Pedagogika psixologiya



Download 18,99 Mb.
bet51/168
Sana13.02.2022
Hajmi18,99 Mb.
#446136
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   168
Bog'liq
Pedagogika va psixologiya majmua 2021 (1)

Tekshirish yoki nazorat eksperimentida (tajribasida) tarkib toptiruvchi (shakllantiruvchi) bosqichda shakllantirilgan usul, vosita, yo’l-yo’riq, ko’nikma, malaka va shaxs fazilatlarining darajasini, barqarorligini aniqlash, ta’sirchanligiga ishonch hosil qilish uchun mohiyati har xil mustaqil topshiriqlar beriladi. Tekshirish (nazorat) tajribasi orqali tarkib toptiruvchi sinaluvchiga mutlaqo yordam berishi mumkin emas, aks holda tadqiqot o’tkazish printsipi buziladi.
Aniqlovchi, tarkib toptiruvchi va tekshiruvchi (nazorat) tajribalarda yig’ilgan ma’lumotlar, miqdorlar matematik-statistik metodlardan foydalangan holda ishlab (hisoblab) chiqiladi, shuningdek, miqdoriy tahlil o’tkazishga tayyorgarlik ko’riladi. Statistik metodlar yordamida insonning bilish jarayonlari (sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, xayol) bilan uning individual-tipologik xususiyatlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqligi va ta’siri (koppelyaktsiyasi) bilish jarayonlarining his-tuyg’u bilan boshqarilishi, aql-zakovat omillarini tahlil qilish amalga oshiriladi. So’ngra miqdorning hamda qo’llanilgan metodikasining ishonchliligi, aniqliligi darajasi aniqlanadi. Ungacha ham matematik statistikaning sodda metodlaridan foydalanib ayrim hisoblashlar, masalan, o’rtacha arifmetik qiymat, miqdorlarni tartibga solish, medianani hisoblash, kvadrat og’ishni topish va boshqalar amalga oshiriladi.
Hozir injener psixologlar matematiklar bilan hamkorlikda inson psixikasining modelini yaratish ustida tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar, shuningdek, mediklar, fiziologlar, kibernetiklar psixikani programmalashtirishni nihoyasiga yetkazmoqdalar. Ishlab chiqarishdagi «sun’iy intellektlar», robotlar, EHMlar ana shu izlanishlarning dastlabki samarasi hisoblanadi.
Yaqin va uzoq chet el psixologiyasi fanida inson psixikasini tadqiqot qilish metodlarining turlicha klassifikatsiyasi (tasnifi) berilgan. Mehnat va muhandislik psixologiyasi sohasi bo’yicha xilma-xil ilmiy asosga qurilgan nazariyalar mavjud bo’lib, ularning har qaysisi to’kislik va nuqsonli tomonlariga ega.
B.G. Ananev psixikani o’rganish metodlarining tashkiliy, empirik (amaliy), olingan natijalarni qayta ishlash yoki statistik hamda natijalarni sharhlash deb nomlab, ularni to’rtta katta turkumga, guruhga ajratgan. Mazkur metodlar guruhi o’z navbatida uning maqsadi va vazifasiga binoan yana bir nechta toifa hamda turlarga bo’linadi. Navbatdagi fikrda ana shu metodlarning umumiy, xususiy va o’ziga xos xususiyatlariga hamda qiyosiy tavsifiga to’xtalamiz.
Tadqiqot metodlarining birinchi guruhi tashkiliy deb nomlanib, u o’z ichiga qiyoslash, longityud (uzluksiz), kompleks (ko’pyoqlama) deb ataladigan turlarni qamrab oladi. Qiyoslash metodi umumiy psixologiya (turli guruhlarni o’zaro solishtirish), ijtimoiy psixologiya (katta yoki kichik guruhlar hamda ularning har xil toifalarini o’zaro taqqoslash), meditsina psixologiyasi (sog’lom va bemor kishilarning psixik xususiyatlarini qiyoslash, sport psixologiyasi (sportsmenlar holati, ularning uquvchanligi va ishchanligini o’zaro chog’ishtirish) kabi fanlarda unumli foydalaniladi.

Download 18,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish