"Avesto" - eng qadimgi ma’rifiy yodgorlik sifatida, uning tarbiyaviy ahamiyati "Avseto"da O`rta Osiyo, Ozarbayjon, Eron hamda Yaqin va O`rta Sharq xalqlarining eng qadimgi (er.av. 2-ming yillikning oxirlaridan 1-ming yillikning keyingi asrlarigacha bo`lgan) davrdagi tarixi, ijtimoiy - iqtisodiy hayoti, maishiy turmushi, axloqi, urf - odat, diniy qo`shiqlari, chorvachilik - dehqonchiligi, savdo - sotig`i, qo`shni xalqlar bilan iqtisodiy - madaniy munosabatlari yoritilgan Bir qarashda "Avesto" sof diniy mazmundagi kitobdek tuyuladi, biroq u falsafa, tarix, axloq, xalq og`zaki ijodiyoti, geografiya, biologiya, ruhshunoslik, tarbiyashunoslik, falakkiyot, tabobat va boshqa masalalarga doir qimmatli ma’lumotlarni o`z ichiga olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |