Pedagogika V a psixologiya kafedrasi "ijtimoiy pedagogika"



Download 2,46 Mb.
bet58/147
Sana28.03.2022
Hajmi2,46 Mb.
#514382
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   147
Bog'liq
Ижт пед модули 2 та

Insonparvarlik tamoyili. Tarbiyani insoniylashtirish zarurati haqidagi g’oya dastlab chex pedagogi YAn Amos Kamenskiyning asarlarida yaqqol ifodasini topgan, Ma’rifatparvarlik davri (XVIII asr)dan boshlab u turli davlatlar pedagoglari ishlarida_keng tarqalmoqda. Bu g’oya XVIII asrda fransuz mutafakkiri Jan Jak Russo va L.Tolstoyning erkin tarbiya nazariyalarida; XX asrda gumanistik psixologiyada va gumanistik pedagogikada o’z aksini topgan.
J. Piaje, K.Rodjers, V.Suxomlinskiy kabi olimlarning fikricha, insonning mohiyati faqatgina biologik va ijtimoiy jihatlardan iborat emas. U ma’naviy munosabatlar bilan to’la. Gumanistik tarbiyaning ideali ham tomonlama rivojlangan shaxsdir. Ijtimoiy pedagogning vazifasi faqatgina bolalarni sevish emas, ularga ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari, do’stlari va atrofdagi insonlarni sevishni o’rgatishdan iboratdir. Insonparvarlik g’oyasi ijtimoiy pedagog uchun juda muhim, ayniqsa, rivojlanishida cheklanishlar paydo bo’lgan bolalar uchun bu tamoyil muhim ahamiyatga ega.
Insonparvarlik tamoyiliga ko’ra:qanday sharoitda yashashidan qat’iy nazar jamiyatdagi barcha insonlarga hurmat bilan munosabatda bo’lish;

    • “Mening o’zim hal qilaman” pozitsiyasini tanlashga, o’z muammolarini o’zi hal etishga o’rgatish va yordam berish;

    • Bolalarga yordam berishni ularga ayanch hissi bilan emas, balki ularning jamiyatga kirishishiga yordam berish asosida bildirish talab etiladi.

Ijtimoiy pedagogikada insonparvarlashuv tamoyili pedagogning tarbiyalanuvchiga o’z rivojlanishining mas’ul va mustaqil sub’ektiga nisbatan munosabatda bo’lishni ko’zda tutadi. Tarbiyaning insonparvarlashuv tamoyilini amalga oshirish bolalar, o’smirlar, yoshlarning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Tarbiyaning variativligi tamoyili. Zamonaviy jamiyatlarda ijtimoiy tarbiyaning variativligi shaxs ehtiyojlarining xilma-xilligi bilan aniqlanadi.
Tarbiya variativligi tamoyili insonning federal, mintaqaviy, munitsipial va lokal darajada umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, etnik xususiyatlar, shuningdek mintaqaviy munitsipial va lokal sharoitlarni inobatga olib, tarbiya muassasalarida insoniy, yosh, differensial va individual yondashuvlar asosida manaviy-qadriyat jihatidan tarbiyalashni amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish uchun ishlab chiqilgan..
Ijtimoiy tarbiyaning variativligi tamoyilining ta’rifini milliy pedagogikada XX asrning 80-yillari oxiridan boshlab ro’y bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar sababli ishlab chiqish imkoniyati yaratildi. Bu o’zgarishlarning natijada insonning individual maqsadlarini jamoa va guruhlar, jamiyatning yosh va ijtimoiy guruhlari maqsadlari bilan bir qatorda tan olish, ta’limning etnik xususiyatlar va mintaqaviy sharoitlarga mos qilib isloh qilish uchun sharoitlar yaratish, kabilarsodir bo’ldi.
Ijtimoiy tarbiyaning variativligi tamoyilini amalga oshirish uchun quyidagilar zarurdir:
- shaxs manfaatlarini va ehtiyojlari, turli yosh, ijtimoiy-kasbiy, etnik qatlamlarning talablari, xududiy va mintaqaviy tashkilotlarning ehtiyojlarini qondirish uchun turli xildagi tarbiya tashkilotlarini tuzish;
- ijtimoiy tarbiyaning mintaqaviy va munitsipial tizimlarni tashkil qilish;

  • mahalliy tarbiya tizimlarini tashkil qilish.

Ijtimoiy tarbiyaning variativlik tamoilini amalga oshirish:
- insonning turli xildagi hayotiy va shaxsiy masalalarini yechishga, qobiliyatini shakllantirishga;
- inson tomonidan o’zining rivojlanish strategiyalari, hayotiy va kasbiy yo’llarini tanlashga imkoniyatlarini kengaytirish uchun sharoitlar yaratadi.
Ijtimoiy tarbiyaning jamoaviyligi tamoyili. Ijtimoiylashuvning mikroomillarining tavsifi shuni ko’rsatadiki bolalar, o’smirlarning ijtimoiylashuvi tengdoshlari va kattalar (oila, qo’shnilar, mikrojamiyat, tarbiya tashkilotlari) bilan o’zaro munosabatlarida ro’y beradi. Ijtimoiy tarbiya nisbatan ijtimoiy nazorat qilinuvchi ijtimoiylashuvning bo’lagi sifatida bir tomondan jamoalarda ro’y beradi, boshqa tomondan esa bolalar, o’smirlarni jamoa hayotiga ob’ektiv tzaruriyat sifatida olib kiradi.
Jamoa tarbiyaning eng muhim vositasi ekanligi haqidagi g’oya juda qadimda paydo bo’lgan va XIX asrdan boshlab pedagogika tomonidan jadallik uning nazariy asoslari bilanishlab chiqilgan. Zamonaviy jamiyat hayotining realliklari, inson ijtimoiylashuvi muammolari va insonni o’zgarib turuvchi dunyoga kirishi jamoaviy tamoyilni ijtimoiy tarbiyaning yetakchi tashkiliy asosi deb hisoblashga zamin yaratadi.
Jamoaviylik tamoyilining zamonaviy ta’rifiga ko’ra ijtimoiy tarbiya turli jamoalarda amalga oshirilib, insonga hayot tajribasi, umuman olganda esa jamiyatga ko’nikish tajribasini qo’lga kiritish imkonini beradi.
Tarbiyaning shaxs rivojlanishiga markazlashuvi tamoyili Tarbiyaning vazifasi insonni rivojlantirish ekanligi g’oyasi qadimda paydo bo’lib, ko’pgina mutafakkirlar asarlaridan joy olgan.
Bu tamoyilga ko’ra ijtimoiy tarbiyaning strategiya va maqsadi yosh avlod, o’smirlarni komil inson bo’lib yetishlariga yordam berishdir. Ijtimoiy tarbiya jarayoni, tarbiya muassasalari faqatgina shaxs rivojlanishining vositasi bo’lishlari mumkin.
Rivojlanishni inson tomonidan uch turdagi vazifalarni (tabiiy-madaniy, ijtimoiy-madaniy, ijtimoiy-psixologik hal qilish jarayoni deb qarashimiz mumkin. SHu vazifalara ko’ra, tarbiya muassasalarida ijtimoiy tarbiyani markazlashtirish lozim bo’lgan shaxs rivojining jihatlarini aniqlashtirsa bo’ladi.
Tabiiy-madaniy vazifalarni hal qilish zaruriyati inson rivojining
-jismoniy (tabiiy);
-jinsiy (fiziologik) jihatdan rivojlantirishga yordam beradi.
Ijtimoiy - madaniy vazifalarni yechish zaruriyati esa, insonning:
-intellektual (aqliy);
-ijtimoiy jihatdan rivojlanishiga zamin yaratadi.
Ijtimoiy tarbiyaning bu jihatlarining imkoniyati va o’rni turlicha, biroq u bu jihatlarning har birida u ijtimoiylashuv omillariga nisbatan qo’shimcha o’ringa ega. Bundan tashqari tarbiya muassasalarining turiga qarab ham imkoniyatlari turlicha bo’ladi.
Ijtimoiy tarbiyaning birgalikdagi faoliyat Tarbiyachi va tarbiyalanuvchi orasidagi suhbatning zarurligi g’oyasi qadimgi Elladada paydo bo’lib, o’rta asrlar ta’lim metodlarida, keyinchalik esa yangi davrning bir qator pedagoglari asarlarida o’ziga xos rivojlanishiga erishdi.
So’nggi o’n yilliklarda tarbiyaga sub’ekt-ob’ekt jarayoni sifatida qarash, keyinchalik esa, bu yondashuvni pedagogik amaliyotda tarqatish bu tamoyilni pedagogika uchun eng muhim tamoyilga aylanishiga olib keldi.
Ijtimoiy tarbiyaning birgalikdagi faoliyat tamoyiliga ko’ra bolalar, o’spirinlar, o’smirlarning ma’naviy-ma’rifiy rivojlanishii tarbiyachi va tarbiyalanuvchi orasidagi qadriyatlar (aqliy, ijtimoiy) almashuvi jarayonida amalga oshiriladi. Bular:
-dunyo madaniyatlari va aniq bir jamiyatda ishlab chiqilgan qadriyatlar;
- ijtimoiy tarbiya sub’ektlariga xos bo’lgan qadriyatlar;
-tarbiya tashkilotlarining muayyan a’zosiga xos bo’lgan qadriyatlar.
Ijtimoiy tarbiyaning birgalikdagi faoliyattamoyili tarbiyachi va tarbiyalanuvchining tengligini taqozo etmaydi. Bu hol yoshdagi tafovutlar, hayotiy tajribaning bir xil emasligi, ijtimoiy rollarning assimmetrialligi bilan izohlanadi. Birgalikdagi faoliyattamoyilida birinchi o’rinda tenglik emas, balki o’zaro hurmat va sofdillik turadi.
Tarbiyaning tugallanmasligi tamoyili.Bu tamoyil ijtimoiylashuvning merosiylik xarakteridan kelib chiqadi. Tarbiyaning tugalnmasligi tamoyili inson rivojlanishining har bir bosqichini individual va ijtimoiy qadriyat deb biladi. Bu tamoyilga ko’ra har bir bola, o’smirda doimo tugallanmagan va aslida tugallanmaydigan bir narsa bo’ladi. CHunki dunyo va o’zi bilan o’zaro munosabatda bo’la turib, ular doimo o’zgarish potensialini saqlab qolishadi (L. Tolstoy hayoti davomda unda beshta inson o’zgargan deb hisoblaydi).
Tarbiyaning tugalanmasligi tamoyiliga ko’ra tarbiyani shunday tashkil qilish kerakki, har bir yosh bosqichida inson “qayta shakllanish” imkoniyatiga ega bo’lishi lozim.
Sanab o’tilgan tarbiya tamoyillarini inobatga olish va ularning ta’minlanishi ijobiy pedagogik natijaga erishishning shartlaridan biri hisoblanadi.
Noosfera-noosfera rivojlanishining shunday bosqichini aks etadigan tushunchaki, u bosqichda insonning ongli faoliyati global muammolarning paydo bo’lishi va hal etilishiga ta’sir qiladi.
Savollar:

  1. Tarbiya ijtimoiy institut sifatida qanday o’ziga xoslikka ega?

  2. Tarbiyaning ijtimoiy vazifalarini sanab bering.

  3. Tarbiyav tamoyillarining mohiyatini:

  4. SHaxsning ijtimoiy shakllanishida jamoaviylik va tarbiyaning tugallanmaganligi tamoyillarining o’rni qanday?


Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish