LOGOMASTERDA animatsiyalar bilan ishlovchi dasturlardan biri bu - Ulead Gif Animator dasturi hisoblanadi. Dastur 1989-yilda yaratilgan boʻlib, u .gif (Graphics Interchange u Format) formatida fayllarni saqlaydi. Bu dastur bir qancha
1.3.4-rasm. Ulead Gif Animator dasturi interfeysi
imkoniyatlarga ega boʻlib, bunda kadrlarni ketma-ketligini yaratgan holda animatsiya roliklarini yaratish mumkin. Ulead Gif Animator dasturi interfeysi.
1.3.5-rasm. Ulead Gif Animator dasturining uskunalar paneli
Dastur File, Edit, View, Object, Frame, Filter, Video F/X va Help boʻlimalaridan tashkil topgan. File menyusidan New boʻlimini tanlaymiz va yangi layer ochiladi. Biror obyektni olib unga animatsiya beramiz.
1.3.6-rasm. Frame bilan ishlash
Frame menyyusidan uni kadrlarga boʻlinish holatlarini koʻrishimiz mumkin. Uskunlar panelidan obyektga yozuv yozish, rang va oʻlcham berish mumkin. Ulead Gif Animator dasturining yana bir foydalanuvchilar uchun qulaylik jihati shundaki, ishlash oson va qulay. Camtasia Studio dasturi – bu kompyuter monitori ekranidagi tasvirlarni yozib olish imkonini beruvchi juda ham qulay kuchli dastur hisoblanadi. Ushbu dastur yordamida biz ekrandagi jarayonlari oson tasvirga olishimiz, vebkameralar orqali videoga olishimiz, PowerPoint taqdimotlarini, hamda audio yozuvlarni yaratishimiz mumkin. Dastur videoni tahrirlash imkonini beradi: turli effektlar berish, toʻgʻrilash, ravshanlik, ularning oʻlchamlarini almashtirish, kerakli formatlarda saqlash va boshqalar. Camtasia Studio – video darsliklar, taqdimotlar va boshqa shunga oʻxshash kuzatuvchilarga namoyish etiladigan materiallar yaratish uchun moʻljallangan. Camtasia Studio dasturida monitor ekranidagilarni video tasvirga olishdan tashqari videoni tahrirlash imkoniyati ham mavjud. Camtasia Studio dasturidan foydalanib kompyuter monitorida yuz berayogan barcha jarayonlarni osonlik bilan yozib borish mumkin. Monitor ekranidagi butun sohani yoki uning alohida ajratilgan sohasini yozib olish mumkin, shundan soʻng video va audioning turli effektlarini berishimiz mumkin boʻladi. Monitor ekranida kuzatilayotgan jarayonlarni yozib olish uchun etarlicha yuqori unumdorlikka ega boʻlgan kompyuter tanlansa ish unumdorligi ortadi albatta. Camtasia Studio dasturining yana bir afzalligi shundaki, u oʻzining shaxsiy TechSmit Screen Capture Codec kodekiga ega boʻlib, tasvirni kodlashtirishda yaxshi natijalarni beradi. Uning algoritmi tizimga boʻlgan ortiqcha yuklanishlarni minimallashtiradi, shuning uchun ushbu dasturdan unumdorligi past boʻlgan kompyuterlarda ham foydalanish mumkin.
Dasturning asosiy imkoniyatlari:
1. Monitor ekranidagi va veb-kameralar orqali kuzatilayotgan jarayonlarni, mikrofondagi ovozni sifatli yozib olish.
2. Videolavhalarga turli xil vizual effektlar berish.
3. Videoyoʻlaklarni kesib olish, birlashtirish, oʻchirish va qoʻshish.
4. Audio yozuvlar qoʻyish va tahrirlash.
5. Videoni bizga qulay boʻlgan formatlarda saqlash SWF, FLV, AVI, MOV, WMV, PPT, GIF, RM, CAMV. Video tasvirni ushlab olish funksiyasini bajarishga moʻljallangan dasturlar soni kun sayin ortiq bormoqda. Bu esa Internetda video-kurslar va videomashgʻulotlarning koʻpayishi va ommalashishi bilan bogʻliq. Ammo ushbu dasturlarning barchasi ham bizga kerakli natijani bera olmaydi, Camtasia Studio dasturi esa boshqalardan video tasvirni sifatli ushlab olishi bilan farqlanadi.
1.3.7-rasm. Camtasia studio dastur interfeysi
Camtasia Studio dasturining asosiy oynasida bir qancha buyruqlar mavjud. Ulardan biri Camtasia Studioda ekrandagi bajarilayotgan ishlarni videoga olish uchun moʻljallangan Record the screen buyrugʻidir. Bu boʻlim ustida sichqonchaning chap tomonini bosib ishga tushirish kerak boʻladi. Bunda Camtasia Studio ekran video tasvirini amalga oshirish imkoniyatlari ekranning pastki oʻng qismida koʻrinib turadi. Ushbu qismda toʻliq ekranni olish yoki ekranning biror bir qismini olish uchun kerakli oʻlchamlar berish mumkin. Bundan tashqari video yozish vaqtida ovozni ham yozib olish yoki yozmaslik mumkin, ovozni balandligini oʻzgartirish mumkin hamda shaxsiy kompyuterning web kamerasi mavjud boʻlsa, video yozayotgan inson oʻzini ham videoga olishi mumkin. http://camtasia-studio.org
Tayyor olingan videoni saqlashimizdan avval uni tahrirlab olamiz, yaʻni uni formatlarini toʻgʻri belgilab olamiz. Biz Camtasia Studio bilan ishlaganimizda videolarni ikki formatda saqlash imkoniyatiga ega boʻlamiz. Ular .camres va .avi formatlaridir. Bizaga qulay bu .avi formatidir. Chunki .camrec formatida saqlagan fayllarimizni electron resursimizga qoʻyishga muammolar yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun videolarni tahrirlashda .avi formatida saqlaganimiz maqbulroq.
1.3.8-rasm
Videoni saqlash Yuqorida keltirilgan dinamik vositalar pedagogik dasturiy vositalar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mavzuga berilgan nazariy maʻlumotlarni talabarda yanada mustahkamlash maqsadida quyidagi metodlarni koʻrib chiqamiz. Klaster(Fikrlarni tarmoqlash) – bu pedagogik strategiya boʻlib, u tinglovchilarning biron bir mavzuni chuqur oʻrganishlariga yordam berib, mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketmaketlik bilan uzviy bogʻlagan holda tarmoqlashlariga oʻrgatadi. SWOOT(Strengthes, Opportunity, Weaknesses, Threats ) – bu pedagogik texnologiyani talabalar mavzuga oid tushuncha va atamalarni yoki kalit soʻzlarni umumiy qanday maqsadda ishlatishlari, ularning imkoniyatlari, kuchli va kuchsiz tomonlari hamda ulardan foydalanishdagi hozirda mavjud toʻsiqlarning mavjudligini bilgan holda foydalanishlari mumkin boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |