Pedagogika-psixologiya


Psixodiagnostika metodlarini tanlash va qo‘llash



Download 149 Kb.
bet5/6
Sana13.07.2022
Hajmi149 Kb.
#785882
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi11

2.2 Psixodiagnostika metodlarini tanlash va qo‘llash
Psixologik diagnostikada metodikalarning ishonchliligi muhim hisoblanadi. Maqsadga muvofiq tanlangan metodika va testlar psixik faoliyat ko‘rinishlarini to‘liq va har tomonlama o‘rganish imkonini beradi.
Bolalar ustida psixologik tadqiqotlar o‘tkazish tajribasi shundan dalolat beradiki, qo‘llanilayotgan psixodiagnostika metodikalarini shartli ravishda u yoki bu psixik jarayonlarni o‘rganish metodikalariga ajratish mumkin. Masalan, bola xotirasi haqida faqat bir metod asosida xulosa chiqarish mumkin emas, buning uchun metodikalar majmuini qo‘llash kerak. Shu bilan bir vaqtda, har bir eksperimental metodikalar o‘zining asosiy yo‘nalishidan tashqari (ya’ni shaxsning ma’lum xususiyatini o‘rganishdan tashqari) psixikaning boshqa xususiyatlari holati haqida ba’zi ma’lumotlarni beradi. Masalan: bolalarga berilgan 10 ta so‘zni qanday yodlashiga qarab, faqat uning xotirasi haqidagina emas, balki ixtiyoriy diqqati, harakatlarining maqsadga qanday yo‘nalganligi, ularning sabablari haqida ham bilsa bo‘ladi.
Tarbiyachi-tadqiqotchi u yoki bu metodikani tanlaganida, ko‘rsatmani salgina o‘zgartirganida metodikaning yo‘nalishi o‘zgarib ketishini nazarda tutishi kerak. Topshiriqni bajarishga kirishishdan oldinroq bolaga unga bo‘lgan ko‘rsatmani to‘g‘ri tushunganligiga ishonch hosil qilish kerak. Bajarilayotgan topshiriqning muvaffaqiyati ko‘p hollarda shunga bog‘liq bo‘ladi. Psixologik-pedagogik tadqiqotning sifati ekserimental qo‘llaniladigan metodikalar soniga bog‘liq bo‘ladi. Lekin bog‘cha va maktab yoshidagi bolalarda tadqiqot o‘tkazilganda ularning tez charchashini hisobga olish zarur.
Tadqiqot o‘tkazish uchun eksperimental metodikalarni tanlashda quyidagilarni e’tiborga olish zarur:
a) tadqiqot maqsadi – psixik taraqqiyot darajasini aniqlash, uning yoshga, ma’lumotiga mosligi, shaxs xususiyatlarini aniqlash;
b) sinaluvchining yoshi va uning hayot tajribasi, uning ta’lim va tarbiyasi, amalga oshirilayotgan sharoit;
d) bolaning eksperimental tadqiqotga moslashishi, muloqotga kirishishi, verbal aloqa o‘rnatish xususiyatlari.
Tanlangan eksperimental-psixologik metodikalarni bolaga darajasining o‘sib borishini hisobga olgan holda berish kerak. Tajriba jarayonida tadqiqotchi bola nimadan qiynalayotganligini aniqlaydi va unga yordamlashadi. Turli yosh davridagi bolalar guruhini tekshirishda psixodiagnostika metodikalari o‘z xususiyatlariga ega. Masalan: chaqaloqlik davridagi bolalarni tekshirishda sensamotor harakatlarni o‘rganishga mo‘ljallangan metodlar qo‘llaniladi. 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni tekshirishda sodda harakatlarni yoki og‘zaki qo‘llanmalarni bajarishga qaratilgan topshiriqlar beriladi: qalam, qog‘oz, plastilin va boshqa o‘quv vositalari qo‘llaniladigan topshiriqlar bola katta bo‘lgan sayin qiyinlashtirib boriladi. Masalan, 1–2 yoshli bolalar sensamotor sohasini tekshirishda an’anaviy metodlardan foydalanib u yoki bu harakat malakalarining qanday shakllanganligiga, ular ma’lum yosh davrida o‘rtacha ko‘rsatkichga qanchalik mosligiga e’tibor beriladi. Ko‘pincha bu tadqiqotlar bolalar motor harakati rivojlanishida kechikishning mavjudligi keyinchalik bolaning barcha psixik taraqqiyotida kechikish sodir bo‘lishining obyektiv zamini sifatida qaralishi kerak. 415 Shu bilan birga, erta yurgan bola o‘z tengdoshlarini barcha tomondan qoldirib ketadi, deb faraz qilish ham xatodir. Bola xayotining birinchi ikki yilidagi umumiy jismoniy taraqqiyot bolaning keyingi aqliy taraqqiyotini belgilamaydi (R.N. Myussen, 1987). Bolaning sensamotor sohada rivojlanish darajasi haqida uning atrofidagi turli predmetlar, jumladan, o‘yinchoqlar bilan harakat qilish xususiyatlari darak berib turadi. O‘yinchoqdan diagnostik qurol sifatida foydalanish uning tevarak-atrofidagi hodisalarni bilishga intilishi va faollik darajasi hamda predmetlardan foydalanishda amaliy ko‘nikmalarning mavjudligini aniqlab beradi. Kattaroq bolalarni tekshirishda konkret psixologik metodikalardan foydalanish mumkin. Chunki, xuddi shu davrdan boshlab so‘zli topshiriqlarni bajarish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlarni tushuna boshlaydi, unda zarur shaxsiy sifatlar shakllangan bo‘ladi, bilishga qiziqish rivojlangan bo‘ladi, u kattalar bilan birga eksperimental psixologik tadqiqotlarda nisbatan uzoqroq ishtirok etish holatida bo‘ladi.
Olti yoshli bolaning maktabga psixik jihatdan tayyorligi haqida gapirilganda ko‘pincha ma’lum reja asosida, tartibli, ko‘p qirrali maqsadga yo‘naltirilgan o‘zaro munosabatlarga asoslangan mantiqiy bog‘liq, izchil boshlang‘ich ta’limga zamin vazifasini o‘tovchi o‘sish darajasi nazarda tutiladi. Bundan tashqari bolaning oilaviy sharoiti, sog‘ligi, jismoniy o‘sish darajasi, oddiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirganlik darajasi kabi omillar ham nazarda tutiladi. Bolani o‘rab turgan ijtimoiy muhit, ta’limtarbiya jarayoni va yuqorida aytib o‘tilgan tayyorlik darajasi maktab ta’limiga tayyorgarlikning obyektiv tomoni hisoblansa, bolaning maktabga intilishi, qiziqishi, istagi, muloqotchanligi kabilar subyektiv tomoni hisoblanadi. Olti yoshli bolalar maxsus ravishda joylarda tashkil qilingan tashxis markazlarida suhbatdan o‘tkaziladi. Tashxis markazlarida faoliyat ko‘rsatuvchi psixologlar turli uslublar, testlar, so‘rovnomalar yordamida har bir bolaning o‘ziga xos psixik xususiyatlarini aniqlab beradi. Bunda psixolog bolaning individual xususiyatlarini, sog‘ligini va psixik tomondan sog‘lomlik holatlarini, psixik jarayonlari, xususiyatlari, holatlarini aniqlab beradi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da bolalarning rivojlanishi va maktabga tayyorlash dasturining asosiy vazifalari: «Bolalarni har tomonlama yetukligi, ularning qobiliyatlari, intilishlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda maktab ta’limiga tayyorlash hamda milliy, umuminsoniy qadriyatlarga, mustaqillik g‘oyalariga sodiq holda voyaga yetib borishini ta’minlashdan iborat»dir. Bolaning maktabga tayyorligi davlat me’yoriy hujjatlari bilan aniqlanadi.
Davlat talablarining asosiy maqsadi yosh avlodni milliy istiqlol mafkurasi asosida sog‘lom, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalashdan va maktab ta’limiga tayyorlashdan iboratdir: Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o‘tishi hamisha uning hayoti, axloqi, qiziqish va munosabatlarida jiddiy, tub o‘zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolani maktabgacha ta’lim muassasasida yoki uydayoq maktab ta’limiga tayyorlash, bolaning yosh xususiyatiga doir bilim, ko‘nikma va malakalar bilan tanishtirish kеrak bo‘ladi. Bunday tanishtiruv, moslashuv davrining jiddiy qiyinchiliklaridan xalos bo‘lishga yordam bеradi. Bolaning maktabga tayyorgarligi undagi idrok, kuzatish, xotira, tafakkurning rivojlanishi, vaqt va fazoviy tushunchalar olami, ijtimoiy hodisalar haqidagi tasavvurlarning shakllanishi bilan bеlgilanadi. Maktabga tayyor bo‘lmagan bolalar o‘qituvchiga birmuncha qiyinchiliklar olib keladi. Ularning yarmidan ortig‘i keyinchalik o‘zlashtirmovchilar qatoriga qo‘shiladilar. Birinchi sinf dasturida berilgan bilimlarni oldindan egallagan bolada ham maktabda o‘qishga nisbatan qiziqish so‘nadi. Mana shularning hammasi o‘qituvchining psixodiagnostik mahorati bi- 427 lan belgilanadi. Bu mahorat o‘qituvchining odamlarni ajrata olish xususiyatida ko‘rinadi.
Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘zlarining faoliyatlari uchun qandaydir ahamiyatga ega bo‘lgan, ularda kuchli taassurot qoldirgan va ularni qiziqtirgan narsalarni beixtiyor eslarida olib qolaveradilar. Ular biror narsani eslarida olib qolishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ymaydilar va hali maqsad qo‘yishni uddasidan ham chiqa olmaydilar. Maktabgacha yoshdagi bolalarda asosan ixtiyorsiz esda olib qolishning hukmron bo‘lishi tasodifiy hol emas. Buning o‘z sabablari bor. Har bir tarbiyachi pedagog bolalar xotirasiga doir xususiyatlarni yaxshi bilishi kerak. Ana shunda bolalar xotirasini to‘g‘ri rivojlantirish mumkin.
Bog‘cha yoshidagi bolalar xotirasining katta odamlar xotirasidan keskin farqi, avvalo ular oliy nerv faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liqligidadir. Bir qator rus psixologlari tomonidan o‘tkazilgan ilmiy tekshirish ishlari natijalarining ko‘rsatishicha, bog‘cha yoshidagi bolalar oliy nerv faoliyati quyidagi maxsus xususiyatlarga ega.
Birinchidan, bog‘cha yoshidagi bolalarning nerv sistemasi xuddi ilk yoshdagi bolalar nerv sistemasi kabi juda plastik xarakterga egadir, ya’ni ularning nerv sistemalari haddan tashqari egiluvchan, ta’sirotga beriluvchandir. Shuning uchun ham bu yoshdagi bolalarda vaqtli bog‘lanishlar (assotsiatsiyalar) juda yengillik bilan hosil bo‘ladi. Bolalar nerv sistemasining xususiyati ularning esda olib qolish qobiliyatlariga ham ta’sir etmay qolmaydi. Shu sababli maktabgacha yoshdagi bolalar qo‘shiq, ritmli she’r, qiziqarli va chuqur ta’sir etadigan narsalarni beixtiyor hamda juda tez eslarida olib qolaveradilar.
Ikkinchidan, bog‘cha yoshidagi bolalar nerv sistemasi yengil qo‘zg‘aluvchan bo‘lishi bilan birga yuzaga keladigan vaqtli bog‘lanishlar (assotsiatsiyalar) juda beqaror bo‘ladi, ya’ni mustahkam bo‘lmaydi. Shuning uchun bu yoshdagi bolalar tomonidan idrok qilingan turli narsa va hodisalar ularning xotiralarida uzoq vaqt saqlanib qol- 340 maydi. Ular tez esga olishlari bilan birga tez unutib ham yuboradilar. Ko‘pincha narsa va hodisalarning bog‘cha yoshidagi bolalar xotiralarida mustahkam saqlanib qolishi shu narsa va hodisalarning bolaga qanchalik emotsional ta’sir qilishiga bog‘liq bo‘ladi. Uchinchidan, bog‘cha yoshidagi bolalar nerv sistemasida qo‘zg‘alish jarayoniga nisbatan tormozlanish jarayoni ancha sust bo‘lganligi tufayli ular o‘xshash va birdaniga, ya’ni bir vaqtning o‘zida juda ko‘p idrok qilingan narsalarning farqini yaxshi ajrata olmaydilar. Shuning uchun ular birdaniga idrok qilgan juda ko‘p narsalarni bir-biri bilan aralashtirib yuboradilar.
Agar bog‘cha yoshidagi boladan kechagi bayram kuni bo‘lgan, ya’ni idrok qilgan narsalarini bir boshidan so‘zlab berish iltimos qilinsa, u ma’noli va izchil qilib so‘zlab berolmaydi. Bola bunday holda gapni tasodifiy esiga tushib qolgan narsalardan boshlab ketaveradi. Chunki birdaniga ko‘rgan juda ko‘p narsalarini bola tamoman aralashtirib yuborgan bo‘ladi. Bola esida olib qolgan narsalarida hali izchillik yo‘q. Shuning uchun bola dastavval chuqur taassurot qoldirgan, ya’ni esida chuqur o‘rnashib qolgan narsalardan boshlab gapiraveradi.
Demak, bundan shunday xulosa chiqarish mumkin. Agar bog‘cha yoshidagi bolalarga bir vaqtning o‘zida haddan tashqari ko‘p narsalar ko‘rsatilsa, ular hamma narsalarni bir-biri bilan aralashtirib yuboradilar va birontasini ham puxtaroq esda olib qololmaydilar. O‘tkazilgan tajribalarning ko‘rsatishicha, kichik bog‘cha yoshidagi bolalarga nisbatan o‘rta va katta yoshdagi bog‘cha bolalarida ixtiyorsiz va mexanik ravishda esda olib qolish hamda esga tushirish qobiliyati biroz susayadi. Ammo bundan, bolalar ulg‘aygani sari ularning xotirasi kuchsizlanadi, degan xulosa kelib chiqmaydi. Bu yerda gap shundaki, bolalar o‘sib, turmush tajribasi ortgan va nutqi o‘sgan sari ular narsa va hodisalarni surunkasiga, ya’ni to‘g‘ri kelganicha emas, balki tanlab, ya’ni o‘zlariga kerakligini esda olib qoladigan bo‘la boshlaydilar.
So‘nggi yillarda o‘tkazilgan eksperimental tekshirishlar natijalarining ko‘rsatishicha, bog‘cha yoshidagi bolalarda ham narsa va so‘zlarning ma’nosiga tushunib esda qoldirish samarali ekani aniqlangan. Lekin bog‘cha yoshidagi bolalarning mantiqiy esda qoldirishlari ularga to‘la tushuniladigan ma’lumotlar berilganda ochiq ko‘rinadi.
Kichik bog‘cha yoshidagi bolalarda ko‘proq obrazli xotira rivojlangan bo‘ladi. Shuning uchun ular eshitgan narsalariga nisbatan ko‘rgan narsalarini yaxshi eslarida olib qoladilar. Buning asosiy sababi, birinchidan, kichik bog‘cha yoshidagi bolalarning idroklari aniq obrazli xarakterga ega, ikkinchidan, ularda hali nutq to‘la-to‘kis shakllanmagan. Bolalar yuqori guruhlarda nutqni anchagina egallab olganlaridan keyingina so‘z orqali ifodalangan narsalarni esda yaxshi olib qoladigan bo‘ladilar. Bolalar juda ko‘p narsalarni asosan turli o‘yin faoliyatlari davomida eslarida olib qoladilar. Shuning uchun ularning esda olib qolishlari ko‘pincha epizodik va tasodifiy xarakterga ega bo‘ladi. Bu esa eslarida olib qolgan narsalarni ma’lum bir sistemaga solishni qiyinlashtiradi. Shu tufayli bolalarning xotiralaridagi narsalar tartibsiz, bir-biri bilan aralashib ketadi. Natijada biron narsani esga tushirishlari qiyin bo‘ladi. Bog‘cha yoshidagi bolalar xotirasiga xos bo‘lgan tartibsizlikni yo‘qotish va xotirasini o‘stirish juda ko‘p jihatdan tarbiyachilarga bog‘liqdir.
Tarbiyachi bolalarni esda olib qolishlari lozim bo‘lgan ma’lumotlarni ularning yosh xususiyatlariga mos qilib tanlashi kerak. Bolalar xotirasini mashq qildirishda turli mazmunli o‘yinlardan, mashq va treninglardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Masalan, «Magazin-magazin» o‘yini, har turli loto o‘yinlari, topishmoqli o‘yinlar, didaktik va maxsus xotira o‘yinlari shular jumlasidandir. Umuman, bolaning ma’lumotni esda olib qolishini va qayta esga tushirishini tarbiyachi doimo boshqarib borishi zarur. Chunki bog‘cha yoshida xotiraning hamma tiplari o‘sa boshlaydi. Biroq shu narsa xarakterliki, xotiraning asosiy turlari orasida (masalan, obrazli, mexanik, mantiqiy kabi) harakat xotirasi nisbatan kuchliroq rivojlanadi. Shuning uchun ham turli harakatlarni hamda musiqa ostida o‘ynashni bu yoshdagi bolalar osonlik bilan o‘zlashtiradilar. Mexanik tarzda o‘zlashtiriladigan nutq ma’lumotlari ham qisman harakat xotirasiga kiradi. Shu sababli bog‘cha yoshidagi bolalar tez aytiladigan turlicha ritmdagi she’rlarni bir-ikki qaytarishdayoq yodlab oladilar (masalan, bekinmachoq, o‘yinini o‘ynash oldidan aytiladigan «sanash»lar). Bekinmachoq o‘yinining «sanash»larida hech qanday ma’no yo‘q, lekin juda ifodali, jarangli ritmika bor.
Bog‘cha yoshidagi bolalarda emotsional xotira yaxshi bo‘lsa ham, lekin xotiraning bu turi bolalarga nisbatan katta odamlarda kuchliroq bo‘ladi. Katta odamlar kuchli emotsional ta’sir qilgan ba’zi narsa va hodisalarni hech vaqt eslaridan chiqarmaydilar.
Bog‘cha yoshidagi bolalar esa kuchli emotsional ta’sir qilgan narsalarni ham ba’zan eslaridan chiqarib qo‘yishlari mumkin. Bolalar xotirasini o‘stirishda tarbiyachi va ota-onalarning nutqi ham nihoyatda katta rol o‘ynaydi. Bola bilan gaplashilganda nutq sodda, talaffuz aniq va tushunarli bo‘lishi kerak. Xotiraning taraqqiyoti bolaning bog‘cha yoshidagi davrida tugallanmay bolaning bundan keyingi taraqqiyotida, ya’ni ta’limtarbiya va turmush tarziga qarab o‘zgarib, o‘sib boradi. Shuni ham qayd qilib o‘tish kerakki, ma’lumotni idrok qilishda sezgi organlari qanchalik ko‘p ishtirok etsa, ma’lumot shunchalik tez va puxta esda qoladi. Bu haqda mashhur rus pedagoglaridan K.D.Ushinskiyning quyidagi gaplari juda ham o‘rinlidir. «Bolaning esida biror narsaning mahkam o‘rnashib qolishini xohlovchi pedagog, bola sezgi organlarining mumkin qadar ko‘prog‘ini ko‘zi, qulog‘i, tovush organi, muskul sezgisi va hatto, agar iloji bo‘lsa, hidlash va ta’m bilish organlarini esda tutib qolish jarayonida qatnashtirishga harakat qilishi kerak». Demak bola xotirasi ustida qancha ko‘p va puxta ishlansa bolaning maktab ta’limini o‘zlashtirishi ham shunchalik oson kechadi.


XULOSA
Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim muassasalari jadal rivojlanmoqda.Davlatimiz tamonidan maktabgacha ta’lim muassasalariga katta shart sharoitlar yaratilib berilmoqda.Prezidendimiz takidlaganidek tarbiyachilarimiz mavqeini jamiyatda ko’tarish va tarbiyachilarning oylik maoshlarini ko’tarishni takidladilar.Endilikda MTMlarimiz zamon talablariga javob beradigan darajaga erishildi.Bolalarni jahon standartiga javob beradigan kadr qilib tarbiyalash uchun davlat talablari va ilk qadam dasturlari ishlab chiqildi.Bolalarni har tamonlama rivojlantirish,barkamol shaxs sifatida shakllantirish qilib tarbiyalash uchun hozirgi kunda barcha shart sharoitlar yaratib berilyabdi. Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘ladi. Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining kasbiy faoliyatiga aralashishga, ta’lim oluvchilarning bilimlarini to‘g‘ri va xolis baholashga ta’sir ko‘rsatishga, shuningdek ushbu pedagog xodimlarning xizmat majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Pedagog xodimlar quyidagi huquqlarga ega: o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish; o‘quv dasturlari doirasida mualliflik dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish, o‘qitish uslubiyotini ishlab chiqish, shuningdek tegishli o‘quv fanlari, kurslari, modullaridan foydalanish, ijodiy faollik ko‘rsatish; zamonaviy pedagogik shakllarni, o‘qitish va tarbiya vositalarini, usullarini erkin tanlashga yordam beradi.Maktabgacha ta’lim tizimini shakllantirish haqida bir qancha yo’nalishlar va g’oyalar bizda tug’ildi.Maktabgacha ta’limda borayotgan bolalaruchun ham umum ta’lim oliy ta’limdek akademiiyalar tashkil qilish har bir maktabgacha yoshdagi bolalarni bilim va qobilyatiga qarab gurhlar tashkil etish samarali bo’ladi degan xulosamiz.
Наr tomonlama yetuk, barkamol shaxsni tarbiyalash hozirgi kun ta’lim tizimi oldidagi dolzarb muammolardan biridir. Barkamol shaxsni tarbiyalashda u dunyoga kelganidan boshlab, to maktabgacha tarbiya yoshigacha bo‘lgan davrdagi psixologik xususiyatlarini bilish tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar, ota-onalar uchun muhim ahamiyatga ega. 0 ‘quv qo‘llanmada maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalik, ya’ni bola tug‘ilganidan boshlab, maktab yoshigacha bo‘lgan davrini qamrab olgan. 0 ‘quv qo‘llanmada bolalar psixologiyasining hozirgi vaqtdagi dolzarb muammolari ko‘proq o‘z aksini topgan. Mamlakatimiz prezidenti I.A.Karimov asariarida 0 ‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida, Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillarida taibiyachilar, pedagoglar oldiga ulkan vazifalami yuklamoqda. Ana shu vazifalami amaliyotda o‘z ifodasini toptirishda bolalar psixologiyasi va uni o‘qitish metodikasi fani muhim rol o‘ynaydi. 0 ‘quv qo‘llanma ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismida bolalar psixologiyasi fanining metodlari, vazifalari va uning boshqa fanlar bilan aloqasi, chaqoloqlik, go‘daklik, ilk bolalik va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalaming bilish jarayonlari, hissiy-irodaviy, motivatsion jihatlarining shakllanishi chuqur tahlil qilingan. Qo‘llanmaning ikkinchi qismida bolalar psixologiyasi, umumiy psbcologiya, yosh va pedagogik psixologiya kabi fanlardan ma’ruza, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha qimmatli materiallar berilgan.


Download 149 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish