III BOB Kasbiy ustanovkani aniqlashga doir metod
3.1 O’smirlik davrida kasbiy ustanovkani aniqlash yuzasidan tavfsiya qilingan metodlar.
Har bir shaxs faoliyatining mahsuli unga xos bo`lgan psixik odatlarni va individual sifatlarni aniqlashga yordam beradi. Metodlar tadqiqot ishlarida ham, bilim berishda ham qo’llaniladi. Ushbu bobda bilim berish metodlari haqida emas, balki fan uchun, uning rivojlanishi uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni to’plashdagi qo’llaniladigan tadqiqot metodlari haqida so’z boradi.
Tadqiqiy metodlarning 2 ta turi mavjud;
1. Longityud
2. Kesimli Longityud metodi – ma’lum kishilar guruhi yoki aniq kishilarning bir xil belgilariga ko’ra psixik xususiyatlarini davomli va muntazam o’rganishni nazarda tutadi.
Kesimli metod – ma’lumotlarni tadqiqotda qatnashuvchilarning turli guruhlariga nisbatan taqqoslash xosdir. Bu metod orqali sinovdan o’tayotgalarning ko’p miqdorini qisqa vaqt ichida qamrab olishi mumkin. Kesimli tadqiqotlarni o’tkazishda savol-javob usullari, testlar tajribalar keng qo’llaniladi.
Longityud metodi - kasbiy shakllanishda individual yo’lni o’rganishga yordam beradi. Mazkur metod yordamida shaxsning obro’ orttirishi uning faoliyatidagi turli xildagi tanqidiy holatlarini aniqlaydi. Psixologiyada qo’llaniladigan tadqiqot usulari kelib chiqishiga ko’ra umumpsixologik ko’rinishga ega, lekin spesifik xususiyatiga ega emas. Kasb psixologiyasi yosh psixologiyasiga yondosh ekanligini hisobga olsak, bu o’z navbatida shakllanib bo’lgan metodlarni o’zlashtirishga olib keladi. Barcha tadqiqotlarda keng doirada metodlarni qo’llash o’ziga xos tadqiqiy metodlarni yaratilishiga olib keladi. Kasb psixologiyasi tadqiqot metodlarining tizimlanishi, ularning qo’llanishi sohasini aniqlash shuningdek, sifat, xususiyatini ko’rib chiqish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Psixologiya fanida yagona umuman olganda, tadqiqotlar metodlarining to’liq tasnifi mavjud emas. Ko’pincha, alohida metodlar yoki psixologiyada ma’lum muammoni hal etishga tavsiya etiladigan metodlar ro’yxati beriladi. Psixologiyaning metodlar tizimini tahlil etgan olimlar quyidagi metodlar guruhini taklif etadi. 1. Tadqiqotni tashkillashtirish va rejalashtirish metodlari, ya’ni tashkiliy metodlar. 2. Dalillar to’plash, ilmiy ma’lumotlar olishga qaratilgan empirik metodlar(usullar). 3. Ma’lumotlarni qayta ishlash usullari 4. Interpretasion metodlar(usullar). Boshqa bir qator psixolog-olimlar psixologiyasining quyidagi usullarini ajratishadi: 1. Sub’ektiv metodlar (o’zini o’zi kuzatish); 2. Ob’ektiv metodlar (kuzatishning xar xil turlari; eksperimental, testlar, savol-javob, so’rovnomalar). Afsuski, bu metodlar muallifi psixologiya metodlarining tasniflanishini (klassifikasiya) taqdim etmay, faqatgina psixologiya fanidagi mavjud metodlarini sanab o’tish bilan chegaralanadilar. Bu esa o’z navbatida aniq ilmiy tasniflanishning mavjud emasligi, psixologiyada metodlarning ko’pligi hamda bir tizimga solinmaganligi bilan izohlanadi. Yosh va pedagogik psixologiyaning metodlarini tahlil etib, tadqiqiy metodlarni tasniflashning asosi sifatida muhim jihatlarini ajratib olish kerak. Bu masalalar 4 xil shaklga ega: tasvirlash, o’lchash, tushuntirish va psixik hodisani shakllantirishdan iborat. Shunga muvofiq metodlarning 4 ta guruhi taklif etiladi: noeksperimental (klinik), diagnostik, eksperimental va shakllantiruvchi. Shunday qilib kasb psixologiyasi oldida quyidagi tadqiqiy masalalar turibdi: 1 guruhi - shaxsning kasbiy shakllanishi bu murakkab, ba’zida esa dramatik jarayonning psixologik xususiyatlarini tasvirlashdan iborat. Bu jarayonni tadqiq etish uchun longityu’d, savol-javob, psixobiografiya, tanqidiy voqealar metodlarini qo’llash to’g’ri bo’ladi. Bu metodlar guruhini genetik metodlarga kiritishi mumkin. 2 guruhi - kasblarning psixologik tavsifi, kasbning psixologik mazmunini tadqiq etish, faoliyat mahsuldorligini o’rganish, mehnat metodi, hujjatlarni o’rganish, kuzatilayotganlarni savol-javob orqali o’rganish metodi, shuningdek, professiografiya yo’li bilan amalga oshirilishi mumkin. Bu uslublar guruhi praksimmetrik uslublarga tegishlidir. 3 guruhi - muhim kasbiy ko’rsatkich faoliyat va shaxs belgilarini o’lchash. Bu tadqiqiy masalani hal qilish uchun maxsus qobiliyat testlari, muvaffaqiyat va ta’lim testlari qo’llaniladi. Bu psixometrik usullar guruhidir. 4 guruhi - kasbiy shakllanishning xususiyatlarini, qonuniyat va mexanizmlarini tushuntirishdan iborat. Bu vazifani bajarish usullari eksperimental usullardir: ya’ni labaratoriya, modellashtiruvchi va tabiiy eksperimentlardir. 5 guruh - usullari tadqiqiy ma’lumotlarga miqdoriy ishlov berishga yo’naltirilgan. Ularga matematik ishlov berish usullari kiradi: ya’ni korrelyasion, faktorli tahlil va boshqalar. Kasb psixologiyasining tadqiqot metodlari umumiy tarzda quyidagi jadvalda aks ettirilgan.
Genetik metodlar uzoq vaqt davomida shaxs kasbiy rivojlanishining o’zgarishlarini tadqiq etish uchun mo’ljallangan. Kasb psixologiyada longityud metod, psixobiografiya, individning kasbiy shaklanishini monografik tasvirlash usullaridan keng foydalaniladi. Longityud metod - bir xil yoshdagi sinaluvchilarning ularni rivojlanishi jarayonini ko’p marotabali tizimli ravishda o’rganishdan iborat. Longityud metodi insonlardagi turli xususiyat va sifatlarni o’rganish maqsadida yillar davomida o’tkaziladi. Longityud metodi psixologiyada XX asrning 20-yillarida shakllana boshladi va asosan psixik genezisi va bolalar, yoshlar psixik pragnozini ilmiy jihatdan asoslab berish uchun qo’llanilgan. Keyingi yillarda (20-30 yil davomida o’tkazilgan) davomli longityud tadqiqotlari jarayonida dearli qo’llanilmagan. Longityud metod bir vaqtning o’zida boshqa metodlarni qo’llanilishini ham nazarda tutadi. Jumladan, kuzatish, savol-javoblar, test, psixografiya, praksimmetriya va hokazo. Longityud metodi yordamida olingan natijalar shaxsning yoshiga, ish stajiga, tadqiqot o’tkazilgandagi ijtimoiy iqtisodiy sharoitlariga hamda kasbiy faoliyat turiga bog’liq bo’ladi. Longityud metodini kasb psixologiyasida qo’llash orqali shaxs kasbiy shakllanishining individual o’zgarishlarini o’rganish imkonini beradi shuningdek, kasbiy faoliyatda rivojlanish, obro’-e’tibor qozonishning yo’l-yo’riq va vositalarini aniqlash imkonini beradi. Longityudni qo’llashdagi qiyinchiliklardan biri sinovda ishtirok etayotganlarni tanlash hamda ularning sonining ko’pligi va kamligida bilinadi. Keyingi muammo o’lchovlar o’rtasidagi oraliq masofalar hisoblanadi. Bu metod orqali insonlarda tadqiqotlar gohida bir yil ayrim vaqtlarda esa undan ham uzoq vaqtlar oralig’ida o’tkazilgan. Shaxsning kasbiy shakllanishini o’rganishda tadqiqot intervali sifatida kasbiy rivojlanish fazalari va bosqichlarini ajratib olish mumkin. Longityud metodidagi muammolardan biri uning davriyligini belgilash bo’lib, bunda u 5-yildan 50 yilgacha davom etishi mumkin. Klassik longityud sifatida 1928 yildan bugungi kungacha davom etib kelayotgan Kaliforniya longityudini misol sifatida keltirish mumkin. Longityud metodning kamchiligi uning davriyligidadir. Shaxsiy va kasbiy o’zgarishlar tasodifiy yoki drammatik voqealarga bog’liq bo’lishi mumkin. Yillar davomida tekshiriluvchilar sonining qisqarishi, o’rganilayotgan jarayonlarning mazmun mohiyati kengayib boradi. Longityud metodining qo’llanilishini chegaralovchi omillardan biri shaxsni o’rganish uchun ko’p vaqtni ketishidir. Longityud metodining kamchiliklarini boshqa psixobiografik usullarni qo’llash yordamida bartaraf etish mumkin. Biografik usul - shaxs hayot yo’lini o’rganish va loyiqalashtirish usullari, hayotiy dasturlar, kasbiy rejalar, kasbiy shaxsiy shakllanishining ssenariylarini ishlab chiqishga yo’naltirilgan. Biografik usullarga tarjimai hol, ma’lumotlarni o’rganish, kasbiy mehnatdan qoniqish va boshqalarni kiritish mumkin. Kasbiy ma‘rifat ta‘limi tizimida mehnat qilayotgan pedagoglar bolalarda ana shu besh turdan qaysi biriga qiziqish yoki mayllari borligini aniqlab, ularni rivojlantirib borishlari kerak. Mayl va qiziqishlarni shakllantirishda sinfdan tashqari ishlar, muzeylar, hayvonot bog’i, botanika bog’i, korxonalarga, tabiat bag’riga sayohatlar uyushtirish ham samarali natijalar beradi. O’quvchilarda kasb-hunarga mayl va qiziqish uyg’otish, ularni shakllantirish hamda o’stirish ota-onalar bilan hamkorlikda olib borilsa kutilgan natijalarga erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |