Pedagogika V a psixologiya kafedrasi "ijtimoiy pedagogika"


O’quv mashg’ulotining maqsadi



Download 2,46 Mb.
bet120/147
Sana28.03.2022
Hajmi2,46 Mb.
#514382
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   147
Bog'liq
Ижт пед модули 2 та

O’quv mashg’ulotining maqsadi: Bolalarning aqliy, jismoniy va estetik rivojlanishini pedagogik tashxis etish metodlarini amaliy o’rganishadi. Metodlarning mazmun mohiyatini tushunishadi.
Tayanch tushunchalar: bola, ijtimoiy, aqliy, jismoniy, estetik, rivojlanish, pedagogik, metod, tashxis, amaliy, pedagogik yordam, pedagogik faoliyat, shaxs.
Amaliy mashg’ulotidan kutilayotgan natija:
- bola aqliy, jismoniy, estetik rivojlanishining ahamiyati haqida umumiy ma’lumotlarga ega bo’ladilar;
-bola rivojlanishida tashxis metodlarning mazmun mohiyati bilan tanishadilar;
- aqliy va jismoniy rivojlangan bolaning ijtimoiy hayotga ta’siri haqidagi ma’lumotlarga ega bo’ladilar;
-bola ijtimoiylashuvidagi o’ziga xosliklar haqida ma’lumot oladilar;
Amaliy mashg’ulotining ochilishi (10 daqiqa)
1.3. RIVOYAT: Qopib gapirma, topib gapir YUrt podshosining ajoyib bir odati bor ekan: qabulda, gurung va davralarda, nogahoniy muloqotlarda kimdir unga manzur bo’ladigan ma’noli, mantiqli, chiroyli lutf qilib qolsa, podsho mamnun bo’lib, beixtiyor “Sallamno” deb yuborar ekan. SHunisi ajoyibki, sallamno so’zi podsho og’zidan chiqishi bilan xazinabon suhbatdagi dono odamga hech so’zsiz “topib gapirganing uchun, ey, zukko odam!” deganday ming tillo tanga solingan xaltachani ta’zim bilan topshirar ekan. SHu tufayli qayerda bo’lmasin, “ming tilloli xaltacha” larni podsho kishilari o’zlari bilan doimo olib yurar ekanlar. Podsho shu tarzda sallomno, - ya’ni ofarin degan mazmun kasb etgan, kishiga xushvaqtlik baxsh etuvchi so’z sharofati bilan yetti iqlimga tanilgan ekan.
Kunlardan bir kun podsho o’z odamlari bilan shikorga chiqib, kechga yaqin o’z saroyiga qaytayotganda, cho’lda o’sib yotgan bir nesa zaytun daraxtlari qatoriga yana yangi zaytun nihollarini ekayotgan bir mo’ysafidni ko’ribdi. Mo’ysafid chol o’z yoniga yaqinlashib kelayotgan otliqlarni mehmon kutgankishiday qo’lini ko’ksiga qo’yib salom bilan qarshi olibdi.
- Omon bo’ling, otajon! – debdi podsho cholga.
- Qiziq, odam degan mevasini yey deb umid bilan ko’chat ekadi. Ma’zur tutasiz-u, lekin sizning yoshingiz bir joyga borib qolibdi. SHunday bo’lsa ham ekayotgan daraxtlaringizning mevasini ko’rmoq umididamisiz?
- Tilingizga shakar, olampanoh, -deya gap boshlabdi mo’ysafid. – Mana bu katta zaytunlarni ham rahmatli bobomiz ekkanlar. Mana, biz – nabiralari ul kishining haqlariga duo qilib, ekkan daraxtlari sahovatidan bahramand bo’lib kelyapmiz. Mening nihollarim ham o’sib avlodlarimga o’z saxovatini hadya etsa, dorilbaqogda ruhimga rahmatlar yog’ilsa, ajab emas!
Podsho mo’ysafidning gapidan ta’sirlanib beixtiyor Sallamno deb yuboribdi. SHikorda hamroh bo’lgan vazir an’anaga ko’ra shu zahoti ming tillo tangali xaltachani cholga uzatibdi.
- Ezgu niyatingiz ijobat bo’lsin, otaxon! – debdi-yu, podsho otning boshini yo’lga buribdi.
G’oyibdan kelgan boylikni kaftlarida ushlab turgan mo’ysafid xayolidan o’tgan fikrdan entikib ketibdi va otliqlar ortidan qichqiribdi:
- Hazratim, bir daqiqa to’xtang! Meni ma’zur tuting, lekin dilimdagini aytmasam bo’lmas!
Otliqlar to’xtab, mo’ysafid esa ularga yaqinlashibdi
- SHohim, hali “yoshingiz bir yerga borib qolibdi, bu ko’chatlarning mevasini ko’rasizmi-yo’qmi”, degan edingiz. Qarang, ekkan nihollarimning mevasini hozirning o’zidayoq ko’rdim, -debdi mo’ysafid sevinch bilan.
- Qanday? Hali ostidagi tuprog’i qotmagan ko’chatlaringizning mevasini ko’rganingizni, qani, ayting. Biz ham shohid bo’laylik, - debdi podsho.
- Agar men nihollarni o’tqazmasdan cho’lda bekorga sandiroqlab yurganimda siz menga bu oltinlarni bermagan bo’lar edingiz. Axir bu oltinlar nihollarimning ilk mevasi emasmi?
Podsho donishmand mo’ysafidning tashbahlaridan rohatlanib sidqidildan yana Sallamno! Deb yuboribdi. Vazir bu safar ichi og’rinibroq ming tillo tangali xaltachalardan birini cholga uzatibdi. Biroq shu payt xaltachaning og’zi yaxshi bog’lanmagan ekanmi, bir dona tillo tanga xaltachadan yerga tushib ketayozibdi. Buni ko’rgan mo’ysafid chaqqonlik bilan harakat qilib, oltin tangani yerdan tushirmay, uni havodaligidayoq uni havodaligidayoq ushlab olibdi. Birpasda ikki ming tillo tangaga ega bo’lgan chol podsho haqqiga duolar aytibdi, behad minnatdorchilik izhor etibdi.
Podsho va uning odamlari mo’ysafidning zukko odam ekanligiga tasannolar aytib, ortga qaytibdilar. Lekin “arzimagan gaplar” bilan boyib olgan cholga vazirning dilida qandaydir g’ayirlik paydo bo’libdi va podshoga qitmirlik ila gap qotibdi.
- Olampanoh, haligi cholga oltin berib adashmadikmikan?
- Nechun? – debdi shoh vazir savolidan hayron bo’lib.
- Qarang, osongina ikki ming tangaga ega bo’lib turibdi-yu, yana sizdek ulug’ zot oldida ochko’zlik qilib, xaltadan tushib ketayotgan tilloga o’zini sakday otganini ko’rdingizmi? Axir o’sha bir tilloni hech kim olib qo’ymas. Bizdan keyin ham olsa bo’laverar edi-ku! SHu bois saxovatdan ozgina adashmadingizmikan-a, hazrat? Menimcha, bu chol firibgarga o’xshaydi.
Vazirining gaplari podshoga ta’sir qilmay qolmabdi. “Ha, nega mening oldimda bir dona oltin tangaga o’zini otib soldi chol? CHindan ham tangani bizdan keyin olsa bo’laverar edi-ku!” degan fikr podshoning xayolidan o’tibdi va o’sha zaytun ekayotgan mo’ysafid chol tomon shaxdam burilib otni yo’rttiribdi. Qolganlar ham shu zahoti podsho ortidan ergashibdilar.
Podsho o’zini taajjubga solgan holni yuziga aytib mo’ysafidni uyaltirmoqchi bo’libdi. Biroq mo’ysafid chol ta’nadan xafa bo’lmabdi. Aksincha uning yuziga tabassum nurlari yuguribdi.
Ey, olampanoh! – debdi dono mo’ysafid, - men siz o’ylaganchalik ochko’z emasman! Bergan oltinlaringiz, mana o’z joyida turibdi. Istasangiz, ularni qaytarib oling, bosh ustiga! Ta’birda ham tez kelgan boylik doim ham xosiyatli bo’lavermaydi, deyilgan. Xaltadan tushib ketayotgan oltin tangaga daf’atan o’zimni otishimning boisi butunlay boshqa edi.
CHol xaltachadan bir dona oltin tanganai olib podshoga ko’rsatibdi:
- Qarang, shohim! Tanganing bir tomoniga otangiz siymosi zarb etilgan bo’lsa, ikkinchi tomoniga esa “SHashkalima”ning bosh oyati zikr etilgandur. Men mana shu tabarruk zot va muqaddas so’zlar hurmati, ular tuproqqa tushmasin deb avaylab o’zimni unga otgan edim!
Podsho vaziriga bir xunuk qarash qilibdi-da, lekin yanada qat’iyroq ohangda Sallamno! Deb yuboribdi. SHohning qarashidanoq ichidan qirindi o’tib ketgan vazir oltin to’la xaltachani sarosimada qaltiray-qaltiray donishmand mo’ysafid cholga uzatibdi.
SHunday qilib, donishmand chol aql-zakovati shuuri bilan sug’orilgan odamiylik, zakiylik va e’tiqod kasb etgan samimiy mushohadalari tufayli bir necha daqiqiada katta boylikka ega bo’libdi. Donishmand mo’ysafid omadiga g’ayirligi kelgan, ezgu ishlardan yurak-bag’ri eziladigan xudbin vazirning esa yuzi shuvit bo’libdi. Zero, o’zgalar muvaffaqiyati, omadi va ishbilarmonligidan faxr etish, suyuna bilish fazilati hayotda hammada ham ustuvor bo’lsa... (Adham Karimovning “Bir gapim bor – uch tillo” kitobidan – T.: Adolat, 1992. (Til va adabiyot ta’limi, 2001. 3-soni, 70—73-betlar )

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish