagogi Adolf Disterveg ham o`z ishlarida talim-tarbiya jarayonida yosh va individual xususiyatlarini etiborga olishi lozimligini ta’kidlaydi. Tarbiya bilan uyg`un bo`lishi rus klassik pedagoglari ishlarida ham o’z aksini topgan. K.D.Ushinskiy o’zining asosiy «inson tarbiya predmeti sifatida» degan psixalogik pedagogik asarida yozgan ediki, bola tarbiyasi va ta’limi uchun tarbiya prinsiplari va qoidalarini bilish, tadbik qila olishi lozim. Ushinskiy fiziologiya, gigiyena va psixologiya (diqqat, xotira, tasavvur, iroda) asoslarini o`rganish zaruriyatini asoslab berdi, uning asosi so’zlash qobiliyatini axloqiy estetik va diniy xislari, didaktikani o`rganishga o`tish mumkin.
Ijtimoiy pedagogikada tarbiyaning tabiat bilan uyg`un bo`lishi prinsipiga amal qilib, quyidagi qoidalarga tayanishi lozim:
- bolalar yosh xususiyatlarini etiborga olish;
- bolalar jinsiy o`zgaruvchanligini etiborga olish;
- me’yoridan chettga chiqish bilan bog’liq bo’lgan bolalarning individual xususiyatlarini etiborga olish;
- bola shaxsidagi ijobiy, kuchli tomonlariga tayanish;
- bola tashabbuskorligini va mustaqilligini rivojlantrish.
Tarbiyaning madaniyat bilan uyg`un bo`lish prinsipi.
Bu prinsip tarbiyaning tabiat bilan uyg`un bo`lishi prinsipining davomidir. Uning zaruriyati inson tabiati bilan shartlangan. Inson biologik mavjudod sifatida tug`iladi, shaxs bo’lib esa bir avloddan ikkinchi avlodga shaxs tarbiyasi va rivojlanishi jarayonida o’tadigan o’zini tutish ijtimoiy tajribani o’zlashtirib yetishadi. Antik jamiyatdagi faylasuf va pedagoglar shaxs shakllanishi va madaniyat o’rtasidagi chuqur bog’liqlikni tahlil qilganlar. Shu narsaga Sharq Uyg`onish davri mutafakirlari Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Navoiy ham o’z asarlarida ham to`xtalganlar. Bunda ikkita muhim tezis belgilandi: shaxs madaniyat orqali shaklanadi, har qanday madaniyat asosi, boyligi esa insondir. Madaniyat yuqori axloqiy insonni shakllantirishning zaruriy va eng muhim omilidir. Madaniyat bilan uyg`un bo`lish prinsipi pedagogikada A.Disterveg (X1X asr) tomonidan ilgari surilgan. Uning fikricha bolani tarbiyalash jarayonida uning tug`ilgan joyi, shart-sharoiti, bir so’z bilan aytganda, uni o`rab turgan madaniy jihatlar e’tibordan chetda qolmasligi lozim.
Butun insoniyat har bir xalq va har bir avlod madaniyat rivojlanishining ma’lum bir pog`onasida turadi.
Agar bola o’z me’yorida rivojlangan bo’lsa, u o’sha jamiyat madagniyatini o’zlashtiradi, ya’ni jamiyat bilan integratsiyaga kirishadi. Shu bilan uning o’zi ham o’sha madaniyatning yaratuvchisiga aylanadi. Bu tamoyilga ko’ra bolalarning madaniyatini rivojlanishidagi chekinishlarni hisobga olish hamda ularning ijodkorligini oshirish talab etiladi.
Tarbiyaning madaniylashuvi tamoyilining amalga oshirilishi umuminsoniy xarakterdagi madaniy qadriyatlar turli jamiyatlarda farqlanishi sababli qiyinchiliklarga duchor bo’lmoqda.
Bizning davlatda shahar va qishloq aholisi o’rtasida, shaharda turli ijtimoiy-kasbiy guruhlar orasida farqlar mavjud. SHu bilan bir vaqtda turli madaniyat va submadaniyatlar qadriyatlarining darajasini topish tarbiya samaradorligining shartlaridan biridir.

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish