Pedagogika-psixologiya


Mavzuning maqsad va vazifalari



Download 149 Kb.
bet2/6
Sana13.07.2022
Hajmi149 Kb.
#785882
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi11

Mavzuning maqsad va vazifalari: O’tgan davr mobaynida mamlakatimizda o’sib borayotgan avlodni sog’lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi.
Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari sonini yanada oshirish va ular ko’rsatadigan xizmatlar turlarini kengaytirish uchun mustahkam poydevor bo’ldi.
Shu bilan birga, olib borilgan tahlil, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovini ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalarini zamonaviy o’quv-metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan to’ldirish, sohaga malakali pedagog va boshqaruv kadrlarini jalb qilish masalalarini hal etish zarurligini ko’rsatmoqda.
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha ta’limdan teng foydalanishini ta’minlash, maktabgacha ta’lim xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish maqsadida, shuningdek, maktabgacha ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;
- maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
- bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrovini oshirish, undan teng foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;
- maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg’or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
- maktabgacha ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish shaffofligi va samaradorligini ta’minlash;


I BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatining psixologik tavsifi.
1.1 Maktabgacha yoshdagi bolalar taraqqiyoti va faoliyatining psixologik tavsifi
Bolalar psixologiyasi muhim fanlardan biri bo‘lib, u XIX asrning ikkinchi yarmida umumiy psixologiyadan mustaqil fan sifatida ajralib chiqqan. Bolalar psixologiyasi bolalarni o‘rganuvchi fandir. Biroq bolalarni faqat bolalar psixologiyasi emas, balki boshqa fanlar ham o‘rganadi. Bolalar psixologiyasi bolalarni maxsus tarzda psixologik jihatdan o‘rganadi.
Bolalar psixologiyasi – bolaning tug‘ilgan vaqtidan boshlab to maktab yoshiga yetgunga qadar psixik jihatdan taraqqiy etish qonuniyatlarini va shaxsiy psixologik xususiyatlarining tarkib topishini o‘rganadigan fan. Bola odam sifatida tashqi jihatdan katta yoshli odamlarga o‘xshasa ham o‘zining psixik jarayonlari va shaxsiy psixologik xususiyatlarining mazmuni jihatidan katta yoshli odamlardan keskin farq qiladi. Bolalarda hali turmush tajribasi deyarli yo‘qligi sababli ularning sezgi va idroklari, tafakkur va xayollari, hissiyot va irodalari katta yoshli odamlardagidek bo‘lmaydi. Bolalar psixologiyasi har bir taraqqiyot bosqichidagi (ya’ni go‘daklik, ilk yosh va maktabgacha yoshdagi) psixik jarayonlarning rivojlanib borishini o‘rganadi.
Bolalar psixologiyasi predmetining muhim tomonlaridan biri turli yoshdagi bolalarga sezish, idrok, diqqat, xotira, nutq, tafakkur, xayol, hissiyot va iroda kabi psixik jarayonlari va holatlarining namoyon bo‘lishi, taraqqiy etishi hamda takomillashuvining qonuniyatlarini o‘rganishdan iboratdir. Bolalar psixologiyasi bola shaxsiy psixologik xususiyatlarining tarkib topishi va bolalar shaxsining tarkib topishiga faol ta’sir qiluvchi omillarni chuqur analiz qiladi. Ma’lumki, bola shaxsi va uning shaxsiy psixologik xususiyatlari qandaydir tasodifiy omillarning tartibsiz ta’sir etishi natijasida emas, balki muayyan konkret omillarning qonuniy ta’sir etishi natijasida tarkib topadi. Ana shu muhim qonuniy tarzda ta’sir qiladigan omillarni ochish va isbotlash bilan bolalar psixologiyasi shug‘ullanadi. Bolalar psixologiyasi bolalar 226 shaxsi va shaxsiy psixologik xususiyatlarining tarkib topishi kabi muhim ilmiy tushuncha va natijalarni o‘rganib, har tomonlama rivojlanishga yo‘naltirilgan barkamol shaxsni tarbiyalab yetishtirish qonuniyatlarini ochib beradi.
Bolalar psixologiyasi o‘zining murakkab predmetini tatbiq qilishda psixik taraqqiyotning asosiy qonuniyatlariga asoslanadi hamda bola ongining ijtimoiy-hissiy, psixofiziologik jihatdan hayotga bog‘liqligini isbotlab beradi. Tabiat va jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlaridan xabardor bo‘lish bolalar psixologiyasida, bolalar psixik taraqqiyotini o‘rganishda va «tabiiy zot» bo‘lib tug‘ilgan bolaning inson ijtimoiy tajribasini egallab, shaxs bo‘lib yetishishi davomida to‘g‘ri yo‘l topishga yordam beradi.
Bolalar tarbiyasi va ta’lim olishlari, ularning qonuniy huquqlari va manfaatlari himoyasi borasida ota-onalarning o‘rni va javobgarligi muhim hisoblanadi. Shunga muvofiq so‘nggi yillarda «Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan Davlat talablari» (2017-yil, 9-iyun, 5-mh son) maktabgacha ta’lim tayanch dasturi, «Bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim», «Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya» kabi hujjatlarga asoslanish bola shaxsini shakllantirishning muhim omili hisoblanadi. «Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari» maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida har tomonlama rivojlantirish, ta’lim-tarbiya berish, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha davlat talablarini belgilaydi. Davlat talablari:
– davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;
– nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari;
– qisqa muddatli guruhlar;
– 7 yoshgacha bolalar mavjud bo‘lgan mehribonlik uylari va bolalar shaharchalariga nisbatan tatbiq etiladi.
Davlat talablarining vazifalari:
– bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlash;
– bolalarning sog‘lom va har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlash hamda unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otish
– bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun integral ta’limni tashkil etish;
– shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiyani amalga oshirish;
– bolalarni xalqimizning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish;
– bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlashda ularning ota-onalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish hamda ota-onalarga amaliy jihatdan ko‘maklashish;
– bolalarda ijtimoiy-kommunikativ, axloqiy, estetik, intellektual, jismoniy sifat va salohiyatlarni uyg‘otish hamda rivojlantirish;
– bolalarni sog‘lom turmush tarzi bilan tanishtirish;
– bolalarda mustaqillik, mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik xislatlarini shakllantirish;
– bolalarga dunyo haqida tushunchalar berish va tasavvurlarini kengaytirish;
– bolalarning yoshi, individual, psixologik va jismoniy xususiyatlari hamda qobiliyatini inobatga olgan holda ta’limtarbiya jarayonini tashkil qilish. Davlat talablari quyidagi sohalar bo‘yicha belgilanadi:
– jismoniy rivojlantirish va madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarni shakllantirish;
– ijtimoiy-kommunikativ rivojlantirish;
– nutq, savod, o‘qish va chet tillarini o‘rgatilishiga tayyorlash;
– bilish jarayonini rivojlantirish;
– badiiy adabiyotlar bilan tanishtirish va badiiy estetik rivojlantirish.
Ijtimoiy-kommunikativ rivojlantirish sohasi quyidagi yo‘nalishlarga bo‘linadi:
– ijtimoiylashuv, muloqot va odob-axloq qoidalarini shakllantirish;
– bolaning oila va jamiyatda o‘zini tutishi;
– bolada mehnat tarbiyasini shakllantirish;
– xavfsizlik asoslarini shakllantirish.
U maktabgacha ta’lim tizimining mohiyatini belgilaydi va maktabgacha ta’lim muassasalarini mulkchilik shaklidan 228 qat’i nazar, barcha bolalarning tengligi va bolalir qadriyatini saqlagan holda har bir bolaning individual rivojlanishini ta’minlashga yonaltiradi. Bolalar psixologiyasining fanlararo bog‘liqligi Bolalar psixologiyasi o‘z predmetini o‘rganishda umumiy psixologiyaning inson psixikasi haqida qo‘lga kiritilgan yutuqlariga asoslanadi. Masalan, umumiy psixologiyaning psixik jarayonlar, psixik holatlar, xususiyatlar, inson shaxsi va uning faoliyati haqidagi ta’limotlaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri foydalanadi. O‘z navbatida umumiy psixologiya ham bolalar psixologiyasining yutuqlariga asoslanadi. Umumiy psixologiya normal taraqqiy etgan katta yoshdagi odamlarning psixik jarayonlari va individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganar ekan, bu psixik jarayonlar va individual-psixologik xususiyatlarning paydo bo‘lishini bilish kerak bo‘ladi. Psixik jarayonlar va shaxsiy psixologik xususiyatlarning turli yoshdagi bolalarda paydo bo‘lishi masalasi bilan yosh davrlari psixologiyasi shug‘ullanadi.
Demak, bolalar psixologiyasi bilan umumiy psixologiya hamda yosh davrlari psixologiyasi fani o‘zaro uzviy bog‘liq fandir. Bolalar psixologiyasi anatomiya va fiziologiya fanlari tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlardan ham keng foydalanadi. Bunda bolalar psixologiyasi xususan bolalar nerv sistemasi va oliy nerv faoliyatining ma’lumotlaridan foydalanmay ish ko‘ra olmaydi. Bolalar nerv sistemasining sog‘lom rivojlanishi va me’yoriy ishlashi bola psixikasi rivojlanishining muhim shartlaridandir. Shuning uchun bolalar psixologiyasi mutaxassislari bola nerv sistemasining taraqqiyot masalalari bilan bevosita tanish bo‘lishlari lozim. Bolalar psixologiyasi pedagogika fani bilan ham yaqindan aloqadadir.
Pedagogika fani yoshlarga ta’lim-tarbiya berish va ularni har tomonlama rivojlantirish haqidagi fandir. Bolalar psixologiyasi ta’lim-tarbiyaning maqsadi, yo‘l-yo‘riqlari va vazifalariga doir fikrlarni pedagogika fanidan oladi hamda unga yaqindan yordam beradi. Bolaning aqliy taraqqiyoti qonunlaridan xabardor bo‘lish turli yoshdagi bolalar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini to‘g‘ri tashkil qilish imkoniyatini beradi. Ta’lim-tarbiya berishga yo‘naltirilgan maxsus fanlar bolalar psixologiyasi negizida ish ko‘radi. Bolalarda hosil qilinishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va odatlarni shakllantirishda ularning psixik taraqqiyotini hisobga oladi va yondashadi.
Bolalar psixologiyasi bolalar gigiyenasi, bolalardagi kasalliklarni o‘rganuvchi pediatriya va bolalar psixopatologiyasi bilan ham bog‘liqdir. Bu fanlar bolalar psixologiyasi namoyandalariga bolalar psixik taraqqiyotining normal borayotganini chuqurroq bilish va normal taraqqiyotdan burilish sabablarini aniqlash imkonini beradi. Bolalar psixologiyasi esa, o‘z navbatida, bolalarning normal psixik taraqqiyotini aniqlab berishi bilan birga shifokorlarning bola psixologiyasini yanada yaxshiroq tushunib olishlariga yordam beradi. Psixik taraqqiyotdan kechikayotgan va rivojlanishida nuqsoni bor bo‘lgan bolalar psixikasini maxsus psixologiya fani o‘rganadi.
Logopediya nutq faoliyati buzilishining sabablari, mexanizmlari, belgilari, yo‘nalishlarini o‘rganadi.
Defektologiya fani ko‘rinishida, eshitishida nuqsoni bo‘lgan, psixik rivojlanishi orqada qolgan, aqli zaif, nutq nuqsoniga ega bo‘lgan, tayanch apparatida nuqsoni bor bolalar, serebral falaj (markaziy nerv sistemasining shikastlanishi), autizm sindromiga chalingan bolalarni o‘rganadi va korreksion ishlar olib boradi. Bolalar psixologiyasi bola shaxsi va shaxsiy psixologik xususiyatlarining tarkib topishini o‘rganishda bolalar adabiyotidan, xususan, avtobiografik asarlardan keng foydalanadi. Har bir bola ertak eshitib ulg‘ayadi. Xalq og‘zaki ijodi, ertaklar, hikoyalar, afsonalar, matallar, masallar va boshqa janrlar bolani o‘zining sehrli olamiga yetaklaydi. Bola unda katta hayotni ko‘radi, olam bilan tanishadi, jonli va jonsiz dunyoni ko‘radi. Ertaklar bolalarda ijobiy xulq-atvorni mustahkamlaydi, kelajak hayotga hozirlaydi. Shunday qilib, bolalar psixologiyasi bolalarning murakkab psixik jarayonlari va shaxsiy psixologik xususiyatlarini o‘rganishda bir qator fanlarning qo‘lga kiritgan yutuqlaridan foydalanadi hamda bu fanlarga ham o‘z predmetlarini chuqurroq o‘rganishlarida yaqindan yordam beradi.
Bolaning 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan maktabgacha yoshi bolalik davrining katta bir qismini tashkil etadi. Asosan mana shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyatlari rivojlanadi hamda shaxsiy individual xususiyatlari (shaxsiy fazilatlari) tarkib topa boshlaydi. Rus pedagoglaridan P.F.Lesgaftning fikricha, insonning maktabgacha yoshidagi davri shunday bir davrki, ana shu davr mobaynida kelgusida qanday xarakter xislatlari paydo bo‘lishi belgilanadi va axloqiy sifatlarining asoslari yuzaga keladi. Insonning kamol topa borishida maktabgacha yoshdagi davrning ahamiyatiga doir P.F.Lesgaftning bu fikri rus pedagogi A.S.Makarenkoning quyidagi fikriga to‘la mos keladi. A.S.Makarenko bolalarni juda kichik davridan boshlab tarbiyalash zarurligi haqida gapirib, tarbiyaning eng muhim asoslari bolaning besh yoshgacha bo‘lgan davri mobaynida yuzaga keltiriladi. Mana shu davrda qilingan butun tarbiya, tarbiya jarayonining 90% ini tashkil etadi, degan edi.
Haqiqatan ham bolaning maktabgacha yoshidagi davri shu qadar mazmundor va faol davrdirki, bu davr bolaning kelgusi o‘sishida albatta o‘z aksini qoldiradi. Shuning uchun maktabgacha yoshidagi davr ta’sir o‘tkazish kuchi jihatidan g‘oyat mas’uliyatlidir. Bola ilk yoshdan maktabgacha davrga o‘tgach, uning butun yashash sharoitida jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi. Birinchidan, bola bog‘cha yoshiga o‘tgach, uning faoliyat doirasi ancha kengayib, mustaqilligi yanada ortadi. Uning o‘yinlari, xattiharakatlari ham boshqacha mazmunga ega bo‘la boshlaydi. Ikkinchidan, bolaning butun faoliyatida nutqning roli orta boradi. Uchinchidan, bola maktabgacha yoshga o‘tgach, muayyan dastur asosida maxsus pedagog tomonidan tarbiyalana boshlaydi. Maktabgacha yoshdagi bolaning yashash sharoitida yuzaga kelgan bu o‘zgarishlar uning jismoniy va psixik jihatdan o‘sib kamol topishniga ta’sir etmay qolmaydi.

Download 149 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish