Pedagogika universiteti fizika matematika fakulteti


Pedagogik dasturiy vositalarni yaratishda LOGOMASTERDAN qoʻllaniladigan dinamik vositalar illustratsiyalar, animatsiyalar va video yaratish vositalari



Download 0,86 Mb.
bet2/12
Sana20.07.2022
Hajmi0,86 Mb.
#826674
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Yunusov Jo\'raboy kurs ishi

Pedagogik dasturiy vositalarni yaratishda LOGOMASTERDAN qoʻllaniladigan dinamik vositalar illustratsiyalar, animatsiyalar va video yaratish vositalari

Maxsus dasturlar yordamida xuddi bir varaq oq qogʻozga qalam yoki ruсhka bilan har xil LOGOMASTER rasmlarni solish singari kompyuter ekranida siсhqonсha yordamida rasm сhizish, yаʻni tasvir tuzish, tuzatish va ularni harakatlantirish imkonini yаratdi. Bu dasturlar rasm solish programmalari yoki grafik redaktorlar hisoblanib, ular yordamida tasvirning elementlari boshqarib boriladi. Bunday dasturlardan biri Adobe Illustratordir.


Adobe Illustrator dasturi C++ tilida yozilgan boʻlib, uning birinchi versiyasining ishlab chiqilishi 1985-yilda Picasso nomi bilan boshlangan. Adobe kompaniyasi Creative Cloud tizimiga kirganidan soʻng Illustrator CC chiqarildi. Oxirgi versiyasi Illustrator CC 2018.1 boʻlib, 2018-yil mart oyida chiqarilgan va mahsulotning 22-avlodi hisoblanadi. Adobe Illustrator CC gacha chiqarilgan versiyalar turli nomlar bilan atalgan. Adobe Illustratorning 1997-yildan keyingi chiqarilgan versiyalari asosan Windows va MacOS platformalari uchun chiqarilgan.6 Adobe Illustrator CC 2018 dasturi – professional darajadagi innovatsion vektor grafik muharriri boʻlib, u asosan illyustratsiyalarni yaratishda, veb-sayt tarkibiy qismida, mobil ilovalarda va videokliplarda qoʻllaniladi. Adobe Illustrator Adobening boshqa ilovalari bilan aloqani qoʻllabquvvatlaydi. Adobe Illustratorning oxirgi versiyasida veb-sayt yaratishdagi turli belgilar, naqshlar, logotiplar uchun CSS-kodni mustaqil shakllantiruvchi utilitalariga ega. Gradientlar bilan bevosita obyekt ustida ishlasa ham boʻladi. Elliptik gradientlarga oʻlchamlar, ranglarni toʻgʻrilash va shaffoflik parametrlarini sozlash imkoniyati mavjud. 7 Bundan tashqari toʻr koʻrinishida joylashgan 100 tagacha montaj sohalarini koʻrib chiqish va tartiblash ham mumkin. Istalgan vaqtda loyihani ham kompyuter qattiq diskida, ham bulutli saqlash mumkin. Adobe Illustrator dasturi yoqilganda zamonaviy foydalanuvchi interfeysi chiqadi va tizim turli takliflar beradi. 2018-yilda PC Magazine kompyuter jurnali Adobe Illustratorni vektor grafikasini tahrirlashning eng yaxshi dasturi deb atadi va ushbu dastur quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi: - Illyustratsiyalarni chiqarish funksiyasi; - Perspektivada chizish imkoniyati; 6 Михаил Райтман. ADOBE ILLUSTRATOR CC. Эксмо. 2014. 7 Adobe Creative Team. Справкапо Adobe® Illustrator® CC. Июнь 2016. 40 - Matnni avtomatik tekislash imkoniyati; - Asbob-uskunalar sozlanuvchan paneli; - Pikselli toʻrning qoʻlda boshqarish imkoniyati; - Kaskadli jadvallar va stillarni chiqarish; - Tasvirlarni vektorli grafikaga oʻtkazish; - Logotiplar uchun gradientlar yaratish imkoniyati; - Mobil qurilmalarning sensorli ekrani yordamida loyihalar ustida ishlash; - Bir qancha montaj sohalarini ishlatish (alohida yoki birga). Adobe Illustrator boshqa dasturlar kabi oʻziga xos xususiyatlarga, afzallik va kamchiliklariga ega. Uning afzalliklariga quyidagilar kiradi: - Vektorli naqshlarni yaratish; - Rastrli tasvirlarni ochish; - Belgilarning tiniqligi bilan ishlash; - Boshqaruv elementlarining intuitiv tushunarliligi; - Konturlar va chiziqlarning yuqori tiniqligi; - Adobening boshqa mahsulotlari bilan tor integratsiyasi; - Murakkab figuralar va dinamik obyektlar yaratish; - Katta va ogʻir fayllarni qayta ishlashga imkon beradi; - Grafik formatlarning katta miqdorini qoʻllab-quvvatlaydi. Adobe Illustrator dasturining kamchiliklariga esa quyidagilar kiradi: - Litsenziyaning qimmatligi; - Oʻrnatish vaqti uzoqligi; - Vaqtincha ishlatish vaqti – 7 kun; - Illustratorning yangi funksiyalari va keng imkoniyatlari faqatgina toʻliq versiyada mavjud. Ilovani birinchi bor ishga tushirganda “Uskunalar” paneli ekranning chap tomonida joylashgan boʻladi. “Uskunalar” panelidagi uskunalar Illustrator dasturida obyektlarni yaratish, ajratish va ular ustida amallar bajarish uchun ishlatiladi. Baʻzi uskunalarning parametrlari mavjud boʻlib, ular uskunalar ustiga 41 ikki marta bosganda koʻrsatiladi. Ularga kiritish, ajratish, chizish, tanlash, tasvirni oʻzgartirish va boshqa joyga koʻchirish uskunalari kiradi. 8 Adobe Illustrator oynasi esa quyidagicha koʻrinishda boʻladi:


1.3.1.-rasm.Adobe Illustrator ishchi oynasi

Illustratsiyalarni yaratishda chizish usullaridan keng foydalaniladi. Illustrator quyidagi chizish usullariga ega. - Standart usulda chizish - Obyektlar orqasida chizish - Obyektlar ichida chizish. Hozirda “Pero” uskunasi yordamida yulduz chizamiz va unga effekt beramiz. “Pero” uskunasi yordamida chizish mumkin boʻlgan eng oddiy kontur – bu “Pero” uskunasi yordamida bosish orqali yaratilgan ikkita tayanch nuqtadan tashkil topgan toʻgʻri chiziq. Uskuna yordamida sichqonchani bosishni davom 8 Евгения Ивановна Тучкевич. Самоучитель AdobeIllustratorCC. БХВ-Петербург, 2014, 353 с. 42 ettirsa burchak nuqtalari bilan bogʻlangan kesilgan toʻgʻri chiziqlardan tashkil topgan kontur yaratish mumkin.



Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish