9-mavzu:Nutqiy nuqsoni bo‘lgan bolalami psixologik-ijtimoiy korrektsiyalash metodlari
“____” ____________ _______ yil Navoiy shahri
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Nutqiy nuqsoni bo’lgan bolalarni aniqlash va ular bilan psixologik-ijtimoiy korreksiyalash metodlarini nazariy amaliy o’rganadilar.
Tayanch tushunchalar: bola, ijtimoiy, aqliy, jismoniy, estetik, nutqiy nuqson, rivojlanish, pedagogik, metod, tashxis, amaliy, pedagogik yordam, pedagogik faoliyat, shaxs, psixologik-ijtimoiy metodlar, korreksiyalash metodlari
Amaliy mashg’ulotidan kutilayotgan natija:
- Bolada nutqiy nuqsonlarni keltirib chiqaruvchi omillar haqida umumiy ma’lumotlarga ega bo’ladilar;
-bolada nutq buzilishiga sabablari yuzasidan tashxis metodlarning mazmun mohiyati bilan tanishadilar;
- korreksiyalash metodlarining ijtimoiy hayotga ta’siri haqidagi ma’lumotlarga ega bo’ladilar;
-bola ijtimoiylashuvidagi o’ziga xosliklar haqida ma’lumot oladilar;
-nutqida nuqsoni bo’lgan bola bilan ishlashning smarali usullarini o’rganadilar;
-tashxis va korreksiyalash metodlarini ilmiy-nazariy tahlil qilishni o’rganadilar;
Amaliy mashg’ulotining ochilishi (10 daqiqa)
1.1 Rivoyat. Qaror –dil amri
Aytishlaricha, kichkinagina jilg’a bepayon cho’lga qadar oqib boribdi. SHunda u g’oyibdan “Xavotirlanmay oqishni davom ettir”, degan ovoz eshitibdi.Ammo oqishni davom ettirish jilg’aga xatarli tuyulibdi. Negaki, notanish va no’malum qaqrab yotgan yerda oqish imkoni yo’qolib borayotganidan qo’rqib ketibdi. Axir, uning birdan bir orzusi to’lib-toshib, maroqli yashash edi. Tavakkal qilib yo’lga tushib, hayotida nimanidir o’zgartirmoqchi bo’lganida qo’rqib-qovjirab qolish dahshati paydo bo’lgandi. Ammo, g’oyibona tovush uni yana oqishga undardi. Agar oqishga qaror qilmasang, sen o’zingni nimalarga qodir ekanligingni bilolmaysan. Sen shunga amin bo’lginki, yangi hayoting o’zgacha-faraxbaxsh bo’ladi. Xotirjam holda yana oqishda davom et. “Jilg’a ruhlanib, o’z yo’lini davom ettirdi” Unga oson bo’lmadi. Sahro kun sayin jazillab, oqibatda jilg’a suvlari bug’lanib ketdi. Havoga bug’lanib ko’tarilgan jilg’anining har bir tomchi suvi bulutga aylanib ketdi. SHamol bulutni bir necha kun sahro uzra har tomon usrdi. Va... bir kuni bulut dengiz tepasiga yetib keldi-da, sharros yomg’ir yog’di.
Jilhaning hayoti o’zi kutganidan-da ortiq go’zal tus oldi.Jilg’aning yomg’irga aylanib, dengiz og’ushiga qo’shilgan suvlari qudratli to’lqinlarda mavj urar ekan, tabassumla shivrladi. “Menning hayotim necha bor o’zgargan bo’lsa ham, endilikda men o’z orzuimga erishdim”
Do'stlaringiz bilan baham: |